Raqamli Qal’a. Den Braun Shaxrizoda Sayitmurodova 110-19-guruh


Download 13.07 Kb.
Sana10.11.2021
Hajmi13.07 Kb.
#173140
Bog'liq
Raqamli Qal'a esse


Raqamli Qal’a. Den Braun

Shaxrizoda Sayitmurodova 110-19-guruh

Ismi sharifim Shaxrizoda Sayitmurodova. Barcha talabalar qatorida men ham mashhur Den Braunning hozirga qadar Bestseller kitoblari ro’yxatidan tushmayotgan “Raqamli qal’a” asarini zo’r qiziqish va ishtiyoq bilan o’qib chiqdim. Kitoblarga ta’rif berishga unchalik uquvim bo’lmasada, bu kitob menda o’zgacha taasurot qoldirdi desam ham mubolag’a bo’lmas. Yana bir ajoyib holat shuki, bu kitob yozilganiga qariyb 30 yil bo’ldi, demak kitobdagi ma’lumotlarga tayanib fikr yuritilsa “Transxabar” yechib beruvchi kodlar orqali vujudga kelgan ulkan ma’lumotlar bazasi, hozirda yana ham rivojlangan va yengib bo’lmas qurolga aylangan. Hammmiz yaxshi bilamizki, XXI asr axborot asri. Bu asrda ortiqcha so’z va xatto o’zingiz sezmagan darajada mayda element ham, agar uni internetga chiqarsangiz dunyo yuzini ko’rishi mumkin. Aynan shu haqiqatni Den Braun o’z kitobxonlariga ochiqlagan. Bu kitobni o’qigan kitobxon, go’yo kino ko’rayotgandek unga sho’ng’iydi va raqamlar bilan tillashish naqadar qiziqarli ekanini anglab yetadi. Kitob nomiga monand ravishda raqamlar qal’asidan iboratdir. Ya’ni, ehtimollar nazariyasiga ko’ra milliardlab keltirilgan raqamlardan atigi ikki donasi kod bo’lishi mumkunligini hisobga olsak, bizda naqd ikki baravar ko’p urinish va shuncha vaqt talab qilinadi.

Bu kitobdan, dunyoning bundan keyingi kelajagi raqamlarga bog’liqdek tuyulib qoldi endi. Inson rivojlanishdan hech qachon to’xtamasligi zarur, aks holda shu raqamlarga va miyyamizdan ko’ra bir necha barobar sekin ishlaydigan kompyuterlarga mute bo’lib qolishimiz shubhasiz. Bu kitobni o’qib chiqish uchun tun-u kun hisoblansa ikki kun vaqtim ketti. Lekin nazarimda anchadan beri birinchi martta ketkazgan shuncha vaqtim va ko’z nurimga achinmayapman. Bundan oldingi huddi shu ishtiyoq bilan o’qigan kitobim esa “Saodat asri qissalari” edi. Hozir shu ikki kitob birlashib kelajak uchun tayyorlab qo’ygan rejalarimga o’z hissalarini qo’shishiga aminman. Ushbu esseni o’qiyotgan har bir o’quvchiga bu kitobni o’qishlari uchn zo’r ishtiyoq tilab qolaman.



Mumsiz Sh…

Toshkent

Soat 15:15
Download 13.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling