Raqamli tarix tushunchasi


Download 38.65 Kb.
Sana23.09.2023
Hajmi38.65 Kb.
#1685297
Bog'liq
raqamli tarix


Raqamli tarix tushunchasi
Bugungi kunda kishilik jamiyatining barcha jabhalarida yangi innovatsion g‘oyala va raqamli texnologiyalarga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Ulardan foydalanish inson hayotini o‘zgartirib, uning faoliyati sifatini oshirishga yo‘l ochmoqda. Raqamli texnologiyalarning taraqqiyoti, jamiyatning turli qatlamlari, ayniqsa yoshlarning fikrlash darajasining kengayishga va axborot olish imkoniyatini osonlashtirishga xizmat qilmoqda.
Raqamli texnologiyalar (ing., Digital technology) – signallarni uzluksiz spektr shaklida emas, balki analog darajadagi diskret signallar bilan ishlaydi. Hozirda raqamli texnologiyalar – bu ma’lumot “raqamlashtirilgan”, ya’ni universal raqamli shaklda taqdim etiladigan texnologiyalar bo‘lib, ular muammolarni tezda hal qilish uchun axborotni kodlash va uzatish usullariga asoslanadi. Bunda axborot ikkilik kodshaklida uzatiladi. Kod bitlardan tashkil topgan. Bitlar 1 (birlik; signal bor) va 0 (nol; signal yo‘q)dan tashkil topgan ikkilik sonlardir. Oddiy qilib aytganda, raqamli texnologiyalar elektron hisoblash va ma’lumotlarni o‘zgartirish bilan bog‘liq barcha narsalarni o‘z ichiga oladi: gadjetlar, elektron qurilmalar, texnologiyalar, dasturlar. Raqamli texnologiyalarning rivoji ilm-fanning yangi tarmoqlarini vujudga kelishini ta’minlamoqda. Masalan, gumanitar fanlarning raqamli texnologiyalar yordamida tajriba o‘tkazish natijasida “Raqamli gumanitar fanlar” (ing., Digital Humanities) va uning sohalari, jumladan,“Raqamlitarix” (ing., Digital History) fani yuzaga keldi. Raqamli tarix o‘tmish haqida axborot ochish, yig‘ish, o‘rganish, tahlil qilish va taqdim etish usullari bilan tarix sahifalarining ilmiy ahamiyatini yanada boyitishga ko‘maklashib qelmoqda.
Xorij tarixshunosligida mazkur terminning tadbiq etilishi asosan XX asrning 90-yillarida AQShda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bilan uzviy bog‘liq. Ammo “Digital History” tarixchilar (tadqiqotchilar va o‘qituvchilar) orasida emas, balki muzeylar, arxivlar va boshqa tarixiy-madaniy merosni saqlab qolish muassasalarda IT-ilovalar bilan shug‘ullanib tegishli materiallarni raqamlashtirish va ularga kirish, ya’ni ulardan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha amaliy vazifalarni hal etuvchi “amaliyotchilar”
doirasida yuzaga kelgan.
“Raqamli tarix” (ing., “Digital History”) – raqamli gumanitar fanlarning bir bo‘limi bo‘lib, o‘tmishni o‘rganish va taqdim etish uchun raqamli media, kompyuter va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llaydi va ulardan foydalanishni
15 o‘rganadi. Keng ma’noda uni tarixiy materiallarni to‘plash, miqdorini aniqlash, talqin qilish va baham ko‘rishga yordam beradigan komputer, Internet tarmog‘i va dasturitizimlarning yangi kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlaydigan o‘tmishni o‘rganish,tasvirlash va sharhlash usuli sifatida tushunish mumkin [1. 23-b.]. Biroq bu ta’riflarni
to‘la deyish qiyin. Hozirda olimlar tomonidan unga turli xil ta’riflar berilmoqda.
Ma’lumki, “Digital History”ning vujudga kelishi va rivojlanish jarayoni AQShda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bilan uzviy bog‘liq. Jumladan, 1997-yilda amerikalik tadqiqotchi Edvard Linn Eyers (ing., Edward Lynn "Ed" Ayers) va Uilyam G. Tomas III (ing., William G. Thomas III) tomonidan ilk marotaba “Digital History” termini qo‘llanilib, AQShning Virginiya universitetida “Virginia Center for Digital History, VCDH” (“Virginiya raqamli tarix markazi”) markazi tashkil etilgan Ushbu olimlar o‘z tadqiqotlari orqali raqamli tarix atamasiga quyidagi ta’riflarni
bergan. Edvard L. Eyers “The Pasts and Futures of Digital History” (“Raqamli tarixning o‘tmishi va kelajagi”, 1999) nomli maqolasida tarixchilarni o‘z ishini yanada rivojlantirish uchun raqamli vositalardan foydalanishga undaydi. Uning ta’kidlashicha, “Raqamli tarix
tarixning ko‘proq adabiy turini yaratishda ham katalizator, ham vosita bo‘lishi mumkin”. Muallif tarixchilarni “elektron ekranda dinamik ravishda o‘zaro bog‘langan matn” imkonini beradigan gipermatnli hikoyalarni ishlab chiqishga chaqiradi komputer, Internet tarmog‘i va dasturiy tizimlarning yangi aloqa texnologiyalari bilan ishlaydigan o‘tmishni o‘rganish va tasvirlash usuli sifatida tushunish mumkin Raqamli tarixning paydo bo‘lishi avstriyalik tarixchi Manfred Taller (ing., Manfred Thaller) tomonidan ishlab chiqilgan manba yo‘naltirilgan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi konsepsiyasining rivojlanishi natijasi deb ham atash mumkin. Ushbu
tizim raqamli ishlov berish, uni rasmiylashtirish, talqin qilish, shuningdek, manba bo‘lmagan bilimlarga ega bo‘lgan manba tasvirini ishlashini o‘z zimmasiga oldi. Bu shunchaki tarixiy manba matnining elektron nashri emas, balki o‘quvchi foydalanishi uchun uni komputerda qayta ishlashga tayyorlash edi. Raqamli tarix sohasidagi dastlabki ishlar raqamli arxivlar, onlayn taqdimotlar,ma’lumotlar vizualizatsiyasi, interaktiv xaritalar, vaqt jadvallari, audio fayllar, virtual olam va muhitni yaratishga qaratilgan. So‘nggi o‘ttiz yil ichida ushbu texnologiyalar tarixni o‘rganish, tahlil qilish va o‘qitish imkoniyatlarini kengaytirdi. Bugungi tashabbuslar asosan interaktiv veb-saytlar va tarix bo‘yicha dasturlarni yaratish uchun
Internetdan to‘liq foydalanishga qaratilgan bo‘lib, bu sohadagi tadqiqotlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: kreativlik (yoki ijodiy qobiliyat – insonning standart g‘oyalar, qoidalar va namunalardan chetga chiqishi, yangi yechimlarni topish, g‘oyalar yaratish), turli mutaxassislarning hamkorligi, eng so‘nggi texnologiyalar, ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish (“Data mining”), “Virtual haqiqat” (“Virtual reality”, VR) texnologiyasi,
3D modellashtirish, gipermatn, korpus lingvistikasi (tilshunoslikning matn korpusini ishlab chiqish, yaratish va ishlatish bilan shug‘ullanadigan bo‘limi), va katta ma’lumotlarni tahlil qilish (“Big data analysis”) va h.k. Mazkur resurslardan foydalanish bu sohadagi faoliyatni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Raqamli tarix faoliyatiga quyidagilar kiradi:
➢ onlayn raqamli arxivlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish;
➢ katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish;


16
➢ ma’lumotlarni vizualizatsiya qilishdan foydalangan holda munosabatlarni o‘rganish;
➢ matnni tahlil qilish;
➢ og‘zaki suhbatlarni raqamli qayta ishlash va saqlash;
➢ tarixiy ma’lumotlarni xaritalar (eski va yangi) bilan birlashtirish va GIS(Geografik axborot tizimlari)dan foydalanish;
➢ tarixiy natijalarni veb-sahifalarda taqdim etish va boshqalar [6. 12–13-b.].
Raqamli tarix bo‘yicha ko‘plab nashrlarni tahlil qilgan holda, biz uning ikki asosiy
yo‘nalishda ish olib borishini ko‘rsatishimiz mumkin: 1) Internet auditoriyasini, ya’ni tarmoq foydalanuvchilarining tarixiy bilimlarini
chuqurlashtirish. Bunda ularni raqamli arxivlar, interfaol xaritalar, voqealar xronikasi (yilnomalar), vaqt jadvallari bilan tanishtirish;
2) Tarixchi olimlar uchun tarixni fan sifatida rivojlantirishga yordam beradigan yangi tadqiqot vositalarini yaratish Ushbu fanning ilmiy-nazariy asoslari bu sohada faoliyat olib borilayotgan olimlarning ilmiy izlanishlari va qarashlarida o‘z aksini topadi. Bu o‘z navbatida bir tomondan jahonning turli mamlakatlarida (AQSh, Yevropa va boshqa.) “Digital History”
atamasi doirasida bildirilayotgan ilmiy-nazariy qarashlar, ikkinchi tomondan esa Rossiya va MDH mamlakatlari doirasidagi ilmiy-nazariy qarashlar (mazkur amaliyotda “Digital History” masalasiga ko‘proq “tarixiy informatika” terminini qo‘llash taklifi va boshqalar) bilan uzviy bog‘liq. Shuning uchun ham ta’riflar atrofidagi savol-javoblar turlichadir. Har
bir mamlakat o‘z kontekstiga ega. Aytish lozimki, hozirda raqamli tarix bo‘yicha aniq biryagona fikr va ta’rif mavjud emas. U umumiy xulosalar va qarashlar bilan yoritilmoqda. Raqamli tarixning o‘ziga xos metodi bor, ammo bu tarixshunoslik metodi emas, aksincha tarixning nazariy yoki uslubiy yondashuvlariga ta’sir qilmasdan, uni veb-xizmatlarga bog‘lash uchun tarix metodologiyasidan foydalanadi. Mazkur metod tarixchilarga an’anaviy tarixiy metodlar kabi o‘tmishni tushunish va o‘rganish bilan birga
uni to‘ldirish va ifodalashga yordam beradi. Raqamli tarix fani raqamli texnologiyalar va hisoblash metodlariga asoslangan holda rivojlanadi.
Tarixchi ilmiy faoliyati davomida ko‘plab manbalar bilan birga raqamli ko‘rinishdagi katta hajmli ma’lumotlarga duch keladi. Ulardan o‘zi uchun kerak bo‘lgan qismni qidirib topish va olishi uchun mavjud matnning mazmuni va ahamiyatini tahlil qilishi lozim bo‘ladi. Shuning uchun raqamli tarixda hisoblash usullari matn tahlilidan keng foydalaniladi. Shu
bilan birga bu fanda “data science” va miqdoriy metodlar ham qo‘llaniladi. Raqamli tarixni keng ma'noda tarix sohasining kompyuter, internet tarmog'i va boshqa shu kabi zamonaviy texnologiyalari bilan integratsiyalashuvi va shu orqali tarixni o'rganish, tadqiq etish va qayta taqdim etishda ulardan keng foydalanish natijasida o'tmishni raqamlashtirish jarayonini tushunish mumkin. Raqamli tarix bilan shug'ullanish, albatta, o'tmishni raqamlashtirishdir bilan cheklanib qolmaydi.
Kalit so'zlar: raqamli tarix, texnologiya, tadqiqot, manbalar, raqamli tarixiy loyihalar, arxivlar, interaktiv materiallar, raqamli savodxonlik.Raqamli tarix deganda tarixchilarning arxiv materiallarini raqamlashtirishi va ularni internetga kirish imkoniga ega bo'lgan foydalanuvchilarga taqdim etishi uchun zamonaviy kompyuter va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishi tushuniladi . Asosiy veb-nashr ilovalaridan tortib, eng so'nggi virtual reallik (VR) vositalari bo'lgan texnologiyalardan foydalangan raqamli tarixchilar tarixiy materiallarni turli auditoriyalarga yangi usullarda, yangicha ko'rinishda taqdim etadilar.Raqamli tarix quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
• Tarixiy ma'lumotlarni tahlil qilish va tasvirlarni yaratish;
• Tadqiqotchilarning ilmiy ishlarini mazmunli va qiziqarli bo'lgan boyitilgan formatda taqdim etish;
• Turli auditoriyalarni tarixni yaratishda va bir-biriga so'zlab berish uchun hamkorlik ishlashga taklif qilish.
Raqamli tarix mashhur onlayn ma'lumotlar bazasiga havolalar beradi, raqamli tarixiy loyihalarini ko'rib chiqadi, raqamli tarixchilarning ilmiy sohada rolinitushuntiradi va o'sib borayotgan zamonaviy tarix sohasida haqiqiy tadqiqotchi nimalarga va qanday tayyor bo'lishi mumkinligini tushuntiradi.Tarixchilar o'tmishga oid manbalarni to'plash, tahlil qilish, izohlash va ularni turli auditoriyalarga taqdim etish uchun kompyutetexnologiyalaridan foydalanishlari mumkin. Raqamli tarix o'tmishni raqamlashtirishdan tashqari tarix sohasidagi ilmiy izlanishlarni rivojlanishiga va ilmiy tadqiqot natijalarini ommaga yangicha usullarda interaktiv ko'rinishda taqdim etishga xizmat qiladi. Tarixiy ma'lumotlarni o'rganish va taqdim etishning ushbu yondashuvi raqamli tarix deb nomlanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Birlamchi manbalar va tasvirlarning zamonaviy texnologik yutuqlar bilan integratsiyalashuvi tarixchilarga o'z ilmiy izlanishlarini raqamlashtirilgan materialga aylantirish imkonini beradi. Ushbu raqamli manbalar tadqiqotni taqdim etishning an'anaviy usullaridan ko'ra qulayroqdir. Raqamli tarixchilar o'z tahlillarini veb-saytlar, bloglar, ijtimoiy media va onlayn jurnallarda nashr etishlari mumkin. Raqamli media vositalari orqali raqamli tarixchilar boshqalarga tarixiy voqealarni tasavvur qilishga yordan berish uchun interaktiv grafiklar, diagrammalar va xaritalar kabi dinamik materiallar yaratishi mumkin.Raqamli tarix tadqiqotchilarning tarixiy manbalardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi. Maktablarda raqamli tarix o'qituvchilarga yanada qiziqarli dars rejalari va o'quv dasturlarini yaratish uchun resurslardan foydalanishni ta'minlaydi. Raqamli tarix, shuningdek, turli auditoriyalarni jalb qiladigan raqamli tarixiy loyihalarni yaratish uchun imkon beradi.
Raqamli tarix manbalari
Tarixchilar an'anaviy usuldagi kitoblar va jurnal nashrlaridan tashqari, ma'lumotlarni interaktiv vizualizatsiya qilish imkonini beruvchi onlayn platformalar ma'lumotlaridan foydalanish orqali o'z tadqiqotlarini boyitishlari mumkin.Tarixchilar o'z ilmiy ishlarini Scaraland, Omeka kabi ochiq platformalarda nashr qilishlari mumkin. Turli manbalardan malumotlarni yig'ish va ularni vizual tasvirlarga aylantirish imkonini beradigan ushbu platformalar, shubxasiz, tarixchilar uchun juda foydalidir. Vizualizatsiya orqali tarixiy ma'lumotlarni o'rganish tarixiy talqin va o'qitishni boyitadi, ma'lumotlarga qo'shimcha kontekst beradi va ilmiy fikrlarni ifodalashga yordam beradi. Tarixchilarning ma'lumotlarni raqamlashtirishi uchun ko'plab variantlar mavjud. Misol uchun, R dasturlash tili raqamli tarix loyihalarida geofazoviy ma'lumotlar, interaktiv syujetlar va animatsiyalar kabi vizualizatsiyalarni yaratish uchun ishlatiladi. Google Books Ngram Viewer dasturifoydalanuvchilarga tushunarli grafiklami yaratish uchun millionlab raqamlashtirilgan kitoblarni qidirish imkonini beradi.StoryMaps.ArcGIS kabi raqamli tarix resurslari interaktiv xaritalarda tarixiy ma'lumotlarni taqdim etish uchun tavsiflovchi matn, tasvirlar va multimedia kontentini yaratish imkonini beradi. Tarixchi tadqiqotchilar va o'qituvchilar turli makon va zamonlarda yuz bergan voqealar haqida hikoya qilishlari mumkin. Bunga XIX asrning ikkinchi yarmida AQShning g'arbiy qismida pochta bo'limlarining ochilishi va yopilishi haqida hikoya qiladigan "Pochta geografiyasi" veb-saytini misol qilib keltirish mumkin.Amerika Tarixchilar uyushmasi tarixchilarga raqamli tarix loyihalarini amalga oshirishda va tadqiqotlar olib borishda yordam berish uchun raqamli tarix manbalarini taqdim etadi. Bundan tashqari, Kongress kutubxonasi elektron to'plamlari va ko'plab shtatlarning raqamli tarix loyihalari raqamli tarix vositalari bilan yaratilishi mumkin bo'lgan materiallarning xilma-xilligini aks ettiradi.Raqamli tarixning maqsadlaridan biri yangi avlod auditoriyasini tarix sohasidagi muhim ma'lumotlar va yangiliklardan xabardor qilish va ularni o'tmishni o'rganishga jalb qilishdir. Tarixiy mavzular va muammoli masalalarga qaratilgan video va audio podkastlar onlayn hamjamiyatlarni yaratishga yordam beradi. Ushbu raqamli hamjamiyatlar odamlarga o'zlarining umumiy tajribalari va qiziqishlarini bildirishlari uchun imkon beradi. Ijtimoiy media ham bu jarayonda qulay vosita hisoblanadi. Misol uchun, # twitterstorianson Twitter xeshtegidan foydalanish raqamli loyihalarni keng doiradagi auditoriyaga yetkazishga yordam beradi.Raqamli tarixiy loyihalarAQSH universitetlarida, tadqiqot markazlarida tarixchilar, o'qituvchilar, madaniy muassasalar, muzeylar va kutubxonalar xodimlari raqamli tarix bo'yicha loyihalar ustida ishlashadi va o'zaro hamkorlik qilishadi. Ushbu loyihalar umumiy tariximizning bir qismi bo'lgan turli xalqlar madaniyatlari, urf-odatlari haqida yangi ma'lumotlar berishga xizmat qiladi. Loyihalar muayyan mavzular atrofida dinamik tarkibni o'z ichiga oladi va tarixiy jarayonlarga qiziquvchilar uchun erkin foydalanish rejimida joylangan. Quyida shunday raqamli tarix loyihalariga misollar keltirilgan:
1. Koreya urushi loyihasi (https://koreanwarlegacy.org ): Ushbu interaktiv kutubxona Koreya urushining kelib chiqishi va natijalari haqida tarixiy ma'lumotlarni taqdim etadi, ko'pincha "unutilgan urush" deb ataladi. O'qituvchilar, talabalar va sayyohlar jang maydoni manzaralarini tasavvur qila olishlari uchun loyihachilar tomonidan yaratilgan https://koreanwarlegacy.org/ veb-saytiga tashrif buyurishlari va o'zlari uchun kerakli va foydali ma'lumotlar bilan qulay usulda tanishib chiqishlari mumkin. Loyiha, shuningdek, urushning bugungi dunyoda demokratiyaga ta'siri haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan. Kontent Koreya urushi faxriylari bilan suhbatlar, arxiv ma'lumotlari, shuningdek, haqiqiy daliliy faktlar bilan boyitilgan.
2. Constitute Ushbu raqamli tarix loyihasi odamlarga dunyodagi deyarli har bir mustaqil davlatning konstitutsiyalarini o'qish, qidirish va ularni o'zaro solishtirish imkonini beradi. U har bir davlat konstitutsiyasiga kiritilgan tuzatishlar va o'zgarishlarni interaktiv vizual tarzda aks ettiruvchi xronologik jadvalini o'z ichiga oladi. Loyiha yaratuvchilari tomonidan konstitutsiyaga bog'liq voqea va hodisalarning xronologiyasini tuzish, ingliz tilida bo'lmagan konstitutsiya matnlarini ingliz tiliga tarjima qilish kabi ishlar amalga oshirilgan. Shuningdek, loyiha yaratuvchilari ma'lumotlarni to'plash va solishtirish uchun xalqaro yuridik va konstitutsiyaviy bilimlarga ega mutaxassislardan maslahatlar olishgan.
3. Smithsonian Learning Lab Bu loyiha doirasida Smitsonianning 19 ta muzeyi, 9 ta yirik tadqiqot markazlari va Milliy hayvonot bog'ida joylashgan millionlab arxiv ma'lumotlarni, jumladan, yozuvlar, matnlar va videolarni tadqiq qilish, o'rganish va muhokama qilish uchun interfaol sayt platformasi yaratilgan. Ushbu raqamli loyiha Smitson jamoasini tarix, san'at va madaniyat sohalari bo'yicha bilimlarni o'zaro almashishga undaydi.
4. Hind okeani jahon tarixi sahifalarida Ushbu raqamli tarix loyihasi odamlarga Hind okeanidagi turli davrlardagi savdo aloqalari tarixini va buyuk geografik kashfiyot davrini aks ettiruvchi hujjatlar va yozma manbalarni, artefaktlarni o'rganish imkonini beradi. Saytda interaktiv xarita, o'qituvchilar uchun dars rejalari va video sayohatlar mavjud. Sayt manbalari orasida o'tmishdagi sayohatchilarning yozma hisobotlari, hukmdorlar farmonlari va turli shartnomalar kabi siyosiy va iqtisodiy hujjatlar yoki arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan artefaktlar birlamchi manba sifatida muhim o'rin tutadi.
5. Sovuq urush tarixi: Sovuq urush xalqaro tarixi loyihasi sovuq urushning kelib chiqishi, kuchayishi va tugashi haqidagi turli materiallarni o'zida mujassamlashtirgan. 1991-yilda tashkil etilgan ushbu raqamli loyiha Uilson markazining Tarix va davlat siyosati dasturi tomonidan nazorat qilinadi. Unda maxfiylikdan chiqarilgan tarixiy materiallar, jumladan fotosuratlar, diplomatik hujjatlar, yuqori darajadagi yozishmalar va uchrashuv bayonnomalari mavjud. Tarixiy ma'lumotlar insholar, xronologik jadvallar, xaritalar va video formatlarda taqdim etiladi. Arxiv hujjatlaridan foydalanish bilan bir qatorda og'zaki tarix materiallarini ham ko'plab topish mumkin.
6. Jahon aholisi tarixi Bu raqamli loyiha oxirgi 2000 yil ichida dunyo aholisining evolyutsiyasini kuzatib boradi. U insoniyat tarixidagi muhim o'zgarishlarga sabab bo'lgan bosqichlarni alohida ta'kidlab, turli guruhlarning tarixiy, ijtimoiy, siyosiy va atrof-muhitga ta'siri haqida istiqbollarni taqdim etadi. Saytning "Manbalar va Kreditlar" bo'limida ko'rsatilishicha loyihada bir necha o'nlab ishonchli manbalardagi ma'lumotlardan foydalanilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Мўминов Х. Рақамли тарих [Матн]: дарслик. –Тошкент: Nurafshon business, 2022.
2. http://www.vcdh.virginia.edu/index.php?page=VCDH
3. Ayers, Edward L. The Pasts and Futures of Digital History. – USA: University of
Virginia, 1999. URL: http://www.vcdh.virginia.edu/PastsFutures.html
4. Douglas Seefeldt, William G. Thomas III. What is Digital History? A Look at Some
Exemplar Projects. Faculty Publications, Department of History. 98. May, 2009. – P.2.
URL: https://digitalcommons.unl.edu/historyfacpub/98
5. https://en.wikipedia.org/wiki/Digital_history
6. Мўминов Х. Рақамли тарих [Матн]: дарслик. – Тошкент: Nurafshon business, 2022.
7. https://infopedia.su/26x9d43.html
Download 38.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling