Raqobatlashgan bozorda qisqa muddatli oraliqda firma foydasini maksimallashtirish va uning taklifi reja: Qisqa muddatli oraliqda raqobatlashuvchi firma foydasini maksimallash-tirish va uning taklif chizig`i


-rasm. Raqobatlashgan bozorda, qisqa muddatli oraliqda


Download 406.16 Kb.
bet7/7
Sana12.03.2023
Hajmi406.16 Kb.
#1264037
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-mavzu. Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot

10.9-rasm. Raqobatlashgan bozorda, qisqa muddatli oraliqda
tarmoq muvozanati.
Firmaning tarmoqdagi ulushi uning chekli xarajatini, muvozanat narx bilan teng bo`lishini ta`minlaydigan ishlab chiqarish hajmi bilan aniqlanadi, ya`ni .
Shunday qilib, raqobatlashgan bozorda qisqa muddatli oraliqda faoliyat ko`rsatayotgan firma (narx bozor tomonidan belgilanib o`zgarmaganda, talab chizig`i gorizontal bo`lganda) muvozanat narx ishlab chiqarish hajmining barcha qiymatlarida quyidagi shartni qanoatlantirsa:
, (11)
firma o`z foydasini maksimallashtiradi (12.10-rasm)





10.10-rasm. Firma foydasini maksimallashtirish sharti
(E muvozanat nuqta), S korxona taklifi.
Agar bozordagi muvozanat narx umumiy o`rtacha xarajatdan yuqori bo`lsa, firma normal foydadan tashqari ortiqcha foyda ham oladi.
Agar bozor muvozanati narxi bo`lganda va talab chizig`i taklif chizig`ini va chiziqlari o`rtasida kesib o`tsa, ya`ni (12.11- rasm)
,
bo`lsa, firma o`z yo`qotishlarini (zararini) minimallashtiradi.

10.11-rasm. Firma zararini minimallashtiradigan hol.


Bunday holda firma ishchi kuchidan, kapitaldan unumli foydalanishga harakat qiladi va boshqa xarajatlarni ham imkon boricha qisqartiradi.


Bordi-yu muvozanat narx firmaning o`rtacha o`zgaruvchan xarajatidan, har qanday ishlab chiqarish hajmida past bo`lsa, ya`ni , firma o`z faoliyatini to`xtatadi.
Tayanch iboralar
Mukammal raqobatlashgan bozor, umumiy, chekli va o`rtacha daromadlar, firma foydasi, firmaning muvozanat holati, firmaning zararsiz ishlash nuqtasi, firmaning yopilish nuqtasi, firmaning qisqa muddatli oraliqdagi taklifi.


Takrorlash uchun savollar

1. Mukammal raqobatlashgan bozorning asosiy shartlari nimalar?


2. Raqobatlashgan bozorda firmaning talab chizig`i qanday ko`rinishga ega?
3. Raqobatlashgan bozorda firmaning muvozanat holati qanday aniqlanadi?
4.Firmaning qisqa muddatli oraliqdagi taklif chizig`i grafigini tushuntirib bering.


Tavsiya etiladigan adabiyotlar


1. Ғуломов С.С., Алимов Р.Х, Салимов Б.Т., Ходиев Б.Ю., Ишназаров А.И. Микроиқтисодиёт: Дарслик.-Т.:Шарқ–МАТБАА АК бош тахририяти, 2001 й.


2. Низомов А.Б., Намозова Н.Ж., Амонов Ў.Н. Микроиқтисод. Ўқув қўлланма -Т.: Абу Али ибн Сино номидаги тиббиёт нашриёти, 2003 й.
3. Salimov B.T., Muxitdinova U.I., Mustafaqulov Sh.I., Salimov B. B. Mikroiqtisodiyot. Darslik. - T.: O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg`armasi nashriyoti. 2005 y.
4. Нуреев Р.М. Курс микроэкономики. Учебник. Москва. Норма-2007 г.
Download 406.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling