Raqamli mantiqiy qurilmalarni loyihalashtirish


MANTIQIY FUNKSIYALAR. MANTIQIY ELEMENTLAR


Download 25.76 Kb.
bet2/3
Sana18.01.2023
Hajmi25.76 Kb.
#1098530
1   2   3
Bog'liq
Maruza 1

MANTIQIY FUNKSIYALAR. MANTIQIY ELEMENTLAR
Raqamli texnikada ikkita holatga ega bo‘lgan, nol va bir yoki «rost» va
«yolg‘on» so‘zlari bilan ifodalanadigan sxemalar qo‘llaniladi. Biror sonlarni
qayta ishlash yoki eslab qolish talab qilinsa, ular bir va nollarning ma’lum
kombinatsiyasi ko‘rinishida ifodalanadi. U holda raqamli qurilmalar ishini
ta’riflash uchun maxsus matematik apparat lozim bo‘ladi. Bunday matematik
apparat Bul algebrasi yoki Bul mantiqi deb ataladi. Uni irland olimi D. Bul
ishlab chiqqan.
Mantiq algebrasi «rost» va «yolg‘on» – ko‘rinishdagi ikkita mantiq bilan
ishlaydi. Bu shart «uchinchisi bo‘lishi mumkin emas» qonuni deb ataladi. Ushbu
tushunchalarni ikkilik sanoq tizimidagi raqamlar bilan bog‘lash uchun «rost»
ifodani 1 (mantiqiy bir) belgisi bilan, «yolg‘on» ifodani 0 (mantiqiy nol)
belgisi bilan belgilab olamiz. Ular Bul algebrasi konstantalari deb ataladi/
Zamonaviy elektronikada rele qurilmalari o’rniga ularning vazifasini to’la  
bajara oladigan kontaktsiz elementlar qo’llaniladi. Releli va kontaktsiz sxemalarda  
signalning o’tishi maxsus matematik apparat yordamida yoziladi. Bu to’g’rida  
quyida tushuncha beriladi. Mantiq algebrasi fikrlar orasidagi turli mantiqiy  
bog’lanishlarni o’rganadi va faqat ikkita qiymat xaqiqiy “I” va sohta “O” bilan ish  
ko’radi. Mantiq algebrasida uchta asosiy mantiqiy funksiya bor.
1. Mantiqiy ko’paytiruv, ya’ni kon’yunksiya “VA”.
2. Mantiqiy qo’shuv, ya’ni diz’yunksiya “YoKI”.
3. Mantiqiy inkor “YO’Q”.
Yelectronics Workbench dasturiy kompleksining qisqacha tavsifi
Yelectronics Workbench dasturiy kompleksining qisqacha tavsifi Zamonaviy elektr va elektron qurilmalarni loyihalash va ishlab chiqish katta aniqlik va chuqur tahlilni talab qiladi. Bundan tashqari, bajariladigan ishlarning katta hajmga egaligi va murakkabliligi sababli kompьyuter texnologiyalaridan foydalaniladi. Electronics Workbench dasturiy kompleksi elektr zanjirlarni dasturiy loyihalash va imitatsiya qilish vositalaridan biri bo’lib hisoblanadi. U elektr zanjirlarni va elektron qurilmalarni loyihalovchi korxonalarda va oliy o’quv yurtlarida qo’llanilishi mumkin. Electronics Workbench bilan ishlash kompьyuter texnikasi bo’yicha chuqur bilimlarni talab qilmaydi. Dasturning interfeysini bir necha soat davomida o’zlashtirib olish mumkin.

Download 25.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling