2023-yil 22-noyabr kuni
Xalqaro Nordik Universitetida “Raqobatbardosh kadrlar
tayyorlashda fan – ta’lim – ishlab chiqarish integratsiyasini takomillashtirish istiqbollari”
mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Konferensiyaning ilmiy yo‘nalishlari:
➢ Ta’lim sifatini ta’minlashda ilg‘or
xorijiy metodikalar;
➢ Inklyuziv ta’lim: zarurat, tendensiya,
istiqbol;
➢ Mutaxassislik fanlarni o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalari;
➢ Mustaqil ta’limni tashkil etishning ilmiy-innovatsion yechimlari;
➢ Iqtisodiyot sohalarida mutaxasislar tayyorlashning ta’lim, fan va ishlab
chiqarish integratsiyasi;
➢ Iqtisodiyot va ta’lim uzviyligi taraqqiyot omili: muammolar va yechimlar.
Maqolalarga qo‘yiladigan talablar:
Maqola
hajmi:
12
betdan
oshmasligi;
matn
redaktori:
MS
Word;
qog‘oz o‘lchami: A4 (21x29,7 sm)
shrifti: Times New Roman,
asosiy matn o‘lchami 12 kegl;
q
atorlar oralig‘i (interval): 1.
Asosiy matn boshlanishdan avval 0 pt, tugagandan so‘ng 3 pt.
Jadval va chizmalarning nomlanishi: boshlanishdan avval 6 pt, tugatilgandan keyin 3 pt; jadval
va chizmalar
ostidagi manbaning joylashuvi: boshlanishdan avval 3 pt, tugagandan so‘ng 3 pt.
Hoshiyalar (chegaralar): yuqoridan 2,0 sm, pastdan 2,0 sm, chapdan 2,0, o‘ngdan 2,0 sm.
Sahifa (bet) raqamlari: toq raqamlar pastki chap burchakda, juft raqamlar pastki o‘ng burchakda
aks etishi lozim.
Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz va fin tillarida taqdim etiladi va u quyidagi tartibda tuziladi:
sarlavha, annotasiya, kalit so‘zlar, kirish, asosiy qism (metodologiya,
tahlillar, natijalar) xulosa va
adabiyotlar ro‘yxati.