Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc


Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/72
Sana29.10.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1733068
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   72
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Darajalarni o‘zgartirish 
Darajalar panelida soya, o‘rta tonlar va yorug‘lik qiymatlarini o‘zgartirish 
orqali tasvirning ton chegarasi va ranglar balansini o‘zgartirib olish mumkin. 
Darajalar panelidagi gistogramma tasvirning asosiy tonlarini o‘zgartirish uchun 
ko‘rgazmali yo‘riq xisoblanadi. Darajalar paneli quyidagi ko‘rinishga ega: 
A – soya, B – o‘rta ton, C – yorug‘lik 
Paneldagi A va C slayderlari qora va oq nuqtalarga bog‘langan bo‘lib odatda A 
slayderining qiymati 0 ga (bu yerda piksellar qora rangda), C slayderining qiymati 





109
255 ga (bu yerda piksellar oq rangda) teng. Paneldagi o‘rta slayder B tasvirdagi 
gammani sozlaydi. Paneldagi o‘rta ton slayderi soya va yorug‘lik qiymatlariga katta 
ta’sir ko‘rsatmagan holda kulrang tonlarining darajasini o‘zgartiradi. 
Tasvirning darajalarini o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 
1. Panellar bo‘limining sozlamalar panelidan darajalar yorlig‘ini 
bosish 
yoki dasturning Layer menyusi New Adjustment Layer bo‘limidan Levels buyruq 
qatorini tanlab ochilgan dialog oynasidan OK tugmasini bosish kerak; 
2. Tasvirning soya va yorug‘lik darajalarini o‘zgartirish uchun darajalar 
panelidan chap va o‘ng slayderlarini gistogrammaning chetlariga siljitish kerak: 
3. O‘rta tonlarni o‘zgartirish uchun o‘rta slayderni gistogramma bo‘ylab 
siljitish kerak. O‘rta slayderni chap tomonga siljitish tasvir yorug‘ligini oshiradi
o‘ng tomonga siljitish tasvirni qorong‘ilashtiradi. 
Ton o‘zgarishlarini tez bajarish 
Auto Contrast buyrug‘i yordamida tasvirning kontrastini avtomatik sozlab 
olish mumkin. Buyruq yordamida tasvirning soya darajasi toza qora (0 qiymat) va 
yorug‘lik darajasi toza oq (255 qiymat) ranglarga tenglashtiradi. Natijada tasvirning 
yorug‘lik darajalari yorqinroq, soya darajasi qoraroq ko‘rinishga o‘zgaradi. 
Tasvirga Auto Contrast buyrug‘ini quyidagicha qo‘llash mumkin: 
1. Panellar bo‘limining sozlamalar panelidan darajalar 
yoki egriliklar 
yorliqlarini bosish yoki dasturning Layer menyusi New Adjustment Layer 
bo‘limidan Levels yoki Curves buyruq qatorlarini tanlash kerak; 
2. Panellar bo‘limidagi xususiyatlar panelidan klaviaturaning Alt tugmasini 
bosib turgan holda Auto tugmasini bosish kerak. Natijada quyidagi dialog oynasi 
ochiladi: 


110
3. Dialog oynasining Algorithms bo‘limidan Enhance Monochromatic 
Contrast elementi belgilanadi; 
4. Dialog oynasining Target Colors & Clipping bo‘limidan soya (Shadows) va 
yorug‘lik (Highlights) ranglari belgilanadi
5. Dialog oynasining OK tugmasi bosiladi. 
Auto Color buyrug‘i tasvirning kontrasti va rangini avtomatik sozlash 
imkoniyatini beradi. Tasvirga Auto Color buyrug‘ini quyidagicha qo‘llash mumkin: 
1. Panellar bo‘limining sozlamalar panelidan darajalar 
yoki egriliklar 
yorliqlarini bosish yoki dasturning Layer menyusi New Adjustment Layer 
bo‘limidan Levels yoki Curves buyruq qatorlarini tanlash kerak; 
2. Panellar bo‘limidagi xususiyatlar panelidan klaviaturaning Alt tugmasini 
bosib turgan holda Auto tugmasini bosish kerak; 
3. Natijada ochilgan dialog oynasining Algorithms bo‘limidan Find Dark & 
Light Colors va Snap Neutral Midtones elementlarini belgilash kerak; 
4. Dialog oynasining Target Colors & Clipping bo‘limidan soya va yorug‘lik 
ranglari belgilanadi va o‘rta ton uchun maqsad rangi tanlanadi; 
5. Dialog oynasining OK tugmasi bosiladi: 


111

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling