Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc
Qavatlarga vektorli maska qo‘yish
Download 2.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA
Qavatlarga vektorli maska qo‘yish
Vektorli maska piksellar zichligiga bog‘liq bo‘lmagan qavatning kontentini qirqib oluvchi yo‘l xisoblanadi. Vektorli maskalar pero yoki shakl uskunalari yordamida yaratiladi. Butun qavatni yashiruvchi yoki aks ettiruvchi vektorli maska qo‘shish uchun qavatlar panelida kerakli qavatni tanlanadi va quyidagilardan birini bajarish kerak: - butun qavatni aks ettiruvchi vektorli maskani qo‘shish uchun dasturning Layer menyusi Vector Mask bo‘limidan Reveal All buyruq qatorini tanlash kerak; - butun qavatni yashiruvchi vektorli maskani qo‘shish uchun dasturning Layer menyusi Vector Mask bo‘limidan Hide All buyruq qatorini tanlash kerak. Shakl ko‘rinishidagi vektorli maska qo‘shish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 1. Qavatlar panelidan vektorli maska qo‘yilishi kerak bo‘lgan qavat tanlanadi; 2. Yo‘l chizish uchun pero yoki shakl uskunalaridan foydalanish kerak. Shakl uskunasi yordamida yo‘l chizish uchun shakl uskunasini tanlab dasturning xususiyatlar panelining ochiluvchi menyusidan Path qiymatini tanlash kerak: 3. Dasturning Layer menyusi Vector Mask bo‘limidan Current Path buyruq qatorini tanlash kerak. Vektorli maskaning shaffoflik va chegaralarining aniqlik darajalarini o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 1. Qavatlar panelida vektorli maska qo‘yilgan qavat tanlanadi; 2. Vektorli maska yorlig‘i tanlanadi, natijada uning atrofida oq chegara paydo bo‘ladi; 3. Maskaning shaffoflik darajasini o‘zgartirish uchun panellar bo‘limidagi xususiyatlar panelidan Density slayder qiymatini o‘zgartirish kerak. Maska chegarasining aniqlilik darajasini o‘zgartirish uchun Feather slayder qiymatini o‘zgartirish kerak. 85 Quyida Density slayderining qiymati 100% ga va Feather slayderining qiymati 0 px ga teng vektorli maska (a), Density slayderining qiymati 50% ga va Feather slayderining qiymati 10 px ga teng vektorli maska (b) va Density slayderining qiymati 100% ga va Feather slayderining qiymati 10 px ga teng vektorli maska (c) ko‘rsatilgan: Vektorli maskani o‘chirish uchun qavatlar panelida vektorli maska qo‘yilgan qavatning vektorli maska yorlig‘i tanlanadi va panellar bo‘limidagi xususiyatlar panelining pastki qismida joylashgan maskani o‘chirish tugmasini bosish kerak. Vektorli maskani qavat maskasiga o‘zgartirish uchun qavatlar panelidan vektorli maska qo‘yilgan qavat tanlanadi va dasturning Layer menyusi Rasyerize bo‘limidan Vector Mask buyruq qatorini tanlash kerak. Ushbu jarayon bir tomonlama bo‘lib vektorli maskani qavat maskasiga o‘zgartirgandan so‘ng maskani qayta vektorli maskaga o‘zgartirib bo‘lmaydi. Download 2.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling