Raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy elementlari tavsifi kriptovalyutalar – elektron tijoratning aktivi sifatida
Download 64.96 Kb.
|
RAQAMLI IQTISODIYOTNING ASOSIY TARKIBIY ELEMENTLARI TAVSIFI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- EastmanKodak
- Google, Facebook, Twitter, Apple, Microsoft
- Silk Road va Mt.Gox
- Visa va MasterCard
- Satosi Nakamotu
Andressen Horowitz investitsiya fondining venchurli tadbirkori Kris Dikson quyidagilarni ta’kidlaydi: «Bir tomondan, sizda ish joyini yo‘qotgan bank xodimi bor va siz uning oldida o‘ng‘aysizlik his qilasiz, boshqa tomonidan esa, qolgan hamma bank tizimidan foydalanish tufayli 3 %dan to‘lashi kerak bo‘lmaydi va bu ulkan iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki bu kichik biznes rentabelligining o‘sishini jiddiy ravishda rag‘batlantiradi. Biroq jamiyatda yuzaga kelgan muammolga qarashlar nuqtai nazaridan bu holat salbiy qabul qilinadi. Ammo muayyan kishilar nimanidir yo‘qotadi va butun jamiyat esa uni qabul qiladi».
Bunday muammolar kriptovalyutalar asrida o‘ziga xos dolzarblikka ega bo‘ladi – har holda, bu holat blokcheyn avtomatlashtirish jarayoniga duch kelgan va uni ishonch asosida ishlatganlar band bo‘lgan tarmoqlarda ro‘y beradi. Ular moliyaviy xizmatlarni rivojlantirishning ushbu yangi yo‘li raqamli videokameralar istiqbollarini yaxshi tushuna olmagan EastmanKodak tushib qolgan vaziyatga olib kelmasligiga umid qilish imkonini beradi. Biroq hozirgi kunda bir qancha yetakchi tadqiqotchilar bitkoinni o‘tib ketadigan bir qiziqish deb hisoblaydilar. AQShda kriptovalyutalarning asosiy aylanmasi risk yuqori bo‘lgan pul siyosati sharoiltarida ro‘y beradi. Bu maydonga kriptovalyuta va u bilan bog‘liq biznes «lobbisi» sifatida endi kirib kelmoqda. Bitkoin biznesi adolatli o‘yin qoidalari belgilash zaruratini tushunib yetadigan hukumatning qo‘llab-quvvatlashi tufayli yutuqqa erishishi mumkin. Kriptovalyutalar asrida monopoliyaga qarshi qonunchilikka rioya qilishni, biznes yuritish qoidalarining shaffof bo‘lishini va iste’molchilar huquqlarining himoya qilinishini qat’iy talab qilish kerak. Monopoliyalar va trastlarni tiyib turish hamda raqobatni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan hozirgi davlat modeli bu masalalarda ilgari hech qanday qoidabuzarliklarga duch kelmagan deb bo‘lmaydi. Kriptovalyuta tashabbuskorlari Google, Facebook, Twitter, Apple, Microsoft va shunga o‘xshash kompaniyalarni markazlashgan, demak, adolatli bo‘lmagan (dushmanlik ruhidagi) tuzilmalar deb hisoblashga moyil bo‘lgan bir paytda baribir shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, qachonlardir ular ham hech kimga ma’lum bo‘lmagan startaplar g‘oyalari tufayli radikal kompaniyalarga aylanishi mumkin. To‘g‘ri tashkil qilingan huquqiy tizim tufayli, kriptovalyutalar asosidagi bunday startaplar rivojlanishi va foyda olishi mumkin. Natijada dunyo ishonch hosil qilinishi oqibatida yaxshi tomonga o‘zgaradi. Bikoinning nufuziga Silk Road va Mt.Gox saytlari bilan bog‘liq voqea asoratlari ham ta’sir ko‘rsatadi, albatta. Huddi shuning uchun ham ko‘pchilik kishilar butun boshli g‘oyani boshdan oxirigacha aldov deb hisoblaydilar. 2014-yil o‘rtalarida o‘tkazilgan so‘rovning ko‘rsatishicha, AQSh fuqarolarining faqat yarmigina bitkoin nima ekanligini biladi, atigi 3 %ga yaqini undan foydalangan, 65 %i esa undan foydalanish ehtimoli pastligini aytgan. Kriptovalyutalarga ishonch hosil qilish uchun, kishilar unga ishonishni boshlagunlariga qadar ularga nimalarnidir tushuntirishiga to‘g‘ri keladi. Agar bitkoin haqiqatda yetakchi valyutaga aylanganida, u dunyo fuqarolarining katta qismini larzaga keltiruvchi iqtisodiy kuchlarni hosil qila olgan bo‘lar edi. Yangi kriptotangalar «ishlab topilish» tugaganidan so‘ng va ularning umumiy soni 21 millionga yetishi bilan bitkoin deflyasion valyutaga aylanadi. Global iqtisodiyot hozirgi holatida inflyasion valyutalarga asoslanadi. Kreditga va kuchli monetar nazoratga asoslangan holda ishlovchi global iqtisodiyot uchun bunday tizim katta ziyon yetkazgan bo‘lar edi, ayniqsa, u tegishli tayyorgarliksiz joriy etilgan bo‘lsa. Ammo orada raqobat degan muammo ham mavjud. Visa va MasterCard kabi oshkora raqobatchilarni yoddan chiqaring. Agar, aytaylik, raqamli to‘lovlarning barcha afzalliklarini taklif qiluvchi va bundan bitkoinning barcha real va ehtimoliy kamchiliklaridan xoli bo‘lgan to‘lov tizimi mavjud bo‘lsa-chi? Kriptovalyutalarning moliya tizimida ustunlik qiluvchi holatga erishish usuli ularning uzluksiz moslashuv jarayonidan iborat bo‘lib, buni hech kim kriptovalyuta bozoridagi asosiy o‘yinchilardan tezroq bajara olmaydi. Hozir raqamli asr, bitkoin esa – raqamli asr valyutasi hisoblanadi. Kishilar hayotini telefonsiz tasavvur ham qila olmaydigan, juda ko‘plab savdo bitimlari onlayn amalga oshiriladigan dunyoda muomala oddiyligi va xarajatlar tejalishi bitkoinga ustunlik beradi. U yuqorida aytib o‘tilgan katalizatorlardan bittasiga, keyin yana bittasiga, undan keyin yana bittasigava ehtiyoj sezadi. Pirovardida bitkoin shu qadar ommalashdiki, pulning uchala funksiyasini birlashtiradi va shunda u xuddi dollar kabi buyuk ahamiyatga ega bo‘ladi. Jamiyatdagi salbiy imidjga va me’yoriy cheklovlarga qaramay, tashqi muhit kriptovalyutalarning gullab-yashnashiga to‘sqinlik qilyapti deb bo‘lmaydi. Kriptovalyutalarga moyillik bildiradian ayrim davlatlar, jumladan, Shveytsariya, Singapur, Birlashgan Qirollik va Kanada kriptovalyuta texnologiyalarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan innovatsion xablar yaratishga xizmat qilgan bo‘lar edi. Hatto AQSHda ham, NDFU direktori Bendjamin Loski tomonidan taklif qilingan bit-litsenziya qabul qilinmaganiga qaramay, chuqur fikrlaydigan qonun chiqaruvchilar kriptoolam sohasidagi innovatsiyalar uchun imkon qoldirishgan. Shu bilan bir vaqtda, rivojlanayotgan mamlakatlardagi kriptotexnologiyalar rivojlangan mamlakatlar bilan bu sohada tenglashish ma’nosida juda ham sekin harakat qilmoqda. Lekin u yerlarda ham bitkoin bilan ishlashga intilish sezilarli darajadaligi OAV habarlari vositasida ma’lum bo‘lmoqda. Bitkoinlar depozitariysi va elektron hamyonlar ijaraga beruvchi SEOmutahassisi Xapo Venses Kasares bitkoin kelajagini u onlayn-savdo uchun afzal ko‘riladigan ayirboshlash vositasiga aylanadigan «internet tabiiy valyutasi» sifatida ko‘radi. Bitkoin narxini oshiruvchi yagona omil bu – cheklangan emissiya va talabning ortishi yoki kamayishi bo‘lib, uni oltin yoki kumush kabi foydali qazilmalar bilan taqqoslash mumkin – dunyoda uning miqdori cheklangan va uni sun’iy raivshda ishlab chiqarib bo‘lmaydi. Kriptovalyutaning asosiy ustunligi ham huddi mana shundan iborat – uni qalbakilashtirib bo‘lmaydi. Biroq moliyaviy ekspertlar bunday qo‘yilmalar riskli ekanligi haqida ta’kidlashni davom ettirishmoqda, ko‘plab davlatlar esa avvalgidek, o‘z ramsiy bozorlarida kriptovalyutalar bilan operatsiyalarni ta’qiqlamoqda. Shuningdek, mahalliy tartibga soluvchida kriptovalyutalarni nazorat qilish imkoniyati yo‘qligi ham shubha uyg‘otadi. Biroq zamonaviy iqtisodiyotdagi tendensiyalar hukumatni raqamli elektron pullarni mahalliylashtirish ustida o‘ylanishga majbur qiladi. Kriptovalyutalar olamida xavfsizlik ham muhim ahamiyatga ega – ko‘pincha jinoyatchilar jinoiy yo‘l bilan topilgan pullarni kriptovalyuta yordamida «yuvish» uchun undan foydalanadilar. Endi kriptovalyutalar birjasi haqida ham bir fikrlab ko‘ramiz. Agar siz nima qilib bo‘lsada, bir necha bitkoin yoki efiriumga ega bo‘lish istagida bo‘lsangiz, va bu orqali nimadir ishlab olishni istasangiz, siz to‘g‘ri birjaga yo‘l olishingiz lozim. Kriptovalyutalar birjalari ko‘pchlik hollarda oddiy birjalar bilan bir xil tartibda ishlaydi. Bu savdo maydonchalardagi asosiy farq shundaki, agar oddiy birjaga kishilar brokerlarsiz biror-bir ish qila olishmasa, kriptovalyuta birjasida savdolarda boshqalarni jalb etmay ham ishtirok etish mumkin. Birjadagi bundan boshqa ishlar esa o‘xshash, ya’ni, ro‘yxatdan o‘tish, birjada kotirovka qilinadigan ma’lum bir valyutada hisobraqami ochish, shundan keyin operatsiyalarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Asosiysi – kriptovalyuta birjalarining ikki xil turi mavjudligini esdan chiqarmaslik kerak. Birinchi turdagi birjalarda kriptovalyuta «tirik» pulga – dollar, yevro, funt va hatto rublga sotiladi. Ikkinchi turdagilarida esa – kriptovalyutalar raqamli elektron pullarga sotiladi. Elektron pullar bitkoinni efiriumga (yoki boshqa kriptovalyutaga) joriy kurs bo‘yicha onlayn rejimida almashtrish va bunda pul ishlab olish mumkin bo‘lgan kriptovalyuta ayirboshlash shahobchasi rolida ishtirok etadi. Agar birja savdosi siz uchun murakkablik qiluvchi bo‘lsa, lekin siz bitkoinni rublga yoki rublni bitkoinga almashtirish fikridan qaytmasangiz, kriptovalyuta ayirboshlash shahobchasiga murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi. Bunday shahobchalar joriy kurs bo‘yicha kriptovalyutani boshqa turdagi valyutaga ayirboshlashga imkon beruvchi oddiy servislardir. Kriptovalyuta ayirboshlash shahobchasini tanlashda yodda tutish kerakki, oxirgi paytlarda kriptovalyutaga ixtisoslashgan firibgarlar soni ancha ortgan. Shu sababli, ayirboshlash uchun maydonchani tanlashga jiddiy yondashish kerak. Internetda kriptovalyuta ayirboshlash shahobchalari reytinglari va ular haqidagi fikrlarni osonlik bilan topishingiz mumkin. Endi esa kriptovalyutalar kapitallashuvi masalasini ko‘rib chiqamiz. Kriptovalyutalar bilan bog‘liq masalalarda kishilar yo‘l qo‘yadigan asosiy xatolik - bu atamalarning ma’no va mohiyatini tushunmaslik yoki bilmaslikdir. Ko‘pchilik kapitallashuvni kurs bilan adashtiradi bu esa qo‘pol xato hisoblanadi. Ha, kriptovalyutalar kapitallashuvi kriptovalyutalar kursiga bog‘liq, lekin bularning ikkalasi bir xil narsa emas. Odatda, kurs qanchalik baland ko‘tarilsa, kapitallashuv shunchalik tez o‘sadi. Biroq ayrim mutaxassislar qaysidir kriptovalyutaning bozor qiymatini mavjud sxemalar bo‘yicha aniqlashning imkoni yo‘q, chunki kriptovalyutalar kapitallashuvi – tortishuvli masala degan fikrlarga qo‘shiladilar. Kriptovalyutalarning yo‘q bo‘lib ketish holatlari ekspertlar orasida shubha uyg‘otadi. «Satosi Nakamotu» niki ostida ishlovchi tadbirkorlik subyektlari u bir necha yil oldin million bitkoin bilan birga g‘oyib bo‘lgan deb hisoblashadi. Shuningdek, avvalroq buzilgan uskunalarda «yonib» ketgan kriptovalyutalar haqidagi axborotlar ham paydo bo‘lgan. Albatta, hozir tizim ancha xavfsiz, elektron pullar qimmatlashuvi foydalanuvchilarni bu masalaga jiddiyroq yondashishga majbur qiladi, lekin risk baribir mavjud. Mayning qilish uchun esa kriptovalyutani «mayning» qiluvchi asbob-uskunalar hamda tegishli dastur xarid qilish talab etiladi. Ko‘plab ijobiy fikrlarga qaramay, mayning uskunalari bitkoinni juda ham katta miqdorlarda «jalb qilmaydi». Kriptovalyuta fermasi egasi, uskunani kriptotizimga ular ekan, ushbu tizimdagi tranzaksiyalar haqidagi axborotni saqlaganligi uchun ma’lum miqdorda mukofot oladi. Download 64.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling