Raqamli texnologiyalar
Download 10.74 Kb.
|
Ichki taqriz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Shaharsozlik” kafedrasi mudiri professor, arxitektura fanlari doktori (DSc) Z.H. Adilov
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Raqamli texnologiyalar” kafedrasi o‘qituvchisi, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) S.X.Mardov tomonidan 60730100-Arxitektura (turlari bo‘yicha), 60731400-Urbanistika, 60210409- Dizayn: interyer dizayni, 60210403- Dizayn: sanoat dizayni ta’lim yo‘nalishdagi bakalavriat talabalari uchun yozilgan “Chizma geometriya” nomli uslubiy qo‘llanmasiga T A Q R I Z O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-sonli «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmonida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish kabilar belgilab olindi. Mazkur Farmon g‘oyalarining amaliyotga to‘la tatbiq etilishi, muhandislik grafikasi fanlari bo‘lajak o‘qituvchilarida zamonaviy grafik dasturlar bilan ishlash ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishda ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. Zero, bo‘lajak mutaxassislar o‘z ish faoliyatlariga har tomonlama tayyor holda qadam qo‘yishlari bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan kuchli raqobatga bardosh bera olishlarini ta’minlaydi. Shuningdek unda chizmalarni bajarish va o‘qish tartib, qoidalari va jihozlari to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar, ularni tuzish va taxt qilish bo‘yicha davlat standartlari tomonidan belgilangan talablar va meyorlar, chizmalarda geometrik yasashlar, proeksion chizmachilik asoslari ko‘rinishlar, kesim va qirqimlar hamda texnik rasm elementlari nazariy va amaliy metodik to‘g‘ri ishlab chiqilgan. “Raqamli texnologiyalar” kafedrasi o‘qituvchisi, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) S.X.Mardov tomonidan yozilgan “Chizma geometriya” nomli uslubiy qo‘llanmasi sodda, ravon tilda tushunarli qilib yozilganligini va yuqorida keltirilgan ijobiy xulosalarni inobatga olib, halamda ko‘rsatilgan ba’zi orfografik xatolarni bartaraf etib ushbu o‘quv qo‘llanmani chop etish mumkin deb hisoblayman.
Download 10.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling