Raqamlsh a X borotlarni qayta ishlash ustasi
Download 152 Kb.
|
G
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuqoridagi masalalar yuzasidan yig’lish qaror qiladi
G’allaorol tuman 2-son kasb-hunar maktabi “Raqamlsh axborotlarni qayta ishlash ustasi” kasbi 20-guruh o’quvchilari umumiy yig’ilishining BAYONNOMASI № 22.12.2022 yil G’allaorol shahri Qatnashdi Kasb-hunar maktabi direktor X.S.Fayzullayev guruh murabbiyi Esirgapzoda G‘. va 25 nafar 20 -guruh o’quvchilari qatnashdi. Rais X.S.Fayzullayev Kotib Esirgapzoda G‘. KUN TARTIBI 1. O‘quvchilar davomati. 2. O‘quvchilarning qishki ta’tilni mazmunli o‘tkazishi to‘g‘risida. Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan kasb-hunar maktabi direktori X.S.Fayzullayev so’zga chiqib 20-guruh o‘quvchilarining kunlik davomati tahlilini ko‘rib chiqib, o‘quvchilarning darsga qatnashish davomatidagi Baxromov S, Jo’rayev J, Xamidov N.larning darslarga muntazam ravishda sababsiz qatnashmaganligi, darsga kelmaslik sabablarini o‘rganish, ularga darsga kelmaganligi uchun ogohlatirish xatlari taqdim etish, ota-onalari bilan suhbat o‘tkazib tushuntirish xatlari olish kerakligi to‘g‘risida gapirib guruh rahbariga topshiriq berdi. Guruh rahbariga berilgan topshiritq bo‘yicha bajargan ishlari to‘g‘risida axborot berish, o‘quvchilarni darsga ta’minlash to‘g‘risida aytib o‘tdi. Kunning ikkinchi masalasi yuzasidan kasb-hunar maktabi X.S Fayzullayev so’zga chiqib o‘quvchilarning qishki ta’til davrida har kuni guruh murabiyi Esirgapzoda G‘. bilan aloqa bo‘lish muntazam sport mashg‘ulotlariga, qo‘shimcha dars mashg‘ulotlariga jadval asosida ishtirok etishini ta’minlash, peretexnika vositalari savdosi bilan shug’ullanmaslik, olib yurish, uning salbiy oqibatlari haqida , perotexnika vositalarining inson hayoti uchun xavfli ekanligi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha gapirib o‘tdi. Hozirda zamon shiddat bilan rivojlanib borayotganligi bundan xabardor bo‘lib, yaxshi maqsadlar yo‘lida olg‘a yurib, yaxshi bilim va ko‘nikmalarni olish zarurligi haqida gapirib, uzoqdan qatnab o‘qiydigan o‘quvchilar ota-onasi bilan uzluksiz muloqot qilish kerakligi to‘g‘risida gapirib o‘tib, o‘quvchilarni ota-onalari va o‘zlarini yangi 2023 yil bilan qizg‘in tabriklash, ularni har doim nazorat qilib tur kerakligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Yuqoridagi masalalar yuzasidan yig’lish qaror qiladi: 1. I bosqich 20-guruh o’quvchilarini davomatini yaxshilash, darsga sababsiz qatnashmayotgan o‘quvchilar ota-onalari bilan uchrashib ogohlantirish xatlari berish va bajarilgan ishlar bo‘yicha axborot berish 20-guruh murabbiyi Esirgapzoda G‘. zimmasiga yuklatilsin. 2. O‘quvchilarning qishki ta’til davrini mazmunli o‘tkazishlari uchun sport to‘garaklari, fan to‘garaklariga muntazam qatnashishlarini nazorat qilish 20-guruh murabbiyi Esirgapzoda G‘ zimmasiga nazorati YoIBDO‘ J.O‘sarov zimmasiga yuklatilsin. 3. Perotexnika vositalar savdosi bilan shug‘ullanmaslik, olib yurish, uning salbiy oqibatarga olib kelishiini oldini olish maqsadida o‘quvchilarni qat’iy nazoratga olinsin, nazorati guruh rahbari Esirgapzoda G‘. zimmasiga yuklatilsin. nazorati YoIBDO‘ J.O‘sarov zimmasiga yuklatilsin. Rais: X.S.Fayzullayev Kotib : Esirgapzoda G‘ Download 152 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling