va xoreografiya san`ati faoliyatini rivojlantirish va tashkil etish bo`limi
faoliyati yo`lga qo`yildi. Uning maqsad va vazifalari, kelajakda amalga
oshiriladigan ishlari belgilab olindi.
BugungikundaToshkent shahrida 10ta davlat va xususi yraqs ansambllari mavjud.Bu ansambllarda 200dan orti qraqqos va raqqosalar faoliyat yuritishadi.Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda 16ta raqs jamoalari mavjud bo`lib, ularda 400ga yaqin san`atkorlar ijod qilmoqda.Shuningdek, A.Navoiy, Muqimiy, Berdaq nomidagi musiqali teatrlar hamda Toshkent operetta teatrida 150dan ortiq raqqos va raqqosalar, balet artistlari mehnat qilmoqdalar.
KONFERENSIYaDA BIR QATOR MASALALAR HAM MUHOKAMA ETILDI
-
Har bir raqs ansambllariga alohida bittadan tajribali soha mutaxassislarini biriktirib, kurator sifatida tayinlandi va ularning ruxsati, ko`rigidan o`tkazilgandan so`ng lisenziya olinishi belgilab qo`yildi. Mazkur masala yuzasidan me`yoriy hujjat ishlab chiqilishi topshirildi.
-
Urf-odatlarimizni saqlagan xolda, yigitlar ansamblini tashkil etish yuzasidan ToshDavMRXOM rektoriga topshiriqlar berildi.
-
“Lazgi” Xorazm raqslari haqidagi 300 betli kitobi konferensiya ishtirokchilariga xavola etildi, darslik sifatida uning elektron shaklini ko`paytirish va talabalar uchun qo`llanma shaklida foydalanish topshirig`i berildi. Uztoz-shogird an`analarini tiklash masalasi, davom ettirish va kuchaytirish kat`iy belgilab berildi.
-
Mukarrama Turg`unboeva nomidagi milliy raqs ijrochiligidagi ko`rik-tanlovni nufuzini oshirish masalasi yuzasidan atroflicha savol javoblar bo`ldi va ko`rik-tanlovning Nizomiga o`zgartirishlar kiritilishi zarurligini bir ovozdan ma`qullandi.
-
Baletmeysterlar ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida ularning Kengashini tashkil etish taklifi berildi.
-
“Raqs sehri” festivalini “Sharq taronalari” festivali direksiyasiga biriktirish va kelgusi yillarda bu xalqaro festivalni nufuzini oshirish hamda 2018 yilda Shaxrisabz shahrida o`tkaziladigan “Shoshmaqom” xalqaro festivali ham shular qatorida alohida e`tiborga sazovorligi, festivallarni o`tkazish bo`yicha muammolarni bartaraf etish maqsadida topshiriqlar berildi.
-
Raqqos va raqqosalarni xorijda malakasini oshirish, xorij davlatlar bilan hamkorlikni yo`lga qo`yilayotganligini targ`ibot qilish hamda tegishli oliy o`quv yurt rektorlarini bu masalada olib borilayotgan isloxatlarini kuchaytirish va mas`uliyatni oshirish kabi topshiriqlar berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |