Raqamli iqtisodiyotning iqtisodiyy ko’rsatkichlari nimalardan iborat va qanday iqtisodiy samara beradi


Raqamli iqtisodiyot O'zbekistonda


Download 43.9 Kb.
bet4/11
Sana18.12.2022
Hajmi43.9 Kb.
#1028820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyotning iqtisodiyy ko’rsatkichlari nimalardan ib

Raqamli iqtisodiyot O'zbekistonda


Dunyo mamlakatlari kabi O'zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot rivojlanmoqda. Kundalik hayotimizga axborot texnologiyalarni tadbiq qilinishi ortidan oddiy insonlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Hozirga kunda uydan chiqmasdan ko'plab oziq-ovqat mahsulotlari va taomlariga buyurtma berishimiz, ularni uyimizgacha yetkazib berishlari mumkin.
Lekin shuni ta'kidlash kerak-ki, O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot O'zbekiston potensialiga nisbatan bir necha barobar sekinroq rivojlanmoda. Ya'ni imkoniyat bor, kerakli resurslar mavjud lekin rivojlanish ancha sust. Bunga sabab sifatida raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishini bir qancha to'siqlarini ko'rsatib o'tish mumkin.

  • ko'plab sohalardagi monopoliya;

  • internet tezligini pastligi va uni sifatsizligi;

  • axborot texnologiyalari sohasida qonununchilikning zamondan orqada qolganligi;

  • fuqarolarda kompyuter savodxonligining o'ta pastligi;

  • qonunchilikning shaffof emasligi;

  • axborot texnologiylari bo'yicha mutaxassislarning yetishmasligi yoki ularni boshqa mamlakatlarga ketib qolishi;

  • axborot madaniyati, axborot gigiyenasi pastligi;

  • axborot texnologiyalari xavfsizligi yaxshi emasligi;

  • boshqaruv organlarida sohani tushunadigan mutaxassislarning kamligi yoki(ba'zilarida) ularning umuman yo'qligi;

  • ilm-fan va ayniqsa aniq fanlarning rivojlanishi sustligi(yoki rivojlanishdan to'xtab qolganligi).

Yuqorida keltirilgan muommolar bosqicha-bosqich, tizimli, dunyo tajribasidan kelib chiqib hal qilinsa, O'zbekiston ham bemalol raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda biri bo'la oladi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish O’zbekiston Respublikasi uchun ham uning dunyo miqyosidagi raqobatbardoshligini belgilab beradigan strategik ahamiyatga molik masalalardan biri hisoblanadi. Bu esa davlatimizga raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini uchun shart-sharoitlar yaratish, uni eng kerakli sohalarga yo‟naltirish va bu jarayonni imkoniyat darajasida rag„batlantirish zarurligi demakdir.Milliy iqtisodiyotimizning yana bir muhim ajralib turadigan jihati shundaki, YIM asosiy qismi davlat korporatsiyalari (yoki davlat ishtiroki ulushi katta bo„lgan kompaniyalar) tomonidan yaratiladi. Bunday sharoitlardaprofilli vazirliklar yoki davlat korporatsiyalari rahbarligi ostida industrial raqamli platformalar yaratish eng oqilona qadam bo‟lib hisoblanadi. Bunday platformalar raqamli iqtisodiyotning tez rivojlanishi va unga mos keluvchi texnologiyalarning keng tarqalishi uchun zarurinfratuzilma bazisini yaratadi.

Fikrimizcha, raqamli iqtisodiyot platformalari tuzishda asosiy e‟tiborni quyidagi yo„nalishlarga qaratish zarur: telekommunikatsiyalar, energetika, transport, sog‟likni saqlash, soliq va soliqqa tortish, dori-darmonlar logistikasi,ma‟lumotlarni qayta ishlash, turizm, tashqi iqtisodiy faoliyat, ko‟chmas mulk savdosi va ishlab chiqarish. Aynan shu sohalarning rivojlanishi kerakli infratuzilma va mos texnologik bazis yaratishga imkon beradi.So‟ngra ularni iqtisodiyotning boshqa sohalarga ko„chirgan holda O„zbekistondaraqamli iqtisodiyotni maksimal darajada tez shaklllantirish mumkinboladi. Bunday yondashuv bugungi kunda respublikamiz uchun eng maqsadga muvofiq bo„lib ko„rinadi, lekin u ham kamchiliklardan xoli emas, albatta. Ammo mos keluvchi strategiya tanlashda unga asoslanishi lozim bo„lgan raqamli iqtisodiyot konsepsiyasini shakllantiish uchun taxmin qilingan yo„l risklarini ham, raqamli iqtisodiyot risklarini ham hisobga olish lozi m. Rivojlangan mamlakatlar raqamli iqtisodiyotining ko„plab dasturlari (AQSH, Avstriya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Koreyava boshqalar) asosiy e‟tiborni “raqamli tibbiyot” va “aqlli shahar” ijtimoiy yo„nalishlariga qaratgan.



Download 43.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling