Raqamli texnikaning mantiqiy asoslari


Download 55.83 Kb.
bet4/9
Sana20.03.2023
Hajmi55.83 Kb.
#1284828
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2- маъруза Электроника ва схемо


1

0

1

0

1


Agar funksiya argumentlarining soni n ga teng bo‘lsa, argument qiymatlarining turli o‘rin almashtirishlari soni 2n ni tashkil qiladi, n argumentning turli funksiyalari soni 22n .Masalan, п= 2 da argumentlar qiymatining o‘rin almashtirishlari soni 22 = 4 ga, funksiyalar soni esa 24 = 16 ga teng. Ikki argumentli funksiya uchun rostlik jadvali 3-jadvalda keltirilgan


Mantiqiy funksiya analitik usulda ham berilishi mumkin. Odatdagi matematikada funksiyani analitik usuldaberilishideganda, funksiyaning argumentlari biror matematik amal orqali bog‘langan matematik ifodalar ko‘rinishida berilishini tushunamiz.
Shunga o‘xshash, mantiqiy funksiyalarni analitik usulda berish uchun funksiya argumentlari ustida mantiqiy amallar qanday tartibda bajarilishini ko‘rsatuvchi mantiqiy ifoda ko‘rinishida yozilishi kerak .
Hisoblash texnikasining ilk tarixini tahlil qilar ekanlar, xorijlik ayrim tadqiqotchilar kompyuterning qadimiy o‘tmishdoshi sifatida tez-tez “abak’ deb atalgan mexanik qurilmalarni aytib o‘tadilar. "Abakka" yondashish xato yondashishdan darak beradi, chunki abak avtomatik hisoblash xususiyatiga ega emas, kompyuter uchun esa bu belgilovchi (asosiy) xususiyatdir.
Abak - eng birinchi, ilk hisoblash qurilmasi bo‘lib, dastlab u tarnovlari bor sopol plastinka shaklida bo‘lgan. Tarnovlar ichiga raqamlarni namoyon qiluvchi toshlar taxlangan. Uning paydo bo‘lish davri eramizdan avvalgi to‘rtinchi ming yillikka to‘g‘ri keladi. Paydo bo‘lish hududi Osiyo hisoblanadi. Asrimiz o‘rtasida Yevropada abak kataklarga bo‘lingan jadvallar bilan almashtiriladi. Ular yordamida hisoblash chiziqlardagi hisoblar deb atalgan, Rossiyada esa XVI-XVII asrlarda hozir ham ishlatiladigan ilg‘or kashfiyot - qo‘l hisoblagichlari ham paydo bo‘ldi.
Shu bilan bir vaqtda hisoblashni avtomatik tarzda bajarishga ega bo‘lgan boshqa asbob, soat ham ixtiro etildi. Ishlash tamoyilidan qat’iy nazar, soatlarning hamma turlari (qum, suv, mexanik, elektr, elektron) vaqtning teng bo‘laklaridan so‘ng ko‘chishni yoki signallarni ishlab chiqarish (generatsiya qilish) va bunda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni qayd qilish, ya’ni signallar va ko‘chishlarni avtomatik tarzda qo‘shib borish qobiliyatiga ega. Bu tamoyil hatto faqat qayd etuvchi uskunasiga ega bo‘lgan quyosh soatlarida ham (bunda generator nomini Yer-Quyosh tizimi bajaradi) kuzatiladi.
Mexanik soat - vaqtning berilgan teng intervallaridan so‘ng ko‘chishni avtomatik tarzda bajaruvchi uskuna va bu ko‘chishlarni qayd qiluvchi uskunadan iborat asbobdir. Eng dastlabki namunalari XIV asrga mansub va ular monastirlarga tegishli bo‘lgan (minora soatlari).
Har qanday zamonaviy kompyuterningasosida, xuddi elektron soatlarda bo‘lganidek, vaqtning teng intervallaridan so‘ng kompyuter tizimidagi hamma uskunalarni harakatga keltirish uchun ishlatiluvchi elektr signallarini ishlab chiqaruvchi taktli generator yotadi.

Download 55.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling