Raqamli pullar va ularning pul muomalasidagi o‘rni


Download 0.59 Mb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1022587
  1   2   3
Bog'liq
пул ва банк Raqamli pullar va ularning pul muomalasidagi o‘rni 2

Raqamli pullar va ularning pul muomalasidagi o‘rni

REJA:

  • 1. Elektron pullar subyektlari.
  • 2. Elektron pullarning chiqarilishi va elektron hamyonlar to’ldirilishi.
  • 3. Elektron puldan foydalanish.
  • 4. Elektron pul tizimida elektron hamyonlar turi.
  • 5. Elektron pul tizimida elektron pullarni qoplash.

1. Emitent, operator, elektron pullar tizimining agenti, elektron pullar egasi, shuningdek emitent bilan shartnoma tuzgan banklar, to‘lov tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) yuridik shaxslar elektron pullar tizimining subyektlari hisoblanadi. 2. Emitent — O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki va banklar elektron pullarning emitentidir. 3. Bunda elektron pullar tizimining ishlashini ta’minlaydigan bank va (yoki) tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan to‘lov tashkiloti – elektron pullar tizimining operatoridir. Emitent yoki emitent bo‘lmagan boshqa bank operator bilan tuzilgan shartnoma asosida elektron pullar tizimining hisob-kitob banki sifatida faoliyat yuritishi mumkin.

4. Elektron pullarning chiqarilishi emitent tomonidan jismoniy shaxs yoki elektron pullar tizimining agentidan qabul qilingan pul mablag‘lari doirasida elektron pullar tizimi qoidalari hamda elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplash to‘g‘risidagi shartnomaga asosan amalga oshiriladi. 5. Emitent tomonidan elektron pullarning chiqarilishi uchun jismoniy shaxs naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda pul mablag‘larini taqdim etishi zarur. Ushbu pul mablag‘lari emitent tomonidan hisob-kitob bankida ochilgan maxsus hisobvaraqqa kirim qilinishi ta’minlanadi. 6.O‘zbekiston Respublikasi hududida emitent tomonidan chiqariladigan elektron pullar faqat milliy valyutada nominallashtirilgan bo‘lishi shart.

7. Elektron pullarning egasi bo‘lgan jismoniy shaxs elektron pullardan to‘lovlarni va elektron pullar tizimining qoidalarida belgilangan hamda qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan shartlar asosida egasidan elektron pullarni elektron pullar tizimining boshqa ishtirokchisiga o‘tkazish orqali boshqa operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida foydalanadi.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling