Raqamli iqtisodiyotning iqtisodiyy ko’rsatkichlari nimalardan iborat va qanday iqtisodiy samara beradi


Raqamli iqtisodiyot keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan xavflar


Download 43.9 Kb.
bet3/11
Sana18.12.2022
Hajmi43.9 Kb.
#1028820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyotning iqtisodiyy ko’rsatkichlari nimalardan ib

Raqamli iqtisodiyot keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan xavflar


Kiber hujum xavfi, shaxsiy ma'lumotlar himoyasi bilan bog'liq muommolar;
"raqamli qullik" (millionlab insonlar ma'lumotlaridan keyinchalik ularni o'zlarini tutishini boshqarish uchun foydalanish);
ishsizlikni oshishi, axborot texnoloiyalarini rivojlanishi va uni tadbiq qilinishi ortidan bir qancha sohalar va kasblar yo'q bo'lib ketishi mumkin.

Raqamli iqtisodiyoti rivojlangan dunyo davlatlari


"Raqamli" davlatlar bugungi kunda Norvegiya, Shvetsiya va Shvetsariya hisoblanishadi. Raqamli iqtisodiyot rivojlangan 10 ta davlatlar qatoriga AQSH, Buyuk Britaniya, Daniya, Finlandiya, Singapur, Janubiy Koreya va Gonkong kiradi.

Raqamli iqtisodiyotda davlatning o'rni


Dunyo tajribasini o'rganish natijasida shu narsa aniq bo'ldiki, raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotda davlat(hukumat) bozor "o'yin" qoidalarini o'yinning barcha ishtirokchilari uchun belgilaydi va bunda davlatning eng muhim vazifasi sifatida o'yin ishtirokchilari uchun bir xil, teng huquqli va imkoniyatli sharoit yaratib berish hisoblanadi. Ya'ni, bozorda katta kompaniya bo'ladimi yoki kichik biznes, ular teng huquqli hisoblanadi. Ularga bir xil imkoniyatlar beriladi. Davlat qoidalarga amal qilinishi va oxir oqibatda oddiy iste'molchi sifatli, zamonaviy xizmat yoki mahsulot olishi ta'minlanadi. Demak, raqamli iqtisodiyot rivojlanishi uchun davlat hamma uchun teng sharoit yaratib berishi, iloji boricha bozor qoidalari, qonunlar, shartnomalar shaffof bo'lishi, qonunlar bozor talabidan kelib chiqqan holda(ya'ni bozordagi rivojlanish tendensiyalarini oldindan aniqlay olishi va kerakli normativ hujjatlarni qabul qilishi) o'yin ishtirokchilari uchun erkinlik berishi zarur.
Hozirgi paytda jahondagi bir qancha rivojlangan mamlakatlar (AQSH, Xitoy, Yaponiya, Evropa Ittifoqi mamlakatlari, Rossiya va boshqalar), jahon iqtisodiyotida ro„y berishi boshlangan o„zgarishlarni jisobga olgan holda, iqtisodiyotning ko‟pchilik tarmoqlarini raqamlashtirish bo‟yicha jadal harakatni boshlamoqdalar. Lekin, bu ma‟lumotlarni nazarda tutgan holda shuni qayd etishga majburmizki, bironta, jumladan, yetakchi mamlakatlarda ham raqamli iqtisodiyot o‟zi nima ekanligi va u kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida to„laqonli falsafiy tushunish yo„q. Ko„rinib turibdiki, raqamli iqtisodiyot dega nda, ko„plab mamlakatlar iqtisodiy munosabatlar va boshqaruvning yangi shakllarni emas, balki, iste‟molchilar bilan kommunikatsiya qilish va to„lovlarning yangi elektron raqamli shakllarini tushunadi, holos. Aftidan, ko„pchilik mamlakatlar raqamli iqtisodi yotni ongli ravishda tashkil etmaydilar, balki mavjud iqtisodiy munosabatlarni raqamlashtirish jarayoni bilan shug„ullanadi, xolos. Iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonining ba‟zi yetakchi mamlakatlari esa qarama-qarshi yondashuvlar tanlab olishgan . Masalan, AQSH bozor yo„nalishini, Xitoy esa rejali iqtisodiyotni tanlab olgan. Qolgan mamlakatlar ma‟lum bir oraliq variantlarga rioya qilishadi. Shuni alohida aytib o„tishni kerakki, xuddi Xitoy kabi, AQSH dasturi nuqtai-nazaridan ham iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonida biz globallashuvning yangi bosqichini ko’ramiz.
1.Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun kerakli bo‟lgan shart-sharoitlarini yaratish (ya‟ni, tegishlinormativ-huquqiybaza tashkil qilish);
2.Raqamli transformatsiya qilinishga eng tayyor bo‟lgan iqtisodiyot sub‟ektlarida raqamli iqtisodiyot platformalarining vujudga kelishi va global miqyosda ishga tushushi;
3.Raqamli iqtisodiyot platformalarning o‟zaroraqobat kurashi va ularning asta sekinlik bilanintegratsiyalashuvi amalga oshishi;
4.Raqamli iqtisodiyot sohasidagi eng perspektiv yechimlarni butun iqtisodiyotga joriy qilish. Biz ham mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning AQSH va Xitoy mamlakatlarida sinovdan o‟tgan huddi shunday strategiyasini tanlaganimiz maqsadga muvofiq bo‟lar edi.


Download 43.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling