O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti
To‘lov tizimining sub’ektlar va ular o‘rtasidagi munosabatlar
Download 227.75 Kb.
|
NEW (2)
To‘lov tizimining sub’ektlar va ular o‘rtasidagi munosabatlar.Iqtisodiyotda turli mulkchilik shakllariga tegishli bo‘lgan kompaniya va firmalar faoliyat ko‘rsatib, ular doimo bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Korxona va tashkilotlar bir-birlari bilan oldi-sotti munosabatlarini o‘rnatadilar, bu munosabatlar o‘zaro hisob-kitoblar orqali hal qilinadi. Bu hisob-kitoblarni o‘tkazish uchun to‘lov tizim mavjud bo‘lishi lozim. Ushbu to‘lov tizimi arzon, qulay shu bilan birga xavfsiz ham bo‘lishi lozim. Agar to‘lov tizimi rivojlangan bo‘lsa, undan foydalanish sur’ati ham oshib boradi. To‘lov tizimlari turli shakllarda tashkil etiladi, lekin ularning maqsadi doimo bitta, ya’ni aholiga va xo‘jalik sub’ektlariga o‘z pul mablag‘larini bir bankdagi hisobvaraqdan boshqa bank hisobvarag‘iga tez o‘tkazib berishni ta’minlashdir. To‘lov tizim va uning nazariy, me’yoriy va iqtisodiy asoslarini yoritishdan avval to‘lov tizimining mohiyatiga to‘xtalib o‘tamiz. Xalqaro hisob-kitoblar Banki ta’rifiga ko‘ra, to‘lov tizimi –bu tashkilotlar, huquqiy me’yorlar, vositalar hamda hisob-kitoblarda qatnashuvchilarning hisobkitoblarini o‘tkazishni ta’minlaydigan dasturiy, texnik, kommunikatsion-axborot vositalari majmuidir. Bizning banklarimizning amaliyotidan kelib chiqib ta’riflaydigan bo‘lsak, to‘lov tizimi - to‘lovchidan to‘lovni oluvchiga pul mablag‘larini etkazib berish bo‘yicha mavjud bo‘lgan va Markaziy bank tomonidan nazorat qilinadigan pul o‘tkazish mexanizmidir. To‘lov tizimi 4 bosqichdan, ya’ni 1-bosqich - to‘lovning boshlanishi, ya’ni to‘lovchi o‘z bankiga pulni o‘tkazib berish to‘g‘risida topshiriq berishdan, 2- bosqich - to‘lov tizimining ishtirokchi banklari o‘rtasida to‘lov hujjatlarining almashishi, 3-bosqich - to‘lov tizimining ishtirokchi banklari o‘rtasida hisob-kitob o‘tkazish, ya’ni to‘lovchi banki pul o‘tkazib berishdan, 4-bosqich – to‘lovlarni qabul bilan bog‘liq operatsiyalarni yakunlash. 10-modda. To‘lov tizimining subyektlari o‘rtasidagi munosabatlar To‘lov tizimining subyektlari o‘rtasidagi munosabatlar qonun hujjatlari va ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bilan tartibga solinadi. Shartnoma yozma shaklda tuzilgan bo‘lishi va unda quyidagi qoidalar ko‘rsatilishi kerak: elektron to‘lovlarni amalga oshirishda elektron to‘lov hujjatlarini jo‘natish hamda qabul qilib olish tartibi; elektron to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida elektron to‘lov hujjatlarida elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash tartibi; elektron to‘lovlarni amalga oshirganlik uchun haq miqdori; taraflarning huquq va majburiyatlari, shu jumladan axborot xavfsizligi va muhofazasini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlari; taraflarning javobgarligi, shu jumladan elektron to‘lovlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan xavflar bo‘yicha javobgarlikning taqsimlanishi; nizolarni hal qilish tartibi. To‘lov tizimining subyektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomada qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qoidalar ham ko‘rsatilishi mumkin. Download 227.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling