“Raqamli va axborot texnologiyalari” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi qabul qildi : shermatova. X tarmoqli texnologiyalari. Internet bayonnomalari Reja


Internet tarmog‘i vazifasi va undan foydalanish maqsadlari


Download 396.16 Kb.
bet11/15
Sana17.06.2023
Hajmi396.16 Kb.
#1534817
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
WORD MUSTAQIL TA\'LIM

Internet tarmog‘i vazifasi va undan foydalanish maqsadlari. Internet tarog‘inig vazifasi internet tarmog‘i abonetlariga veb-hujjatlarni o‘qish, elektron pochta, fayl uzatish va qabul qilish, muloqotda bo‘lish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash xizmatini ko‘rsatish. Internet tarmog‘idan axborotlarni almashish, masofaviy ta’lim olish, konferensiyalar o‘tkazish, veb-saytlarni tashkil etish, elektron pochtani joriy qilish, muloqot o‘rnatish va shu kabi maqsadlarida foydalaniladi.
Internet provayderlari va ularning vazifalari. Internet provayder – Internet tarmog‘i xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotdir. Hozirgi kunda Internet prvayderlarining ikki turi mavjud:
Internetga ulanish va ulanish kanallarini taqdim etuvchi provayder va Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder.
Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayderlar tomonidan www, elektron pochta, xosting (veb resurslarni joylashtirish) kabi Internet xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Internetga ulangan tarmoqlarni qurishda undagi kompyuterlarga beriladigan manzillar (IP manzil) provayder tomonidan taqdim etilgan oraliqdan tanlab olinadi.
Provayder tomonidan berilgan manzillarga ega bo‘lmagan kompyuterlar mahalliy tarmoqlar uchun zahiralangan oraliqdagi manzillarga ega bo‘lishi va mahalliy tarmoq kompyuterlar bilan ishlashi mumkin:
192.168.0.1 - 192.168.255.255
172.16.0.1 - 172.16.255.255
10.0.0.1 - 10.255.255.255
Xozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi bir qancha Internet provayderlari xizmat ko‘rsatmoqda, bular: UzNet, Sarkor Telecom, Sharq Telecom, TPS, ARS Inform, Cron Telecom va boshqalar.
Internet tarixi
Internet tarixini asrimizning 60 yillarida AQSh mudofaa vazirligida hisoblash tarmog’ining – ARPAnet ning paydo bo’lishi bilan bog’lashimiz mumkin. Bu tarmoq urush vaqtida harbiy operatsiyalarni hamda mamlakatni boshqarish uchun mo’ljallangan bo’lib, uning asosiy kontseptsiyasi quyidagidan iborat:
Tarmoqdagi har bir kompyuter bir – biridan mustaqil ravishda muloqatda bo’ladi, ular orasidagi aloqa mutlaqo ishonchsiz bo’lib, xoxlagan paytda buzilishi mumkin. (Misol uchun, bombordimon qilinganda). Bunda, birinchidan, butun bir tarmoqning ish qobiliyati saqlanib qoladi, ikkinchidan esa, sog’ qolgan kompyuter boshqa butun qolgan aloqa kanallari orqali tarmoqqa ulanishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, tarmoqning hamma uzellari bir – biridan ma’lum darajada mustaqil ishlashi kerak.
Shunday qilib, Internet ning asosiy printsipi – bu tarmoqdagi har bir uzel (kompyuter)ning shu uzel bilan bevosita bog’liq bo’lmagan tarmoq qismlaridagi buzilishlardan hamda nuqsonlardan mustaqilligidir [3].
Foydalanuvchining nuqtai nazaridan qaraganda, zamonaviy tarmoq – bu bir-biri bilan aloqa kanallari orqali ulangan yirik uzellarning to’plamidan iborat. Har bir uzel – ko’pincha UNIX operatsion sistemasi boshqaruvi ostida ishlovchi, bir yoki bir nechta qudratli server-kompyuterlardir. Ko’pincha bu kompyuterlarni bosh kompyuter yoki xost kompyuter (anglizcha “xost”– xo’jayin ) deb atashadi.
Bu uzelni uning egasi bo’lmish provayder deb ataluvchi tashkilot boshqaradi (ingl. “Provide”– ta’minlamoq so’zidan olingan). Ko’p hollarda alohida olingan tarmoqning nomi – bu uning provayderining nomi. Provayderlar ma’lum bir turdagi xizmatlar bilan ta’minlaydilar. Rossiyadagi ko’p taniqli provayderlardan biriga: GlasNet ni, Relkomni, Demosni, Sovam Teleport ni kiritishimiz mumkin. Chet eldagi eng yirik provayderlar bu– CompuServe va Amerika – Online hisoblanadi. Provayderlarning darajasi, ixtisosligi va boshqa omillariga qarab, kompaniyalarning xizmat turlari va xizmat xaqlari farqlanadi.
Shunday qilib Internet ga ulanish degani bu:
Modemga ega bo’lish va kompyuterga uni ulash;
Provayder bilan shartnoma tuzib, u bilan telefon tarmog’i yoki alohida boshqa aloqa kanali orqali muloqot o’rnatish demakdir;

Download 396.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling