Raqobat nazariyasi


Raqobatbardoshlik: Mazmuni va shakllari


Download 53.91 Kb.
bet4/5
Sana07.11.2023
Hajmi53.91 Kb.
#1753004
1   2   3   4   5
Bog'liq
Рақобат курашининг замонавий шакллари

3.Raqobatbardoshlik: Mazmuni va shakllari.
Ularning asosiy va ko’p qo’llaniladigan ko’rinishi - “ narxlar jangi ” deb ataladiki , bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqb chiqarish uchun narxni vaqti - vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi . Bu usulni qo’llash uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblarga qaraganda unumliroq texnologiyani kiritishi , mukammalroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi kerak bo’ladi . Faqat shundagina uning tovarining individual qiymati bozor qiymatidan past bo’lib , mazkur tovar narxini tushurish imkonini beradi. Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri - demping narxlarini qo’llashdir . Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o’zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan , ayrim hollarda tannarxidan ham past bo’lgan narxlarda sotiladi. Shu orqali ular ichki bzorda narxlarning barqarorligiga erishish mamlakatdagi ortiqcha mahsulotlarni yo’qotish , yangi bozorga kirb olish va unda o’zlarining iqtisodiy mavqeyini mustahkamlashga harakat qiladi. Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning belgilangan narxlardan chegirma qilish , asosiy xarid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarni qo’shib berish , muayyan hollarda imtiyozli narxlarni belgilash kabi usullardan ham foydalanadi. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx yordamida raqobat qilish o’z o’rniga ega emas , chunki ishlab chiqaruvchilardan biring o’z mahsulotiga narxni pasaytirshi uning raqobatchilarining ham shunday haqorat qilishini taqozo qiladi . Bu bozorda firmalarning mavqeini o’zgartirmaydi , faqat tarmoq bo’yicha foydani kamaytiradi.
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki , bunda raqobat kurashining asosiy omili tovarlarning narxi emas , balki uning sifati , servis xizmat ko’rsatish ishlab chiqaruvchi firmaning obro’ – e’tibori hisoblanadi .
Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham bo’lishi mumkin. Buning uchun yangi tovarlarning sifati oshishi va iste’mol xususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro’y berishi kerak . Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotning ko’payishi ularning sotishni rag’batlantiruvchi reklama , tovar belgilari va fabrika muhrlaridan foydalanishni keltirib chiqarmoqda . Iste’molchilik bozorida qo’shimcha xizmat ko’rsatish orqali xaidorlarni o’ziga jalb qilish keng tarqalmoqda. Narx raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki , bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirish va turga mansub bo’lishi , lekin turli tuman iste’mol xossalariga ega bo’lish mumkin .
Tovarlar talabga nisbatan ortiqcha bo‘lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar tovarlarini kreditga sotish usulidan foydalanib raqiblaridan ustun kelishlari mumkin. Bunda dastlab tovar narxining faqat bir qismi to‘lanadi, uning qolgan qismi esa shartnomada kelishilgan aniq muddatlarda to‘lanadi. Fan- texnika taraqqiyoti avj olgan hozirgi sharoitda, texnika va texnologiyaning eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish uchun kurash raqobatning asosiy usullaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi korxonalar haridorlarni jalb qilish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan iste’molchilik tovarlariga kafolatli va kafolatdan keying xizmat ko‘rsatishni amalga oshirmoqdalar. Masalan, kompyuter ishlab chiqaruvchi firma, o‘z mahsulotini sotibgina qolmasdan, balki uni o‘rnatadi, korxona xodimlarini ulardan foydalanishga o‘rgatadi, kafolatlangan muddatda va undan keying davrda ta’mir ishlarini bajaradi, texnikaviy xizmatni amalga oshiradi; mahsulotlari o‘lchamlarini buyurtmachi ehtiyojlariga yaqinlashtiradi. Narxsiz raqobat usullari ichida marketing muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar tizimidan iborat. Mamlakatning raqobatbardoshligi erkin va halol raqobat sharoitida mamlakatning jahon bozori talablarini qondiruvchi tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish qobiliyati sifatida ta'riflash mumkin. Mamlakatning raqobatbardoshlik ko‘rsatkichi, birinchi galda mamlakatning jahon bozoridagi mavqeyini tavsiflovchi , shuningdek , tovar va tovar ishlab chiqaruvchining hamda tarmoqning raqobatbardoshligini birlashtiruvchi umumiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Firmaning raqobatbardoshligini baholash. Iqtisodiyotni globallashtirish va baynalmilallashtirish davrida uning samaradorligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot talabgirligining yagona mezoni bo‘lib , raqobatbardoshlik hisoblanadi . Hozirgi vaqtda “ raqobatbardoshlik ” tushunchasining yagona ta’ rifi mavjud emas. Ushbu tushuncha talqinlarining ko‘p bo‘Iishi ehtimolini belgilab beruvchi asosiy omillar - bu iqtisodchilarning turli xil boshlang‘ich pozitsiyalari hamda ishlab chiqaruvchi sifatida faqat alohida korxona, tarmoq yoki butun iqtisodiyotning ko‘rib chiqilishi. Raqobatbardoshlik - nisbiy tushuncha , chunki bir turdagi bozorlarda muvaffaqiyatli raqobatlashuvchi tovar boshqa bozorlarda , umuman , raqobatbardosh bo‘lmaydi. Bu hol tashqi va ichki bozorlarda raqobatbardoshlikni chegaralash zaruratini keltirib chiqaradi . Shunday qilib, raqobatbardoshlik sohasida umumiy konsepsiyani shakllantirish uchun mazkur holatning barcha tomonlarini hisobga olish lozim. Biroq qator mamlakatlar tajribasiga ko‘ra , ichki bozordagi raqobat xalqaro raqobatning asosi hisoblanadi . Raqobat munosabatlari uchta bosqichda amalga oshiriladi : - mahsulot , ishlab chiqarish va korxonaning muayyan mikro turlari ; - mezotarmoqlar , korxonalar –ning tarmoq koorporativ birlashmalari va gorizontal integratsiyalashgan firmalar ; - tarmoqlararo integratsiyalashgan makroiqtisodiy majmualar . Har qanday sanoat firmasi , har qanday tovar ishlab chiqaruvchi u tashkil etilgan vaqtdan boshlab va butun faoliyati davomida o‘zi uchun zarur bo’lgan raqobatbardoshlik muammolarini hal etishiga to‘g‘ri keladi .


Download 53.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling