Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlar - Andijon viloyatida “5 ta muhim tashabbus”ning 3-doirasida aholi, shu jumladan yoshlar uchun kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni o‘rgatishga mo‘ljallangan hamda zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan Andijon “Digital city” texnoparki tashkil etildi.
- Ta‘kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida doimiy ravishda ish olib bormoqda.
- Hususan, Andion viloyatida joriy yil yakuniga qadar 6 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazi, 2021 yil yakuniga qadar barcha shahar va tumanlarda jami 16 ta IT-Markazlar ochilishi rejalashtirilgan hamda yiliga 5 mingdan ziyod yoshlarni o‘qitish va axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi o‘qituvchilarning malakasini oshirish imkoniyati yaratiladi.
- 2020 yil yakuniga qadar viloyatdagi 764 o‘rta umumta‘lim maktablardagi 19,2 ming nafar 7-11 sinf o‘quvchilarini “Bir million dasturchilar” (“One Million Uzbek Coders”) loyihasi doirasida o‘qitish va o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga onlayn tizim (sirtqi) o‘qishga qabul qilish belgilangan.
- Ma’lumot uchun: Andijon viloyatida jami 3,1 million aholi mavjud. Shundan 8-30 gacha bo‘lgan yoshlar 1,2 million (39 foiz) tashkil etadi. Hozirda viloyat bo‘ylab 764 maktablarda axborot texnologiyalari yo‘nalishida 1 228 nafar o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda va maktablarda tashkil etilgan 711 ta to‘garaklarda 48,5 ming tinglovchi o‘qitildi.
“Sun’iy intellekt” texnologiyasi – qishloq xo‘jaligida. - Raqamli texnologiyalar eng katta yutug‘i — tashkiliy, moliyaviy va inson xarajatlarni tejash orqali iqtisodiy samaradorligini keskin ravishda oshirishga imkoniyat yaratishidir
- Andijon texnoparkida qishloq xo‘jaligi yerlarni sun’iy intellekt yordamida boshqarish bo‘yicha innovatsion loyiha amalga oshirilmoqda.
- Ushbu tajriba(pilot) loyiha qishloq xo‘jaligi yerlari va ularda yetishtiriladigan ekinlar xolatini sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalanish orqali tezkor va aniq baholash imkonini beradi.
- Ushbu loyihaning maqsadi “sun’iy intellekt” texnologiyalarini yordamida Andijon viloyati sharoiti uchun moslashtirish hamda qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining xolatini (sun’iy yo‘ldosh tasvirlari tahlili natijasida aniqlash orqali) ob’ektiv baholash hisoblanadi.
- Loyiha doirasida Andijon viloyatining jami 6 ta maydonlari tanlab olinib, vektor formatida “Monterra” onlayn platformasiga joylashtirildi. Shuningdek, yer egalariga uchun sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari yordamida ekinlar holatiga tegishli hulosalar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |