O ’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG’ONA FILIALI
Kompyuter injiniringi fakulteti
716-20 guruh talabasi Farhod Ismoilovning
“Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish” fanidan
LABARATORIYA ISHI
Farg’ona 2023-yil
Laboratoriyaishi № 1.
Mavzu:Raqamli texnika negiz elementlarini tadqiqi
Laboratoriya ishining maqsadi.Raqamli texnika negiz elementlarini tadqiqiorqali
talabalarda fan yuzasidan dastlabki bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
Nazariy ma’lumotlar
Mikroprotsessor tizimi (MPS) ning asosiy qurilmasi bo’lgan mikroprotsessor (MP) ikkilik sanoq tizimida ishlagani uchun komandalar va berilganlar shu sanoq tizimida yoziladi. Mashinada signallar “0”va “1”, ya’ni mos ravishda past va yuqori darajali signallar nomi bilan yuritiladi.
Signallarning bunday ko’rinishi hech bir qiyinchiliksiz mantiqiy o’zgaruvchilar yordamida ifodalanadi.
MP sxemalari ikkilik sanoq tizimida mantiqiy va arifmetik amallarni bajaradi. “VA”, “YoKI” va “INKOR” sxemalari asosida MP ning ixtiyoriy qurilmasini to’liq qurish mumkin. Mp da mantiqiy amallar cheklangan, lekin ularni har biri istalgan marotaba bajarilishi mumkin.
Ikkilik sanoq tizimida mantiqiy amallarni bajara oladigan kombinatsion sxemalar bilan tanishib chiqamiz. Kombinatsion sxemalar raqamli sxemalar bo’lib, ularning chiqishi ixtiyoriy vaqt davomida faqat kirishiga berilayotgan signallar bilan aniqlanadi.
«VA» sxemasi (mantiqiy ko’paytirish sxemasi) ikki va undan ortiq mantiqiy qiymatlarni ko’paytirishni (konhyunktsiyani) bajaradi. Rasmda “VA” sxemasining shartli belgisi ko’rsatilgan (a-maxsusbelgi, b-to’g’ri to’rtburchakko’rinishidagibelgi). Sxemaning Y chiqishi bilan AvaB kirishlari orasidagi bog’lanishlarni
Do'stlaringiz bilan baham: |