Raqamli texnologiyalar


Download 110.31 Kb.
bet2/7
Sana15.06.2023
Hajmi110.31 Kb.
#1479976
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Diyorbek Ismoilov 203-g

Algoritm tushinchalari
Algoritm kibernetika va matematikaning asosiy tushunchalaridan biri bo'lib, bu atama o'rta asrlarda yashab ijod etgan buyuk o'zbek matematigi Al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan. U IX asrning 825 yilidayoq o'zi kashf etgan o'nli sanoq tizimida to‘rt arifmetika amallarini bajarish qoidalarini bergan. Arifmetika amallarini bajarish jarayoni esa al-xorazm deb atalgan. Bu atama 1747 yildan boshlab algorismus, 1950 yilga kelib algorifm deb ham ataldi. Fanda "Yevklid algoritmi", "G'iyosiddin Koshiy algoritmi", "Laure algoritmi", "Markov algoritmi" deb ataluvchi algoritmlar ma’lum algoritm tushunchasi tobora kengayib borib, kibernetikaning nazariy va mantiqiy asosi hisoblangan algoritmlar nazariyasi paydo bo'lgan. Kompyuterlar paydo bo'lishi bilan algoritm atamasi hozirgi ma'nosi bilan axborot texnologiyalari sohasida eng asosiy atamalardan biri bo'lib qoldi. Odatda algoritmlar u yoki bu hisoblashga doir masalalarni (computational problems) yechish uchun tuziladi.
Qo'yilgan masala ushun yaratiladigan algoritmda kiruvchi va chiquvchi ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega, agar algoritm to'g'ri tuzilgan bo'Isa, ijrosi (kompyuter) aniq natijalar beradi. Algoritm quyidagi xossalarga ega: aniqlilik, tushunarlilik, ommaviylik, natijaviylik va diskretlik.
Aniqlik va tushunarlilik - deganda, algoritmda ijrochiga berilayotgan ko'rsatmalar aniq mazmunda bo'lishi tushuniladi. Chunki ko'rsatmalardagi noaniqliklar mo'ljallangan maqsadga erishishga olib keimaydi. Ijrochiga tavsiya etiladigan ko'rsatmalar 8 tushunarli mazmunda bo‘lishi shart, aks holda ijrochi uni bajara olmaydi. Ommavivlik - deganda, har bir algoritm mazmuniga ko‘ra bir turdagi masalalaring barchasi uchun ham o‘rinli bo‘lishi,ya’ni umumiy bo‘lishi tushuniladi.
Natiiaviylik - deganda, algoritmda chekli qadamlardan so‘ng albatta natija bo’lishi tushuniladi. Shuni ta'kidlash joizki, algoritm avvaldan ko‘zlangan maqsadga erishishga olib kelmasligi ham mumkin. Bunga ba'zan algoritmning noto‘g‘ri tuzilgani yoki boshqa xatolik sabab bo‘lishi mumkin, ikkinchi tomondan, qo‘yilgan masala ijodiy yeshimga ega bolmasligi ham mumkin. Lekin salbiy natija ham deb qabul qilinadi. Diskretlik - deganda, algoritmlami chekli qadamlardan tashkil qilib bo'laklash imkoniyati tushuniladi. Algoritmlarga doir quyidagi masalalarini misol sifatida keltirish mumkin:
• Talabani kundalik ishlarini tashkil etish;
• To‘rtburchak perimetri va yuzasini hisoblash;
• R radiusli doira yuzasini va aylana uzunligini topish;
• A1, A2 , А3,..., An sonlarni toq elementlarini yig‘indisini topish;
• Berilgan ketma-ketlik sonlarni o‘sish (kamayish) tartibda joylashtirish va h.k.
Algoritm ning uchta turi mavjud: chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi(siklik).
Chiziqli algoritmlar - hech qanday shartsiz faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlardir.
Tarmoqlanuvchi algoritmlar - ma’lum shartlarga muvofiq bajariladigan jarayonlardir.
Takrorlanuvchi algoritmlar - biron-bir shart tekshirilishi yoki biron parametming har xil qiymatlari asosida chekli ravishda takrorlanish yuz beradigan jarayonlardir.

Download 110.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling