Raqs san’ati. Raqs


Download 29.65 Kb.
bet3/3
Sana30.04.2023
Hajmi29.65 Kb.
#1409973
1   2   3
Bog'liq
Raqs sanati

Mumtoz raqs — oʻzbek milliy rake turkumi; avloddan-avlodga utib, sayqal topib, asosan professional raqs ustalari tomonidan ijro etib kelingan, shakli va harakatlari tartiblashgan raqslar. Mavzu ramziy vositalar, timsollar va shartli-umumlashma harakatlar bilan ifoda qilinishi, illyustrativ harakatlar, maishiy unsurlar deyarli ishlatilmasligi Mumtoz raqsning eng muhim xususiyatidir. Mumtoz raqs markazida — inson, uning ehtiroslari, his-tuygʻulari turadi. Mumtoz raqs bir kishi yoki guruh bulib ijro etiladi. Tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) maqom raqsi (maqom ohanglarida ijro etiladigan raqslar); 2) katta oʻyin (Fargʻona raqslari); 3) sozanda va mavrigixonlarning raqslari; 4) lazgi (Xorazm turkum raqslari). Oʻzbekiston hududida Mumtoz raqs islomgacha boʻlgan davrlardayoq (1—7-asrlar) shakllangan. Buxoro, Samarqand, Toshkent va Shahrisabzdan chiqqan raqqosalarning Xitoy imperatori saroyida Mumtoz raqslarni namoyish etganligi haqida maʼlumotlar saqlangan. Uygʻonish davrida (9—12-asrlar), ayniqsa Amir Temur va temuriylar qukmronligi davrida Mumtoz raqs ravnaqtopdi. 20-asrda zamonaviy sahnalarda namoyish qilina boshladi. Bunda Mirza HamDam. Makaylik (Us t a Muhammadxon), Tamaraxonim, Maqkam hofiz, Mukarrama Turgʻunboyeva va boshqalarning xizmatlari katta. "Dilxiroj", "Pilla", "Rohat", "Tanavor", "Bahor" kabi sahnaviy raqslarni Mumtoz raqs tushunchasiga kiritish mumkin.
Download 29.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling