XULOSA To‘lov tizimi to‘lovlarni to‘lov tizimining operatori, to‘lov tizimi ishtirokchilari va (yoki) to‘lov tashkilotlarining to‘lov tizimi operatori tomonidan belgilangan to‘lov tizimining tartib-taomillarini, infratuzilmasini va qoidalarini qo‘llash vositasida hamkorlik qilish yo‘li bilan amalga oshirishni ta’minlaydigan munosabatlar majmuidir.
To‘lov tizimini joylashuviga qarab 2 turga, ya’ni xalqaro va milliy to‘lov tizimlariga bo‘lish mumkin. Xalqaro to‘lov tizimlariga SWIFT, CHIPS, CHAPS, ZENCHEKIO va boshqa tizimlar kiradi. Milliy to‘lov tizimiga Markaziy bankning elektron to‘lov tizimi, Bank-mijoz to‘lov tizimi, tijorat banklarining to‘lov tizimlari, chakana to‘lov tizimlarini kiritish mumkin. Barcha to‘lov tizimlarining vazifalari turlicha va o‘z hususiyatlariga ega bo‘lsada, ularning maqsadlari asosan bir xil.Bizning fikrimizcha, to‘lov tizimining bosh maqsadi – iqtisodiy faoliyatni tashkil etish natijasida paydo bo‘lgan majburiyatlar yuzasidan to‘lovlarni to‘liq, tez o‘tkazish va havfsizligini ta’minlashdan iborat. Har bir mamlakat o‘zining mustaqil to‘lov tizimini tashkil qilgan xolda mamlakat iqtisodiyotidagi to‘lovlar va hisob-kitoblarni amalga oshirishni ta’minlaydilar. Bu to‘lov tizimi doimo rivojlantirilib va takomillashtirilib boriladi. Milliy to‘lov tizimini shakllantirishning birinchi bosqichi1991-1994 yillarni o‘z ichiga oladi. 1993 yilda O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Markaziy bankda va uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari tashkil etildi. Respublikamizda elektron to‘lovlar tizimini yanada mustahkamlash va ushbu tizimning xavfsizligini ta’minlash maqsadida paketli kommunikatsiya aloqa tarmog‘i yaratildi. O‘zbekiston Respublikasining 2005 yil 16 dekabrda qabul qilingan “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi qonuni respublikada to‘lov tizimini tashkil etish va to‘lov operatsiyalarini olib borishda muhim ahamiyatga ega. 173 Mazkur qonunning 3-moddasiga binoan, “Texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda elektron to‘lov hujjatlari vositasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish elektron to‘lovdir. Elektron to‘lov to‘lov tizimining sub’ektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida to‘lov tizimining belgilangan qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. 37 Ushbu qonun respublikamizda to‘lov tizimi va unda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan to‘lov turlarining huquqiy asoslarini belgilab bergan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Darslik.”Bank huquqi” Sh.Z.Abdullaeva, M.I.Yuldashev. T.: “Iqtisod-. Moliya” 329 b.
"Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 01.11.2019-yildagi OʻRQ-578-son. — LEX.UZ - Ўзбекистон қонунчилиги.
"Oʻzbekiston Respublikasida toʻlov tizimining rivojlanish bosqichlari". Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. www.cbu.uz.
Xalqaro moliya va bank. Davlyatov V.X., Ergashev I.A., Rahmatov E.J. 2019.
Do'stlaringiz bilan baham: |