Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc


Belgilangan piksellarni ko‘chirish, nusxasini olish va o‘chirish


Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/72
Sana29.10.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1733068
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   72
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Belgilangan piksellarni ko‘chirish, nusxasini olish va o‘chirish 
Tasvirning belgilangan maydonini siljitish uchun uskunalar panelidan siljitish 
uskunasi 
tanlanadi va belgilanish ichiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib 
sichqon tugmasini bosib turgan holda maydon siljitiladi: 
Photoshop dasturida nusxa olish va qo‘yish quyidagi ko‘rinishda amalga 
oshirilishi mumkin: 
Copy – faol qavatning belgilangan maydoni nusxasini ko‘chiradi; 
Copy Merged – barcha aks ettirilgan qavatlarning belgilangan maydonining 
birlashtirilgan nusxasini ko‘chiradi; 
- Paste – nusxasi olingan maydonni tasvirning boshqa joyiga qo‘yish yoki 
boshqa tasvirga yangi qavat sifatida qo‘yadi; 
- Paste In Place – maqsad hujjatida belgilanishning manba hujjatda 
joylashishiga nisbatan bir xil joyga qo‘yadi; 


103
- Paste Into yoki Paste Outside – belgilangan maydon nusxasini boshqa 
belgilanish ichiga yoki tashqarisiga qo‘yadi. 
Belgilangan maydonning nusxasini olish uchun belgilanishni amalga oshirib 
bo‘lgandan so‘ng dasturning Edit menyusidan Copy yoki Copy Merged buyruq 
qatorini tanlash kerak. 
Bir tanlanishni boshqa tanlanish ichiga yoki tashqarisiga qo‘yish uchun 
quyidagilarni bajarish kerak: 
1. Tasvirning kerakli maydonining nusxasi olinadi; 
2. Biror bir belgilash uskunasi yordamida tasvirda yangi belgilanish yaratiladi; 
3. Qo‘yiladigan maydon yangi belgilanish ichiga tushishi uchun dasturning 
Edit menyusi Paste Special bo‘limidan Paste Into buyruq qatorini tanlash kerak; 
4. Qo‘yiladigan maydon yangi belgilanish tashqarisiga tushishi uchun 
dasturning Edit menyusi Paste Special bo‘limidan Paste Outside buyruq qatorini 
tanlash kerak. 
Paste Into va Paste Outside buyruqlari tasvirga qavat va qavat maskasini 
qo‘shib beradi. 
Tasvirning belgilangan maydonini o‘chirish uchun dasturning Edit menyusidan 
Clear buyruq qatorini yoki klaviaturaning Backspace yoki Delete tugmasini bosish 
kerak. Orqa fon qavatida belgilangan maydon o‘chirilganda maydon rangi joriy 
tanlangan orqa fon rangiga o‘zgaradi. Oddiy qavatda belgilangan maydon 
o‘chirilganda maydon rangi shaffof ko‘rinishga o‘zgaradi. 

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling