O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 227.75 Kb.
bet1/4
Sana21.04.2023
Hajmi227.75 Kb.
#1374227
  1   2   3   4
Bog'liq
NEW (2)




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA TA`LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


MUSTAQIL ISH
Mavzu: ________________________________


Bajardi : ______________________________________
Tekshirdi : _______________________________________
TOSHKENT 2023
Mavzu : To’lov tizimining subye’ktlari va ular o’rtasidagi munosabatlar.
Reja:
1.To’lov tizimi haqida tushuncha.
2.To’lov tizimi va uning turlari.
3. O’zbekistonda to’lov tizimi.

4. To‘lov tizimining sub’ektlar va ular o‘rtasidagi munosabatlar



To’lov tizimi haqida tushuncha.
Toʻlov tizimi — toʻlovlarni toʻlov tizimining operatori, toʻlov tizimi ishtirokchilari va (yoki) toʻlov tashkilotlarining toʻlov tizimi operatori tomonidan belgilangan toʻlov tizimining tartib-taomillarini, infratuzilmasini va qoidalarini qoʻllash vositasida hamkorlik qilish yoʻli bilan amalga oshirishni taʼminlaydigan munosabatlar majmuidir.
Toʻlov tizimi operatori bilan hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi va toʻlov tizimida ishtirok etish toʻgʻrisida shartnoma tuzgan banklar toʻlov tizimining ishtirokchilari hisoblanadi.
Operatsion tarmoq deb ataladigan keng tarqalgan toʻlov tizimining turi bank hisobvaraqlarini bogʻlaydi va bank depozitlari yordamida pul almashinuvini taʼminlaydi. Baʼzi toʻlov tizimlari kredit mexanizmlarini ham oʻz ichiga oladi, ular asosan toʻlovning boshqa jihati hisoblanadi.
Toʻlov tizimlari ichki va xalqaro operatsiyalarda naqd pul oʻrniga qoʻllaniladi. Bu banklar va boshqa moliya institutlari tomonidan taqdim etiladigan asosiy xizmatlardan iborat. Anʼanaviy toʻlov tizimlariga hisob-kitob hujjatlari (masalan, cheklar) va akkreditivlar kabi hujjatli kreditlar kiradi. Kompyuterlar va elektron aloqa vositalarining paydo boʻlishi bilan koʻplab muqobil elektron toʻlov tizimlari paydo boʻldi. Elektron toʻlov atamasi elektron usullardan foydalangan holda va bank xodimlarining bevosita aralashuvisiz bir bank hisobvaragʻidan boshqasiga amalga oshirilgan toʻlovni anglatadi. Tor maʼnoda elektron toʻlov elektron tijoratni anglatadi. Internet orqali taklif qilinadigan tovarlar yoki xizmatlarni xarid qilish hamda sotish uchun toʻlov yoxud keng maʼnoda har qanday turdagi elektron pul oʻtkazmalari.
Zamonaviy toʻlov tizimlari anʼanaviy toʻlov tizimlariga nisbatan naqd pul oʻrnini bosuvchi vositalardan foydalanadi. Bunga debit kartalari, kredit kartalari, elektron pul oʻtkazmalari, toʻgʻridan-toʻgʻri kreditlar, toʻgʻridan-toʻgʻri debitlar, internet-banking va elektron tijorat toʻlov tizimlari kiradi.
Toʻlov tizimlari fizik yoki elektron boʻlishi mumkin va har birining oʻz tartiblari va protokollari mavjud. Standartlashtirish ushbu tizimlar va tarmoqlarning baʼzilarini global miqyosda oʻsishiga imkon berdi, ammo hali ham koʻplab mamlakatlarning oʻz toʻlov tizimlari mavjud. Global miqyosda mavjud boʻlgan toʻlov tizimlariga misollar sifatida kredit karta va bankomat (AMT) tarmoqlarini keltirish mumkin. Toʻlov tizimlarining boshqa oʻziga xos shakllari, shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozori, obligatsiyalar bozori, valyuta bozori, fyuchers bozori, derivativlar bozori, opsion bozorlaridagi mahsulotlar boʻyicha moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish uchun qoʻllaniladi. Bundan tashqari, moliyaviy institutlar oʻrtasida pul oʻtkazish shakllari mavjud.
Mamlakatda bu avtomatlashtirilgan hisob-kitob markazi va real vaqt rejimida yalpi hisob-kitoblar (RTGS) tizimlari yordamida amalga oshiriladi. Xalqaro miqyosda bu SWIFT tarmogʻi yordamida amalga oshiriladi.
Samarali milliy toʻlov tizimi tovarlar, xizmatlar va aktivlarni ayirboshlash xarajatlarini kamaytiradi. Bu banklararo, pul va kapital bozorlarining ishlashi uchun ajralmas hisoblanadi. Zaif toʻlov tizimi milliy iqtisodiyotning barqarorligi va rivojlanish salohiyatiga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Bunday muvaffaqiyatsizliklar moliyaviy resurslardan samarasiz foydalanishga, agentlar oʻrtasida riskni adolatsiz taqsimlashga, ishtirokchilarning haqiqiy yoʻqotishlariga, moliyaviy tizimga va puldan foydalanishga ishonchni yoʻqotishiga olib kelishi mumkin. Iqtisodiyotni rivojlantirishda toʻlov tizimining texnik samaradorligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Avtomatlashtirilgan hisob-kitob markazi (AHM) tizimi tranzaktsiyalarni qismlarga boʻlib qayta ishlaydi, ularni guruhlarga boʻlib saqlaydi va uzatadi. AHM sof hisob-kitob tizimi hisoblanadi, yaʼni hisob-kitob kechiktirilishi mumkin. Bu hisob-kitob riski deb ataladigan tushunchani keltirib chiqaradi.
Real vaqt rejimidagi yalpi hisob-kitob tizimlari (RVYHT) — pul oʻtkazmalari tizimining bir koʻrinishi boʻlib, pul yoki qimmatli qogʻozlarni bir bankdan ikkinchisiga oʻtkazish „real vaqt“ rejimida va „yalpi“ asosda amalga oshiriladi. „Real vaqt“ rejimida hisob-kitob qilish, toʻlov operatsiyasi hech qanday kutishlarsiz amalga oshirilishini anglatadi. Bitimlar qayta ishlanishi bilanoq hisob-kitob qilinadi. „Yalpi hisob-kitob“ bitim boʻyicha boshqa bitimlar bilan bogʻlanmasdan yoki toʻldirilmasdan birma-bir toʻldirilishini anglatadi. Ishlov berilgandan soʻng, toʻlovlar qaytarib olinmaydi.
Nisbatan, AHMʼlar odatda past qiymatli, shoshilinch boʻlmagan tranzaksiyalar uchun, RVYHT odatda yuqori qiymatli, tezkor operatsiyalar uchun foydalaniladi.
Mamlakatlar va mintaqalarda, shuningdek, real vaqt rejimida yoki lahzali (yoki tezkor) toʻlov tizimlari joriy qilingan, ular odatda 24x7x365 tartibida ishlaydi va 10-15 soniya ichida buyurtmachining hisobvaragʻi debetidan benefitsiar (pul mablagʻlarini oluvchi shaxs)ning hisob kreditiga qadar operatsiyani amalga oshiradi.
Globallashuv korporatsiyalarni oʻz davlatlaridan tashqarida ham tez-tez tranzaksiya (pul oʻtkazmalar)larni amalga oshirishlariga undamoqda. Isteʼmolchilar xorijiy elektron tijorat saytlaridan xarid qilish, shuningdek, chet elda sayohat qilish, yashash va ishlash maqsadida global miqyosda tranzaksiyalarni amalga oshirmoqdalar. Toʻlov sanoati uchun natijada toʻlovlar hajmi ham valyuta qiymati, ham operatsiyalar soni boʻyicha yuqori koʻrsatkichni saqlab qolmoqda. Bu, shuningdek, ushbu toʻlovlarning oʻrtacha qiymatining pastga siljishiga olib kelmoqda.
Bugungi kunda mavjud toʻlov va kliring tizimlarning baʼzilari:

  • SWIFT (Xalqaro);

  • BACS (Buyuk Britaniya);

  • TARGET (Yevropa Ittifoqi);

  • Fedwire (AQSH);

  • Mir (Rossiya);

  • VKPay (Rossiya);

  • UnionPay (Xitoy).

O’zbekistonda to’lov tizimi.


Birinchi bosqich


Birinchi bosqich 1991-yildan 1995-yilgacha boʻlgan davrni qamrab olgan. Shu davr mobaynida Oʻzbekiston Respublikasining „Axborotlashtirish toʻgʻrisida“gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 146-sonli „Bank tizimini takomillashtirish, pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining „Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi Qarori qabul qilindi. Shuningdek Mustaqillikning uch yilligi sharafiga elektron toʻlovlar vaqtinchalik Nizomi yaratildi.

Download 227.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling