Raqobatli strategiyalar
Download 173.53 Kb.
|
Raqobatli strategiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Raqobat va raqobatbardoshlik tushunchalariga ilmiy yondoshuvlar
RAQOBATLI STRATEGIYALAR Reja: 1. Raqobat va raqobatbardoshlik tushunchalariga ilmiy yondoshuvlar 2. Tovar va korxona raqobatbardoshligi 3. Raqobat strategiyasining asosiy variantlari 4. Raqobat muhiti holatini baholash mezonlari va asosiy ko’rsatkichlarini aniqlash usuli 1. Raqobat va raqobatbardoshlik tushunchalariga ilmiy yondoshuvlar Har qanday korxona faoliyatining muvaffaqiyati uning bozorga chiqarayotgan tovarining raqobatbardoshligiga bog‘liqdir. Yuqorida aytib o‘tilganidek, bugungi kunda raqobat va raqobatbardoshlik to‘g‘risida va unga berilgan ta’riflarni ko‘plab ilmiy ishlanmalarda uchratish mumkin. A.Marshal «Raqobat-qat’iy ravishda bir odamning ikkinchisi bilan biron narsani sotishda yoki sotib olishdagi o‘zaro musobaqalashuvidir» deb nisbat bergan edi. U odam deganda bozorda uz ehtiyojini kondirish uchun harakat kilayotgan ratsional sub’ektni izoxlagan. Umuman, raqobat ta’rifiga uchta yo‘nalishda yondashish mumkin. Birinchi yondoshuvda, raqobat - bu bozordagi musobaqa deb qaralsa, ikkinchi yondoshuvda raqobat - talab va taklifni muvozanatlovchi bozor mexanizmining elementi kabi izohlanadi. Mazkur yondoshuv klassik iqtisodiy nazariyaga mansubdir. Uchinchi yondoshuv, zamonaviy bozor morfologiyasi nazariyasiga asoslangan bo‘lib, raqobat - bozor tarmoqlarining tilini aniqlaydigan mezon ekanligini e’tirof etadi. Birinchi yondoshuv raqobatni qandaydir faoliyatda yaxshi natijalarga erishish uchun kurash tushunchasiga tayanadi. Raqobat qaysi jihatdan olib qaralmasin, uning asosida iqtisodiy sub’ektlarning o‘zaro kurashi yotadi. Shunga ko‘ra raqobatda ko‘plab ta’riflar berish mumkin. Ular quyidagi xo‘jalik sub’ektlari va tadbirkorlarning bir-birining imkoniyatlarini samarali cheklash orqali muayyan bozorda tovar aylanishining umumiy sharoitlariga ta’sir o‘tkazadigan, iste’molchi uchun zarur bo‘lgan tovarlarni yetkazib berishni raqbatlantiruvchi musobaqadir. - raqobat monopol bo‘lmagan bozordagi kurash; - ikki va undan ortiq xo‘jalik yurituvchi iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi raqiblik yuqori ko‘rsatkichga erishish kabi yagona maqsadni ko‘zlagan holda raqibni siqib chiqishga yoki ularni quvib o‘tishga qaratilgan raqiblik. - raqobat teng imkoniyatlarga ega bo‘lgan raqiblarning tadbirkorlar va uddaburon bo‘lgan tomonning iqtisodiy halol g‘alaba qilishi; - raqobat bozor xo‘jaligi ishtirokchilari o‘rtasida tovar ishlab chiqarish va sotish uchun yaxshi imkoniyat hamda sharoitlarga ega bo‘lishdir; - raqobat tovar va xizmatlar yaratuvchilarning maksimal foydani yoki boshqa maqsadlarini ta’minlovchi bozor ulushi uchun kurashidir. Klassik iqtisodiyot nazariyasida raqobat bozor mexanizmining ajralmas qismi sifatida e’tirof etiladi. A.Smit raqobatni sotuvchilar va sotib oluvchilarning manfaatga erishishlari uchun bir-biri bilan o‘zaro kurash bilan bog‘liq individual faoliyat sifatida talqin etadi. Raqobat bozor ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi «ko‘rinmas quldir» deb ta’riflaydi. Raqobat tom ma’noda talab va taklifning o‘zaro birikishidir. Raqobat kurashi ma’lum bir tizimga ega emas, shunga qaramasdan u bozor ishtirokchilarining aniq ifodalangan strategiyalariga asoslangan va bu strategiya ularni bozordagi manfaatlarini ximoya qilishi shart. Uzoq vaqt davomida «raqobat» tushunchasi ikki yoki undan ortiq shaxslar (raqiblar)ning yagona maqsad-yuqori foyda olish maqsadida mustaqil ravishda bir-biri bilan bellashuvi deb qaralib kelindi. Bozordagi raqobat bellashuvi masalalariga klassik siyosiy iqtisod namoyondalaridan A.Smit, A.Kurno, F.Edjuort, Dj.Robinson, E.Chemberlin, F.Xayek, A.Marshall, va boshqalar ko‘proq e’tibor qaratishgan. Bu iqtisodchilarning muloxazalari raqobat tushunchasi va uning moxiyatiga, uning harakatlantiruvchi kuchi va bozorda narxning shakllanishiga ta’siriga ko‘proq karatildi. Klassik iqtisodiyot namoyondalaridan R.Bertran, O.Xerfindal, M.Rozenblyud, E.Lind, X.M.Meskon, M.Yu.Porter va boshqalar raqobat nazariyasini rivojlantirishdi, raqobatni baxolashning muqobil modellarini taklif etishdi. Raqobat jamiyat uchun zarur tovar va xizmatlarning bozor va harid narxini belgilaydi. Raqobat ta’sirida tovar va xizmatlarning individual qiymati shakllanadi, daromadlar xajmining mexnat sarfi bo‘yicha diferensatsiyasi yuzaga keladi. Tarmoqlararo jixatdan raqobat foydanning o‘rtacha me’yorini yuzaga keltiradi, jamiyat ehtiyoji uchun eng ahamiyatli va zarur bo‘lgan tarmoqlarga kapital oqishini rag‘batlantiradi. Shubxasiz, raqobat bozor uchun xizmat qiladi: qachon, qanday va qancha tovar va xizmatlarni taklif qilish va ko‘rsatishni belgilaydi1. «Raqobat» tushunchasi klassik va neoklassik iqtisodiyot nazariyasining asosiy kategoriyalaridan biri bo‘lib, bugungi kunda ham ko‘pgina iqtisodchilarning diqqatini tortib kelmoqda va ular tomonidan turlicha talqin etilmoqda. A.Smitning ta’rifi bo‘yicha inson o‘z shaxsiy manfaatini o‘ylagan paytda, bu holat tabiiy, yoki aniqrog‘i, muqarrar ravishda shunga olib keladiki, odam jamiyat uchun ko‘proq naf keltiruvchi mashg‘ulotni tanlaydi va shu ish bilan shug‘ullanadi., foyda ketidan quvish va raqobat butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraladi2. I.A. Karimov raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko‘rsatib, «Raqobat bo‘lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. Raqobat - bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir», deb yozadilar3. Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha sub’ektlarni o‘rtasidagi muraqkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat-bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi sarflangan harajatlarining har bir birligi evaziga ko‘proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni qulay bozorlar uchun, arzon xom-ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbaalari uchun ular orasidagi kurash bo‘ladi4. Raqobat muammolariga bag‘ishlangan adabiyotlarda uning tarifiga uchta yondashuv mavjud. birinchisi raqobat bozorda bellashuv sifatida tavsiflanadi. Ikkinchi yondashuv klassik iqtisodchilar uchun xos bo‘lib, raqobat-talab va taklifni muvozanatga keltiruvchi bozor mexanizmi sifatida talqin etiladi. Uchinchisi bozorni o‘rganishning zamonaviy nazariyasiga asoslangan bo‘lib tarmoq bozorining turini ifodalovchi mezon sifatida qaraladi5. S.G.Svetunkov raqobat to‘g‘risida quyidagi tariflarni keltiradi: - monopoliyadan xoli sharoitda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning baxslashuvidir; - ikki yoki undan ortiq xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bellashuvi, raqib sifatidagi munosabati bo‘lib, bir biridan o‘zib ketish orqali yagona maqsad-yuqori foyda olish uchun bozordan siqib chikarishidir; - bozorda tovar va xizmat ishlab chiqaruvchilarning bozor ulushini egallash va yuqori foyda olish maqsadida o‘zaro bellashuvidir6. S.G.Svetunkov tomonidan keltirilgan tarifga e’tibor beradigan bo‘lsak, monopoliyadan xoli sharoit ko‘zda tutilgan. Bizning fikrimizcha monopoliyadan xoli sharoitni monopoliya cheklangan sharoit deb qabul qilish zarur. Chunki monopoliya bozorda raqobatning butunlay yo‘q bo‘lishini bildirmaydi. Shu bilan birga barcha sub’ektlar uchun eng qulay sharoit, eng yuqori daromadga qaratilmasligi kerak, chunki iste’molchi tovar va xizmatlar uchun ma’lum qiymatni belgilaydi. A.Yu.Yudanovning fikricha raqobat- iste’molchilarning to‘lovga qodir cheklangan talabi uchun bellashuvdir. Muallifning fikricha bu tarif bir qator muxim jixatlarga ega. Birinchidan: gap bozor raqobati xaqida ketmoqda, ya’ni raqobat-bozordagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faqatgina o‘z tovar va xizmatlarini iste’molchilar uchun siljitish jarayonida sodir bo‘ladigan bellashuvdir. Ikkinchidan raqobat iste’molchilarning to‘lovga qodir cheklangan ehtiyoji uchun olib boriladi, agarda iste’molchi talabi biror bir sub’ekt tovar yoki xizmati bilan qondirilsa, qolganlari o‘z-o‘zidan taklif qilish imkoniyatidan maxrum bo‘lishadi. Uchinchidan raqobat faqat bozorning kirib borish mumkin bo‘lgan segmentida rivojlanadi7. P.S.Zavyalovning fikricha: «Raqobat –bozor muxitining ajralmas qismidir. Rivojlangan bozor raqobatsiz mazmunga ega emas. Bundan raqobatni o‘rganishning ahamiyati, darajasi va jadalligi, bozor imkoniyatlarini bilish darajasi, tanlangan bozorda bellashuvning kelajagini anglash kelib chiqadi8. I.M.Kirsner o‘zining raqobat va tadbirkorlikka bag‘ishlangan kitobida shuni ta’kidlaydiki, bugungi kundagi ortodoksiya raqobatni “vaziyat” sifatidan ko‘ra “jarayon” sifatida talqin etadi. [49, s. 93-94]. ilan bog‘liq va zarur bo‘lganda raqobat mezonlarini ishlab chiqish kerak. Uning fikricha raqobat bozor jarayonining raqobat xususiyatini o‘rganish bilan bog‘liq va zarur bo‘lganda raqobat mezonlarini ishlab chiqish kerak. Tovar va xizmatlar bozorida raqobat - bozor ishtirokchilari, aynan firmalarning o‘zaro bellashuv jarayonidir. O‘zbekiston Respublikasining “Korxonalar to‘g‘risida” gi qonuniga ko‘ra barcha tashkilotlar ma’lum litsenziya asosida tovar va xizmatlarni taklif etuvchi yuridik shaxslardir. “Rakobat to'g'risidagi” konunga muvofik tovar va xizmatlar bozori - korxonalarning mamlakat xududida va mamlakat tashkarisida faoliyat olib boruvchi soxasidir. Ushbu qonunga muvofiq tovar va xizmatlar bozoridagi raqobat korxonalarning biri-biri bilan tovar va xizmatlar taklif etish jarayonida joriy etilgan umumiy shartlar doirasidagi uzaro bellashuvidir. Bozorning ma’lum tarmogidagi raqobatni o‘rganish jarayonida uning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beruvchi quyidagi tushunchalarni bilish lozim: Download 173.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling