Расчет на прочность и жесткость ступенчатого стержня при растяжении или сжатии


Download 267.02 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi267.02 Kb.
#1370029
Bog'liq
Halimov A 1-HGI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH UNIVERSITETI
«QURILISH MEXANIKASI VA INSHOOTLAR ZILZILABARDOSHLIGI» kafedrasi
«BINO VA INSHOOTLAR ZILZILABARDOSHLIGI»
fanidan


1-HISOB GRAFIK ISHI

Mavzu: “Ikki qavatli temirbeton karkasli sanoat binosini
Seysmik kuchlar ta'siriga hisoblash”

Bajardi: 13-19 guruh


Talabasi: Halimov A.
Qabul qildi: Raxmonov Botir

TOSHKENT-2023


HISOBLAShGA DOIR MISOL
Hisoblash uchun ma'lumotlar:
Qurilish maydonining seysmikligi – 8 ball, Farg`ona sh.
Qurilish maydoni gruntining zilzilaviy toifasi – II.
Chetki ustunlar kesimi – 0,40x0,45 m.
O‘rta ustunlar kesimi – 0,5x0,6 m.
Ustunlar orasidagi masofa - ℓ = 8,0 m;
Ustunlar qadami – L = 6,0 m;
Qavatlar balandligi – H1 = 5,40 m va H2 = 4.5 m.
Uzoq va qisqa muddatli yuk – 20 kN: va 8 kN
Rigelning ko‘ndalang kesimi tavr shakliga ega – b1=700 mm, h1=400 mm,
b2=450 mm, h2=320 mm;
Binoning rejadagi o’lchamlari – 24 m x 60 m.
Binoning asosiy yuk ko’taruvchi elementlari B25 sinfli betondan ishlangan -E=_2.6_·104 MPa.

1-rasm. Binoning tarxi.

2-rasm. Binoning ko’ndalang qirqimi.



3-rasm. Bo’ylama tarz sxemasi.



4-rasm. Yonlama tarz sxemasi.
BINO KARKASI ELEMENTLARINING GEOMETRIK
TAVSIFLARINI ANIQLASH
Chetki ustunlar kesimining inersiya momenti:

O’rta ustunlar kesimining inersiya momenti:

Rigelning koʼndalang kesimi ustunnikiga qaraganda murakkab shaklga ega. Shu sababli ishni oldin rigelning koʼndalang kesimi ogʼirlik markazi holatini aniqlashdan boshlaymiz:

5-rasm. Rigelning ko‘ndalang kesimi.
So‘ngra rigelning og‘irlik markazidan o‘tuvchi X-X o‘qiga nisban butun kesimning inertsiya momentini hisoblaymiz:



6-rasm. Bino karkasining statik (a) va dinamik (b) hisoblash sxemalari.
Bino karkasining statik (a) va dinamik (b) hisoblash sxemalari 6-rasmda keltirilgan.
Binoning birinchi (+5.4 m) va ikkinchi (+9.9 m) qavat sath belgilari rigellarning og‘irlik markazlariga, (-0,15) esa poydevor yuqori sirtining sathiga mos keladi.
Binoning tarhi, fasadi va ko‘ndalang qirqimi 1-4 rasmlarda tasvirlangan.
Ustun va rigellarning jamlangan nisbiy bikirliklarini aniqlash
Nisbiy bikirliklarni quyidagi formulalardan foydalanib aniqlanadi:



7-rasm. Bino karkasining ko‘ndalang ramasining hisoblash sxemasi.
Ustun va rigellarning tutashgan yerlarini bikir tugun deb qabul qilamiz. Shunga ko‘ra elementlarning nisbiy bikirliklarini aniqlashda ularning erkin uzunligidan foydalanamiz. Ko‘ndalang ramaning hisoblash sxemasi 7-rasmda berilgan.
Bu yerdagi h1 va h2 lar quyidagicha aniqlanadi:
h1 = H1 – zr = 5.40 – 0.322 = 5,078 m.
h2 = H2 = 4.5 m.
zp + 500 = 0,322+0,500=0,822 m – ustun konsol qismi va rigelning og‘irlik markazigacha bo‘lgan masofa yig‘indisidir (8-rasm).

8-rasm.
Chetki oraliqlar hisobiy uzunligi:
01= ℓ - 200 = 8000 - 200 = 7800 mm = 7,8 m.
Orta oraliqning hisobiy uzunligi:
02= ℓ = 8000 mm = 8,0 m.
Birinchi qavat ustunlarining nisbiy bikirligi:

Ikkinchi qavat ustunlarining nisbiy bikirligi:

Rigelning kesimlari birinchi va ikkinchi qavatlarda bir xil bo‘lganligi uchun:


Ko‘chishlarni aniqlashda taqribiy formulalardan foydalanamiz:


















Topilgan qiymatlarni formulaga qo‘yib, birlik ko‘chishlarni aniqlaymiz:





Tekshirish. Barcha amallar to‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa, quyidagi tenglik qanoatlantiriladi:

Bizning hol uchun bu tenglik quyidagicha yoziladi:



Xatolik foizi:

Xatolik yo‘l qo‘yiladigan darajada ekan. Demak birlik ko‘chishlar to‘g‘ri aniqlangan.
Download 267.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling