Raqamli texnologiyalar vazirligi toshkent axborot texnologiyalar unversteti qarshi filiali


 Bluetooth qurilmasi orqali boshqarish tizimi


Download 287.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/23
Sana19.06.2023
Hajmi287.53 Kb.
#1626881
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
MUXTOROV UMIDJON XUSHVAQT O‘G‘LI compressed

1.4. Bluetooth qurilmasi orqali boshqarish tizimi 
Bluetooth - bu 100 metrgacha bo’lgan masofada qurilmalar orasida simsiz 
ma’lumotlarni uzatish texnologiyasi. Bluetooth ishlab chiqarishga doir ishlar 
1994 yilda Ericsson telekommunikatsion jihozlar ishlab chiqaruvchisi tomonidan 
boshlangan. Oxir-oqibat Bluetooth 1998 yilda asos solingan Bluetooth Special 
Interest Group tomonidan ishlab chiqildi. Unga Ericsson, IBM, Intel, Toshiba va 
Nokia kompaniyalari kirdi. Keyinchalik u IEEE 802.15.1 xalqaro standartining bir 
qismiga aylandi. Bluetooth so’zining ildizi Daniyaga borib taqaladi, u "ko’k tish" 
degan ma’noni beradi. Bir-biriga qarshi bo’lgan Daniya qabilalarini yagona 
qirollikka birlashtirgan vikinglar qiroli Xarald I’ni shunday chaqirishgan. Umuman 
olganda, Bluetooth ham aloqa protokollarini bir universal standartga birlashtiradi. 
Hi-News Bluetooth qanday ishlashiga doir ma’lumotlari bilan bo’lishdi.
Bluetooth’ning ta’sir tamoyili radioto’lqinlardan foydalanishga asoslangan. 
Bluetooth ishga tushirilganda 2,4 GGts atrofidagi cheklangan chastota diapazonida 
ishlaydigan radio uzatgich faollashadi. Bu spektor qismi ISM - Industry deb 
ataladi, Science and Medicine - turli maishiy uskunalar va simsiz tarmoqlarda 
qo’llaniladi. Faollashuvdan so’ng radiouzatgich shu diapazondagi barcha 
signallarni kuzata boshlaydi. Ikkinchi qurilma ham xuddi shu ishni bajaradi. 
Qurilmalar bir-birini topganidan so’ng birinchisi uzatgich rolini o’z zimmasiga 
oladi, ikkinchisi esa priyomnikka aylanadi. Ma’lumotlar keng qamrovli to’siqlarga 
chidamlilikni ta’minlovchi maxsus FHSS algoritmidan uzatiladi. Mazkur 
algoritmga muvofiq, Bluetooth signali chastotasi soniyasiga 1600 marta o’zgaradi. 
Har bir ulanish uchun chastotalar orasidagi ketma-ketlik tasodifiy hisoblanadi va 
bu faqat har 625 mikrosoniyada sinxron ravishda bir chastotadan boshqasiga 
o’tadigan uzatgich hamda priyomnikka ma’lum. Shunday ekan, agar yoningizda 
uzatgichpriyomniklarning bir necha jufti ishlayotgan bo’lsa, ular bir-biriga xalaqit 


14 
bermaydi. Bu algoritm shuningdek uzatilayotgan ma’lumotlar himoya tizimining 
bir qismi hisoblanadi. Bluetooth’dan yo’llashdan avval ma’lumotlar maxsus 
bloklarga ajratiladi. Priyomnik protsessori paketlarni qayta ishlaydi, ulardan 
uzatiluvchi faylni yaratadi va uni qurilmaning doimiy xotirasiga joylaydi.
Raqamli ma’lumotlar va audiosignal uzatishda kodlashning turli sxemalari 
qo’llaniladi: audiosignal takrorlanmaydi, raqamli ma’lumotlar esa, ma’lumotlar 
paketi yo’qotilgan taqdirda takroran uzatiladi. Bugungi kunda Bluetooth’ning 
dolzarb versiyasi 5.0 spetsifikatsiyasi hisoblanadi. U o’tgan yilning iyunida 
Londonda namoyish qilingan bo’lib, oshirilgan ta’sir doirasi (bino ichida 40 
metrgacha va ko’chada 200 metrgacha) hamda 6,25 MBayt/s’ni tashkil qiluvchi 
ma’lumot yetkazish tezligi bilan ajralib turadi. Bluetooth 5.0 qator mobil 
qurilmalar, xususan iPhone 8 va iPhone X tomonidan qo’llabquvvatlanadi. 
Bluetooth simsiz texnologiyasidan foydalanish uchun qurilma mumkin bo’lgan 
ilovalarning ta’rifi bo’lgan va boshqa Bluetooth qurilmalari bilan aloqa qilish 
uchun Bluetooth-ni ishlatadigan qurilmalarning umumiy xatti-harakatlarini 
aniqlaydigan ba’zi bir Bluetooth rejimlarini izohlashi kerak.
Ushbu profillar parametrlashni sozlash va aloqani boshidan boshqarish uchun 
sozlamalarni o’z ichiga oladi. Profillarga rioya qilish ikki yo’nalishli aloqa 
samarali bo’lgunga qadar parametrlarni uzatish uchun vaqtni tejaydi. Turli xil 
dastur turlarini tavsiflovchi yoki qurilmalar uchun holatlardan foydalanadigan 
Bluetooth profillarining keng doirasi mavjud

Download 287.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling