Raqobatli axborot tizimini yaratish Reja
To’plangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash
Download 22.49 Kb.
|
14-mavzu
3.4. To’plangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash
Marketing tadqiqotlari jarayonida olingan ma’lumotlar qayta ishlanishi, umumlashtirilishi kerak. Bunda 3 soha ajratiladi: tartibga solish; masshtablashtirish; umumlashtirish va tahlil qilish. Ma’lumotlarni tartibga solish ma’lumotlarni kategoriya bo’yicha, ularni tahrirlash va natijalarni kodlashtirish, shuningdek ularni toifalashtirishdan iborat. Kategoriya bo’yicha ma’lumotlarni tartibga solish oldindan berilgan shartli sinf yoki zonalar bo’yicha amalga oshiriladi. Tahrirlash deganda ishlash imkoniyati ko’rinishga ega bo’lgan ma’lumotlarni ko’rib chiqish tushuniladi. Ko’rib chiqilgan materiallar ma’lumotlarini jalval ko’rinishila ko’rsatish ularni tabullashtirishni bildiradi. SHkalalashtirish aniq o’lchamlari orqali aniqlash asosida ma’lumotlarni klassifikatsiyalashni bildiradi. Amaliyotda nominal shkala, tartibli shkala va son shkalalari qo’llaniladi. Axborotlarni qayta ishlash uchun yozma va tahliliy uslublar ishlatiladi. Marketingda tahliliy uslublar ichida ko’proq: trend tizimi, regressiya va korrelyatsiya uslubi, diskriminant tahlil, klaster tahlili, omillar tahlili va boshqalar qo’llaniladi. Axborotni qayta ishlash, hisoblash va boshqarish uchun tayyorlash mashina texnikasi vositasi yordamida amlaga oshiriladi. Bajariladigan hisoblarning aniq va operativligiga qo’yiladigan talablarga qarab, shuningdek, ularning xarakteriga ko’ra hisoblash jadvallari va monogrammalar, hisoblash asboblari, hisoblash mashinalari, kompьyuterlar ishlatiladi. Marketing tizimi - bu qo’yilgan maqsadlarga erishish va maqsadli bozor talabini qondirish uchun marketing qismlarining aniq birikuvidir. Tarkib o’zida to’rtta asosiy qism – mahsulot yoki xizmat, narx, taqsimot va siljitishlarni birlashtiradi. Tovar va xizmatlarni olganda bozorga nima tavsiya yetilishi sifat darajasi, sotish hajmi, kompaniyaning innovatsion darajasi, ulchovning holati, alohida shartlar tadqiqotlarning hajmi va muddatlari mavjud mahsulotni sotishni to’xtatish paytini aniqlab olish kerak. Marketing tizimi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar, sub’ektlar yig’indisidan iboratdir. Marketing tizimi o’z tarkibiga turli elementlarni qamrab oladi: ta’minotchilar; raqobatchilar; vositachilar; iste’molchilar (bozor); firma (kompaniya). Marketing tizimini shakllantirish va amal qilishi aniq urab to’rgan muhit ta’sirida olib boriladi. Bu muhitga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, demografik va ekologik omillar kiradi. Ta’minotchilar – alohida olingan tashkilot, uyushma, shaxslar yig’indisidan tarkib topib, firmani moddiy, moliyaviy va mahsulot resurslari bilan ta’minlaydi. Raqobatchilar – istak bo’yicha, safdosh tovar bo’yicha, tovar turi bo’yicha, tovar markasi bo’yicha turkumlanadi. Marketing bo’yicha vositachilar – tashkilot uchun uning tovarlarini mijozlarga yetkazish, sotish, aloqa o’rnatish bo’yicha yordam ko’rsatuvchilardir. Vositachilar – savdo, logistik, marketing va moliyaviy vositachilarga bo’linadi. Savdo vositachilari - ulgurji va chakana savdogarlardir. Logistika vositachilari – ombor tizimi xizmatlarida tovar va oqim holatlarini transportirovka qilish bilan shug’ullanish. Moliyaviy vositachilar – bank, kredit, sug’urta va boshqa moliyaviy xizmatlarni amalga oshiradi. Iste’molchilar – firmalar, alohida fizik shaxslar yoki ularni potentsial guruhi bo’lib, ular bozorda mavjud bo’lgan tovar va xizmatlarni olishga tayyor. Iste’molchi – bozor kiroli, marketing vazifasi doimo iste’molchini xulq-atvorini o’rganish, uni ehtiyojini firma mahsulotiga bo’lgan munosabatini o’rganish, tahlil qilishdan iborat. Firma, marketing va bozor munosabatlari bir-biriga o’zaro ta’sir o’tkazib, dialektik bog’liqlikda harakatlanib boradi. Firma yangi texnologik jarayonlarni egallashga, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga faqat bozordagi munosabatlar sabab bo’ladi. Marketing tarkibini ishlab chiqishda bosh masala uning bir butunligi, maqsadga erishishda muvaffaqiyatni ta’minlovchi barcha omillarning o’zaro aloqasidir. Marketing iqtisodiy kategoriya sifatida g’oyasi serqirradir. Uning tarkibi yoki faoliyat sohalarida quyidagicha: - ishlab chiqarish vositalari marketingi; - iste’mol tovarlari marketingi, - xizmat ko’rsatish marketingi, singari turlarini ko’rsatish mumkin. Buning har birining faoliyatida umumiy tamoyillar va vazifalar saqlanib qoladi, ammo bu yo’nalishlarning har biri o’ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. Ishlab chiqarish vositalari marketingi birinchi navbatda ishlab chiqarish talablarini hisobga olishga asoslanadi. SHu sababli maqsadga muvofiqlik maqbullik kat’iy uyg’unlik eng birinchi o’rinda turadi. Iste’mol tovarlari marketingi xilma xil talab va didga ega bo’lgan iste’molchilarning keng doiralari bilan bog’liq. Bu sohada iste’molchi fe’l atvorining tub mohiyatini o’rganishga katta e’tibor beriladi. Xususan iste’molchilarni guruhlash, reklama, mahsulot sotishni uyushtirish, bularning barchasi iste’mol tovarlari bozorida marketing faoliyatining asosiy masalalari hisoblanadi. Masalan, do’konlarda o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish tamoyillari iste’mol tovarlari marketingi samarasi. Iste’mol tovarlari xizmati marketingi ishlab chiqaruvchi bilan iste’mol o’rtasida bevosita aloqaning mavjudligi bilan ajralib turadi. Xizmatlarning ko’pchilik qismi kompleks xarakterga ega. Masalan, mehmonxonalar, jamoat ovqat joylari, yekskursion xizmat, yedgorlik mollari sotish va xaqozolar paydo bo’lishi yalpi turistik mahsulot tushunchasi bilan bevosita bog’liqdir. SHu sababli ko’rsatish sohasida marketing juda katta yo’nalishga ega. Marketingning tarkibiy tuzilishi haqida fikr yuritilganda uning tarkibida mikromarketing, mikromarketing turlari mavjudligini alohida ta’kidlash zarur. Bu tushunchalarni fanga birinchi marta F.Kotler 1972 yilda kiritdi va ularni xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanadigan tashkilotlar bilan bir qatorda foyda olish bilan bog’liq bo’lmagan madaniyat, ijtimoiy, siyosiy va shunga o’xshash tashkilotlarga nisbatan ham qo’lladi. Mikromarketing - korxonaning ishlab chiqarishni shakllantirish, tovarlar va xizmatlarning tayyorlovchidan iste’molchi yoki foydalanuvchiga borish oqimini boshqarish bilan bog’liq bo’lgan faoliyatdir. Uning asosiy vazifasi talabni qondirish va ayni paytda korxona oldiga qo’ygan maqsadlarga erishishdir. Boshqacha aytganda bu ijtimoiy iqtisodiy jarayon bo’lib, mahsulot yoki xizmatlarga bo’lajak talab tarkibini o’rganish, shuningdek bu talabni, taklifni shakllantirish iste’molchiga axborot berish yo’llari bilan qondirish maqsadini ko’zlaydi. SHunday qilib, mikromarketing korxona darajasidagi bozor faoliyatidan iboratdir. Makromarketing faoliyati korxona darajasidan chetga chiqadi va turli birlashmalar, kontseptsiyalar, uyushmalar va umuman tarmoq darajasida amalga oshiriladi. Yanada kengroq ma’noda makromarketing tushunchasi mamlakatning jami xo’jaligi mikesida mahsulotlarni yaratish va uning pirovard iste’molchisi tomon ko’chish harakati hayotiy jarayonda qatnashadigan faoliyati va muassasalarni birlashtiradigan tizimdir. Bu tizim barcha ishlab chiqarish savdo, transport, reklama axborot va boshqa marketing vazifalarini bajaradigan korxona va xizmatlarni qamrab oladi. Makromarketingning vazifasi-butun mamlakat bo’yicha moddiy boyliklar va xizmatlar oqimini boshqarishni tartibga solishdan iborat. Download 22.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling