Raqobatlashmagan bozor sharoitida monopol narx belgilash va bozor xokimiyati


Monopol hokimiyat va jamiyat farovonligi


Download 266.4 Kb.
bet6/8
Sana25.10.2023
Hajmi266.4 Kb.
#1719311
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
RAQOBATLASHMAGAN BOZOR SHAROITIDA MONOPOL NARX BELGILASH VA BOZOR XOKIMIYATI.

Monopol hokimiyat va jamiyat farovonligi

Monopol hokimiyatda narx chekli xarajatdan yuqori bo‘ladi. Monopol hokimiyatda narx oshadi, ishlab chiqarish hajmi kamayadi, natijada bu firmaning daromadini oshishiga va iste’molchilar turmush darajasining pasayishiga olib kelishi mumkin.


Raqobatlashgan bozordagi ishlab chiqaruvchilar va monopol ishlab chiqarishning chekli xarajatlari bir xil deb faraz qilaylik. 10.3-rasmda monopolistning o‘rtacha va chekli daromadlar chiziqlari va chekli xarajatlari chiziQi ko‘rsatilgan.
Ma’lumki, monopolist o‘z foydasini bo‘lishini ( nuqta) ta’minlaydigan ishlab chiqarish hajmida maksimallashtiradi. Monopolistning optimal ishlab chiqarish hajmi ga va u belgilaydigan narx ga teng. Raqobatlashgan bozorda bo‘lgandagi ishlab chiqarish hajmi maksimal foydani ta’minlaydi va talab chiziQi (10.3-rasmda bu o‘rtacha daromad chiziQi) bilan taklif chiziQi (10.3-rasmda chiziQi) kesishgan nuqta da muvozanat narx va muvozanat ishlab chiqarish hajmi aniqlanadi.
Monopol narxda iste’molchilar kamroq mahsulot sotib oladilar. Mahsulotni monopol narxda sotib olgan xaridorlar o‘zlarining iste’mol ortiqchasining ma’lum qismini yo‘qotadi, bu yo‘qotish 10.3-rasmda to‘Qri to‘rtburchak yuzasiga teng. Mahsulotni narxda sotib olishni xohlagan, lekin narxda sotib olaolmagan iste’molchilar ham, iste’mol ortiqchasining qismini yo‘qotadi, 10.3-rasmda bu yo‘qotish uchburchak yuzasiga teng. Iste’molchilarning iste’mol ortiqchasining umumiy yo‘qotishi to‘rtburchak yuzi bilan uchburchak yuzi yiQindisiga teng. Ishlab chiqaruvchi esa mahsulotni yuqori narxda sotib to‘rtburchak yuzi bilan ifodalangan foydani oladi, ammo, shu bilan birga u ishlab chiqarish ortiqchasining uchburchak yuzasiga teng bo‘lgan qismini yo‘qotadi, ya’ni u qo‘shimcha birlik mahsulot ishlab chiqarib, uni narxda sotib olish mumkin bo‘lgan qo‘shimcha foydasini yo‘qotadi.
SHunday qilib, ishlab chiqaruvchining umumiy foydasi to‘rt to‘rtburchak yuzidan, uchburchak yuzasini ayirmasiga teng. Endi ishlab chiqaruvchining umumiy foydasidan iste’molchi yo‘qotgan iste’mol ortiqchasini ayirsak uchburchak yuzasiga teng bo‘lgan sof yo‘qotishni olamiz. Bu sof yo‘qotish, monopol hokimiyatidan kelib chiqadi.
uchburchak yuzasiga teng sof yo‘qotish monopoliyaning «o‘lik yuki» bo‘lib, u jamiyatning yo‘qotishi yoki jamiyatning monopoliyadan ko‘radigan zararini ifodalaydi.
Monopol firma o‘z monopoliyasini saqlab qolish uchun, boshqa firmalarni tarmoqga kirishga to‘siqlar yaratish uchun yana xarajatlar qilsa, u bu bilan jamiyat yo‘qotishlarini yanada oshirishi mumkin.



Download 266.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling