Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc


Qavat effektlari va stillari


Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/72
Sana29.10.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1733068
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   72
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Qavat effektlari va stillari 
Photoshop dasturi qavatdagi ma’lumotlarini o‘zgartirmagan holda uning 
ko‘rinishini o‘zgartiruvchi turli effektlarni taqdim etadi. Qavat effektlari qavatning 
kontentiga bog‘liq bo‘ladi. Qavatning joylashishi yoki undagi ma’lumotlar 
o‘zgartirilsa bir xil effekt o‘zgartirilgan ma’lumotlarga qo‘yiladi. Masalan, matn 
qavatiga soya effekti qo‘yilgan bo‘lsa, matn o‘zgartirilganda bir xil soya effekti 
o‘zgartirilgan matnga ham qo‘yiladi. 
Qavat stili deb qavat yoki qavatlar guruhiga qo‘yilgan bir yoki bir nechta 
effektlarga aytiladi. Qavat yoki qavatlar guruhiga dastur tomonidan taqdim 
etiladigan stillar andozasini qo‘llash yoki qavat stili dialog oynasi yordamida yangi 
stil yaratish mumkin. Qavatga effekt qo‘yilganda qavatlar panelida qavatning o‘ng 
qismida qavat eggekti yorlig‘i 
aks ettiriladi. Yorliqning o‘ng qismida 
joylashgan ko‘rsatkich yordamida qavatga qo‘yilgan effektlar ro‘yxatini aks ettirish 
yoki yashirish mumkin. 


89
A - qavat effektlari yorlig‘i, B - qavat effektlarini aks ettirish/yashirish, C – 
qavat effektlari 
Stillar andozalari stillar panelidan qo‘yiladi. Photoshop dasturida stillar 
andozalari qo‘llanilish maqsadiga qarab bibliotekalarga guruhlangan. Stillar 
panelini aks ettirish uchun dasturning Window menyusidan Styles buyruq qatorini 
tanlash kerak. Odatda, qavatga stillar andozasi qo‘llanilganda qavatning joriy stili 
yangisiga almashtiriladi. Qavatga stillar andozasini qo‘llash uchun quyidagilardan 
birini bajarish kerak: 
- qavatlar panelidan qavatni tanlab stillar panelidan kerakli stillar andozasini 
tanlash kerak; 
- stillar panelidagi stillar andizasini sichqon tugmasi bilan ushlab qavatlar 
panelidagi kerakli qavat ustiga qo‘yish kerak; 
- stillar panelidagi stillar andizasini sichqon tugmasi bilan ushlab ish sohasida 
kerakli qavat kontenti ustiga qo‘yish kerak; 
- dasturning Layer menyusi Layer Style bo‘limi Blending Options buyruq qatori 
tanlanadi. Ochilgan dialog oynasining chap qismida joylashgan Styles bo‘limidan 
kerakli stillar andizasi tanlanadi. 
Qavatga qo‘yilgan effektlarni boshqa qavatga qo‘llash uchun quyidagilarni 
bajarish mumkin: 
- qavatlar panelida klaviaturaning Alt tugmasini bosib turgan holda qo‘yilgan 
effektlarni sichqon tugmasi bilan ushlab boshqa qavatga nusxasini qo‘yish; 
- qavatlar panelida qo‘yilgan effektlarni sichqon tugmasi bilan ushlab boshqa 
qavatga ko‘chirish. 





90
Yangi stilni yaratish va qo‘llanilgan stillarni tahrirlash uchun dasturning qavat 
stili dialog oynasidan foydalanish mumkin. 
Dialog oynasini ochish uchun qavatlar panelidan effekt qo‘yiladigan qavatni 
tanlab dasturning Layer menyusi Layer Style bo‘limidan tegishli effekt nomli buyruq 
qatorini tanlash yoki qavatlar panelidan effekt qo‘yilgan qavatning effekt nomi yoki 
effekt yorlig‘i ustiga sichqon ko‘rsatkichi bilan ikki marta bosish kerak. 
Qavat stili dialog oynasi yordamida quyidagi effektlardan bir yoki bir 
nechtasini qo‘llab ixtiyoriy stillarni yaratib olish mumkin: 
1. Drop Shadow – qavat kontentining orqasiga soya tushirish: 
2. Inner Shadow – qavat kontentining chegarasi ichiga soya tushirish: 


91
3. Outer Glow va Inner Glow – qavat kontentining chegarasi tashqarisi/ichiga 
shula tushirish: 
4. Bevel and Emboss – qavatga bo‘rtirish effektini qo‘yish: 
5. Satin – ichki soya qo‘yish; 
6. Color OverlayGradient Overlay va Pattern Overlay – qavat kontentini rang, 
gradiyent va andoza bilan to‘ldiradi: 


92
7. Stroke – qavat obyektining chegarasini rang, gradiyent yoki andoza bilan 
ajratadi: 
Photoshop dasturida qavatga qo‘llanilgan stilning nusxasini olib boshqa 
qavatga qo‘yish imkoniyati mavjud. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak: 
1. Qavatlar panelida stilining nusxasi olinishi kerak bo‘lgan qavat tanlanadi; 
2. Dasturning Layer menyusi Layer Style bo‘limidan Copy Layer Style buyruq 
qatori tanlanadi; 
3. Qavatlar panelida stilning nusxasi qo‘yilishi kerak bo‘lgan kerakli qavat 
tanlanadi va dasturning Layer menyusi Layer Style bo‘limidan Paste Layer Style 
buyruq qatori tanlanadi. 
Qavatga qo‘llanilgan stildan biror bir effektni yoki qavatga qo‘llanilgan stilni 
o‘chirish mumkin. Stildan biror bir effektni o‘chirish uchun qavatlar panelida ushbu 
stilni sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab panelning o‘chirish 
tugmasi ustiga 
qo‘yish kerak. Qavatga qo‘llanilgan stilni o‘chirish uchun qavatlar panelida ushbu 
qavatni tanlab quyidagilardan birini bajarish kerak: 
- qavatlar panelida Effects stil elementini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab 
panelning o‘chirish 
tugmasi ustiga qo‘yish; 
- dasturning Layer menyusi Layer Style bo‘limidan Clear Layer Style buyruq 
qatorini tanlash; 


93
- qavatni tanlab stillar panelidan stilni tozalash 
tugmasini bosish. 

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling