Raqamli va tinish belgilarini yozish metodlari
O’quvchilar yozuvlarida uchraydigan xatolarni tuzatish yo’llari
Download 44.16 Kb.
|
Raqamli va tinish belgilarini yozish metodlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20- variant 1. Husnixatga o`rgatishning amaliy asoslari kursining maqsad va vazifalari. 2. Raqamlarni yozish metodikasi
3. O’quvchilar yozuvlarida uchraydigan xatolarni tuzatish yo’llari. Dastur talablariga muvofiq, to'rtinchi oxiriga kelib, har bir o'quvchi tez va chiroyli yozishi lozim. Ammo shunday o'quvchilar ham uchraydiki, ular yozuv malakasini to'la egallab olomaydilar, harflaming shaklini pala partish, katta-kichik qilib har xil yozadilar. O'quvchilar tomonidan noto'g'ri yozilgan harflarni tuzatish har bir predmet o'qituvchisining eng muhim va qiyin vazifalaridan biridir. Bu masalani ehtiyotlik bilan hal etish lozim. Kamchiliklarni tuzatishga kirishishdan oldin uning asosiy xatosi nimada ekanligini aniqlash zarur. O'quvchilarning yozuvlarida keng tarqalgan kamchiliklardan biri ayrim harflaming noto'g'ri ifodalanishi sababli xatning o'qib bo'lmasligidir. Ayrim o'quvchilar esa harflarni quyidagicha buzib, har xil balandlik va qiyalikda yozadilar: Men xat yozdim Bu o'z navbatida o'qishni qiyinlashtiradi, yozilgan matnni noaniqlikka olib keladi. Ayrim o'quvchilar esa har bir harfni alohida-alohida ajratib qo'l harakatini uzib yozadilar.
M e n x a t y o z d I m Harflarni bunday alohida yozish yozuv tezligini kamaytiradi, o'quvchi boshqa o'quvchilardan orqada qoladi. O'quvchilarda uchraydigan yana bir kamchilik haddan tashqari mayda yozuvdir: Men akamga xat yozdim Aksincha, ayrim o'quvchilar esa juda yirik yozadilar: Men xat yozdim Haddan tashqari mayda yozuv qo'lni charchatadi, o'qishni qiyinlashtiradi, yirik yozuv esa yozuv tezligini kamaytiradi va o'quvchi buning uchun ko'p vaqt sarflaydi. Shuning uchun o'quvchilarda uchraydigan ayrim tipik xatolarni o'z vaqtida, ya'ni harflarning shaklini yozishga o'rganayotgan vaqtda tuzatish lozim. Quyida o'quvchilarning yozuvlarida uchraydigan ayrim tipik xatolarni ko'rsatib o'tamiz. 1. Tagi ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi elementni yozishda siniq chiziq hosil qiladilar va quyidagicha tor yoki keng qilib yozadilar: Bunday xatolarni yo'qotish uchun shu element yozilishini qayta mashq qildirish lozim, chunki bu element ko'pchilik kichik harflar uchun asosiy element hisoblanadi. 2. Tagi va usti ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi elementni quyidagicha buzib yozadilar. Biz o'quvchilarning yozuvlarida uchraydigan ayrim tipik xatolar bo'lishini ko'rsatib o'tdik, bunday kamchiliklar bosh harflarda ham, kichik harflarda ham uchrashi mumkin. Bosh harflarda uchraydigan tipik xatolarni ham ona tili darslarida ko'rsatib, tanishtirib boorish mumkin. Harflarning shakli buzilishiga ishning to'g'ri tashkil etilmaganligi, yozuv qurollaridan to'g'ri foydalanmaslik ham sabab bo'ladi. Xati xunuk o'quvchi ko'pincha avtoruchkani noto'g'ri ushlaydi yoki o'zi noto'g'ri o'tiradi. Avtoruchkada siyohning yetarli bo'lmasligi yoki sharikli avtoruchkaning pastasi qotib qolishi ham yozuvning buzilishiga olib keladi. Ayrim hollarda o'quvchining ko'rish qobiliyati yaxshi bo'lmasa ham yozuv buzilishi mumkin. O'qituvchi o'quvchilarning yozuvlari buzilish sabablarini aniqlash bilan birga, uni bartaraf etish yo'llarini topishi kerak. Agar o'quvchilar harflaming shaklini butunlay noto'g'ri yozsalar yoki harflaming baland va qiyaligiga e'tibor bermasalar, bunday o'quvchilar bilan qaytadan mashqlar o'tkazish lozim. Qayta mashq o'tkazishda o'qituvchi o'quvchilarning diqqatini ko'proq butunlay uzib yoziladigan harflaming shakliga qaratish lozim. Yozuv malakasi past bo'lgan o'quvchilami ravon, tekis qilib yozishga o'rgatish, chamalash qobiliyatini o'stirish va harflarni umumiy qoidaga amal qilishga o'rgatiladi. Harflaming qiyaligini to'g'ri saqlashga o'rgatishda qo'l va barmoq muskullarining harakatini o'stiruvchi mashqlar muhim rol o'ynaydi. Yomon yozadigan o'quvchilarning har bir bajargan mashqlarini o'qituvchi kuzatib va tekshirib borishi zarur. Davr o'zgarishi bilan yozuv qurollari ham takomillashib bormoqda, ularga bo'lgan munosabatlar ham ozgarmoqda. Ayniqsa, soddalashtirilgan yozuv sistemasining tezligiga va harflarni qo'l harakatini uzmay bog'lab yozishga talab kuchayadi. Xalq maorifi sistemasini qayta qurish davrida maktablarimiz oldida chiroyli yozuvga o'rgatishni takomillashtirish borasida qator yechilmagan muammolar mavjud. Biz bu muammolarni mazkur qo'llanmada yoritishga harakat qildik. Olti yoshli bolalarga yozuv malakasini singdirish o'qituvchilardan chidam va mahorat talab etadi. Shuning uchun biz bu haqda kengroq to'xtalib, tayyorgarlik mashqlarini o'tkazish uchun aniq ko'rsatmalar berdik. Bu davrda chiroyli yozuvga o'rgatishning murakkabligini hisobga olib, yozuv malakasini shakllanishida asosiy rol o'ynovchi yordamchi qiya chiziqlarni saqlab qoldik. Faqat ikkinchi sinfdan boshlab bir chiziqli daftarga yozdirib mashq qildirish mumkin. Chiroyli yozuv qoidalarini eslatib turish bilan bir qatorda, uni bir rejimga tushirib olish har bir o'qituvchining muhim vazifasidir. Agar maktabda yozuv rejimi to'g'ri tashkil etilsa, o'quvchilarning chiroyli yozuv malakalari bir umirga saqlanib qoladi.Buning uchun boshlang'ich sinf o'qtuvchisi o'quvchilardan hosil qilgan chiroyli yozuv malakasini yuqori sinflarda har bir fan o'qtuvchisi eslatib turishi lozim. Aks holda, ular boshlang'ich sinfda olgan chiroyli yozuv malakasini unitib yuboradilar. O'quvchilarga uchraydigan kamchililarni yo'qotish uchun o'qituvchi harflarni to'g'ri yozilishiga alohida e'tibor berishi, daftarni baholash vaqtida noto'g'ri yozilgan harflarni ham hisobga olish lozim. Qaysi harfni buzib yozganligini aniq ko'rsatib o'tishi kerak. 20- variant 1. Husnixatga o`rgatishning amaliy asoslari kursining maqsad va vazifalari. 2. Raqamlarni yozish metodikasi 3. 3-4-sinflarda husnixat darslarini tashkil etish talablari. Download 44.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling