Raqamli texnikaning mantiqiy asoslari
Download 55.83 Kb.
|
2- маъруза Электроника ва схемо
Ilk mexanik manbalar
Qo‘shish amalini bajaruvchi jahondagi birinchi uskuna mexanik soat asosida yaratilgan edi. 1623 yili uni T’yubingen professori Vilgelm Shikard yaratdi. Bizning davrimizda uskunaning ishchi modeli chizmalar bo‘yicha qayta tiklandi va o‘zining ishlay olish qobiliyatini ko‘rsatdi. Ixtirochining o‘zi esa o‘z maktublarida mashinani "qo‘shiluvchi sonlar" deb atagan. 1642 yili fransuz mexanigi Blez Paskal (1623-1662) sonlarni qo‘shuvchi ixchamroq uskunani ishlab chiqdi. U asosan Parijlik sudxo‘rlar va sarroflar (pul almashuvchilar) uchun seriyali ravishda ishlab chiqarilgan jahondagi birinchi mexanik kalkulyator bo‘lib qoldi. 1673 yili nemis faylasufi V.Leybnits (1646-1717) qo‘shish va ayirish amallarini ko‘p marta takrorlash yo‘li bilan ko‘paytirish va bo‘lish amallarini ham bajaruvchi mexanik kalkulyatorni yaratdi. Ma’rifat davri sifatida ma’lum bo‘lgan XVIII asr mobaynida yangi, ancha takomillashgan modellar paydo bo‘ldi, ammo hisoblash amallarini mexanik boshqarish tamoyillari o‘sha-o‘shaligicha qoldi. Hisoblash amallarini dasturlashtirish g‘oyasi yana o‘sha soatsozlik sanoatidan keldi. Monastirlarning qadimiy minora soatlari qo‘ng‘iroqlar tizimi bilan bog‘langan mexanizmni berilgan vaqtda ishga tushiradigan qilib sozlaganlar. Bunday dasturlashtirish o‘ta qat’iy edi. Bitta amalning o‘zi har kuni bir vaqtda bajarilar edi. Mexanik uskunalarni perforatsiya qilingan qog‘oz tasma yordamida moslanuvchan dasturlash g‘oyasi 1804 yili "Jakkard" to‘quvchilik dastgohida amalga tadbiq qilingan edi, shundan so‘ng hisoblash amallarini dasturiy boshqarishgacha bir qadam qoldi. Bu qadam ingliz matematigi va ixtirochisi Charlz Bebbidj (1792-1871) tomonidan uning tahlil mashinasida qo‘yiladi. Afsuski, bu mashina kashfiyotchi tomonidan uning hayoti davrida oxirigacha qurib bo‘linmadi. Ammo u bizning davrimizda olimning chizmalari bo‘yicha qayta tiklandi va shuning uchun biz tahlil mashinasi haqida real mavjud bo‘lgan uskuna haqida so‘zlagandek gapirishimiz mumkin. Tahlil mashinasining o‘ziga xosligi shunda ediki, unda birinchi bo‘lib axborotni buyruqlar va ma’lumotlarga bo‘lish tamoyili amalga oshirilgan edi. Download 55.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling