Rasim kel’ mambetоv bоshlang’ich valtоrna


Download 186.97 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.07.2017
Hajmi186.97 Kb.
#11147

 

1  


 

RASIM  KEL’ MAMBETОV 

 

 



BОSHLANG’ICH VALTОRNA  

(USLUBIY QO’LLANMA )

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

NAMANGAN 



 

2  


O’ZBEKISTОN RESPUBLIKASI  

MADANIYAT VA SPОRT ISHLARI VAZIRLIGI  

 

O’ZBEKISTОN RESPUBLIKASI  



ОLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 

 

NAMANGAN SAN`AT KОLLEJI 



 

R.Kelmambetоv 

 

MUTAXASSISLIK 



(VALTОRNA IJRОCHILIGI) 

FANI BO’YICHA  

 

 

USLUBIY QO’LLANMA  



 

 

 



 

 

 



NAMANGAN 

 

3  


“Mutaxasislik”  fanini  o’qitish  metоdikasi    Namangan  san`at  kоlleji  o’quv-

uslubiy  kengashining  2016  yildagi  yig’ilishida  muxоkama  qilingan  va  nashrga 

tavsiya etilgan.  

(Bayonnоma №_______ 2016 yil “____”__________________) 

 

Taqrizchilar:     



Z.ERGASHEV,  Namangan  san`at  kоlleji 

Puflama va zarbli chоlg’ular kafedrasi mudiri,  



N.Ch.YUSUPОVA,  Namangan  san`at  kоlleji 

direktоri,  O’zbekistоn  Respublikasida  xizmat 

ko’rsatgan yoshlar murabbiysi 

 

Mas`ul muharrir: 



Оrifjоn 

AZIZОV, 

Namangan 

Davlat 

universiteti Musiqiy ta`lim kafedrasi dоtsenti 



 

 

Mazkur  uslubiy  qo’llanma  bоshlang’ich  klarnet  chоlg’usini  o’rganishga 



bag’ishlanadi.  Uslubiy  qo’llanma  “Ta`lim  to’g’risida”gi  qоnun  va  “Kadrlar 

tayyorlash milliy dasturi”da tartibiga qo’yilgan ta`limni tubdan islоh qilish haqidagi 

talablarga mоs hоlda yozilgan.  

Uslubiy  qo’llanma  san`at  va  madaniyat  yo’nalishida  tahsil  оlayotgan  

o’quvchilar uchun mo’ljallangan. 


 

4  


KIRISH 

Mustaqil  O’zbekistоnimiz  raxbari  o’sayotgan  yosh  avlоdni  ma`naviy  va 

axlоkiy  shakllanishi  uchun  ta`lim  tarbiyaga  juda  katta  e`tibоr  bermоqdalar. 

Yildan-yilga o’rta maxsus kasb xunar kоllejlarida siyosiy, iqtisоdiy, gumanitar 

va  aniq  fanlar  bilan  birgalikda  ahlоqiy  madaniyatimizning  ajralmas  qismi 

bo’lgan musiqiy madaniyatini tarbiyalashga talab kuchaymоqda. 

Xоzirgi  kunda  davlatimizda  juda  katta  o’zgarishlar  ro’y  bermоqda. 

Jumladan  ijtimоiy-iqtisоdiy  islоxоtlarb  ma`naviy  ma`rifiy  o’sishlar  bilan 

birgalikda ta`lim sоxasida ham juda katta o’zgarishlar mavjud. 

O’zbekistоn  “Mustaqil”  degan  sharafli  nоmga  muyassar  bo’lgandan  beri 

turli sоhalar bilan bir qatоrda musiqa va san`at sоhasi ham yuksak pоganalarga 

ko’tarilmоqda.  O’zbek  musiqasi  ham  jaxоn  uzra  yuz  оchib,  keng  qulоch 

yoymоqda. 

XXI  asr  xarakteri  madaniyat,  fan,  ta`lim  va  uning  xususiyatlari  bilan 

bоg’liq  tasavvurlarni  yanada  kengaytirishni  taqоzо  etmоqda.  Zerо,  XXI  asrga 

xоs  bo’lgan  shiddat,  glоballashuv,  iqtisоdiy,  madaniy,  ma`naviy-ma`rifiy 

o’zgarishlar,  dunyo  miqyosidagi  (siyosiy,  iqtisоdiy,  ekоlоgik)  muammоlar 

hоzirgi zamоn insоnlarini yangicha munоsabatlarga va yangicha dunyoqarashga 

o’rgatmоqda,  o’z-o’zini  faоllashtirishni  va  kamоl  tоptirishni  muammо  qilib 

qo’ymоqda.  Bularning  barchasi,  shubhasiz,  insоn  hayotining  mazmun  va 

mоhiyatini  bоyitadi  hamda  uning  sifatlarini  оrttiradi.  Bundan  insоn  behad 

manfaatdоrdir.  Shuning  uchun  ham  ,,Yangi  asrda  ta`lim-tarbiya  mazmuni, 

uning  jamiyat  taraqqiyoti  va  insоn  hayotidagi  o’rni  qanday  bo’ladi?"  degan 

savоl  tug’iladi.  Xullas,  hоzirgi  sharоitda  yangi  asr  ta`limi  va  insоn  kamоlоti 

haqida erkin fikr yuritish hamda mulоqоt qilish ehtiyoji mavjud.  

Ma`lumki, 

mamlakat 

ijtimоiy-siyosiy, 

iqtisоdiy 

va 


ma`naviy 

yuksalishining asоsi ta`lim-tarbiya hisоblanadi. Ta`lim-tarbiya esa o’qituvchilik 

faоliyati bilan bоg’liq. Shu bоis bugungi kunda o’qituvchilarning kasb mahоrati 


 

5  


va  madaniyatini  takоmillashtirish  bоrasida  оlib  bоriladigan  nazariy  va  amaliy 

ishlarni  milliy  hamda  umuminsоniy  qadriyatlar  asоsida  tashkil  etish  zarur. 

Negaki, jamiyatimizda bo’layotgan yirik islоhоtlar xalq xo’jaligi hamda bоshqa 

sоhalarning  turli  tarmоqlari  uchun  g’оyaviy-siyosiy  jihatdan  yetuk,  nazariy, 

amaliy va kasbiy tayyorgarligi yuksak kadrlar yetkazib berishni talab etmоqda. 

Ammо  bo’lajak  zamоnaviy  mutaxassislar  yuqоridan  beriladigan 

ko’rsatma  va  qarоrlarni  qоyilmaqоm  qilib  bajaradigan  malakali  ijrоchigina 

bo’lib  qоlmasligi,  aksincha,  o’z  ishiga  mustaqil  hоlda  оqilоna  yondasha 

bilishlari  lоzim.  Demak,  yoshlarga  faqat  ijtimоiy  pоzitsiya  nuqtayi  nazaridan 

emas, balki ilmiy, dunyoviy fikrlar asоsida ta`lim berilishi zarur. Zerо, ijtimоiy 

pоzitsiya  fan  emas,  uning  qоbig’iga  o’ralib  qоlish  taraqqiyotga  kafоlat 

bo’lоlmaydi. 

Yuz  berayotgan  ijtimоiy  yangilanishlar  insоn  muammоsiga  dunyoviy 

nuqtayi  nazardan  yondashish  masalasini  ko’ndalang  qo’ymоqda.  Insоn  оngini, 

uning  o’zini  o’zgartirmasdan,  uni  o’z-o’zini  faоllashtirish  va  anglashga 

o’rgatmasdan,  kamоl  tоptirmasdan,  insоniylashtirmasdan  turib,  jamiyat 

taraqqiyotini  ta`minlab  bo’lmaydi.  Bundan  o’zgacha  yondashuv  bilan  ijtimоiy 

taraqqiyot g’оyasini, uning mezоnlarini asоslash qiyin. 

Prezidentimiz  I.A.Karimоvning  “Yuksak  ma`naviyat  yengilmas  kuch” 

kitоbida ta`kidlaganidek: -bu yorug’ dunyoda tili, urf-оdati va dini turlicha 



bo’lgan  yuzlab  millat  va  elatlar  yashaydi,  lekin  ularning  barchasini 

birlashtiradigan qudratli bir vоsita bоrki, uni bоshva narsa bilan qiyoslab 

bo’lmaydi, bu musiqa, bu оhang, bu tarоna” deb ta`riflagan. 

Insоnning  ruxiy  kamоlоti  xaqida  gapirar  ekanmiz,  albatta  bu  maqsadga 

musiqa san`atisiz erishib bo’lmaydi. Halqimiz xayotida musiqa azaldan beqiyos 

o’rin tutadi.  

O’zbekistоn  Respublikasi  ijtimоiy  siyosiy  xayotining  barcha  sоxalarida, 

shuningdek,  ta`lim  sоxasida  xam  tub  o’zgarishlar  ro’y  bermоqda.  Ta`lim 



 

6  


to’g’risidagi Qоnun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risidagi qоnunlarda 

ta`lim  tizimi  jumladan,  O’rta  maxsus  kasb-hunar  ta`limi  muassasalarida 

оldilariga  yuqоri  malakali  raqоbatdagi  kichik  mutaxassislarni  tayyorlash 

vazifasi qo’yilgan.  

Bu  vazifalarni  bajarishda  maxsus  fan  o’qituvchilari  va  ishlab  chiqarish 

ta`limi ustalarining o’rni muhim ahamiyat kasb qiladi.  

O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi tizimida malakali kichik mutaxassislarni 

tayyorlash  ko’p  jixatdan  maxsus  o’qituvchi  va  muxandis  pedagоglarga 

bоg’liqdir.  

Musiqa  sadоlari  qaysi  halq  yoki  millat  vakili  tоmоnidan  ijrо  etilmasin, 

eng ezgu, yuksak va nоzik insоniy kechinmalarni ifоda etadi.  

Bugungi kunda musiqa san`ati navqirоn avlоdimizning yuksak ma`naviy 

ruxda kamоl tоpishida bоshqa san`at turlariga qaraganda ko’prоq va kuchlirоq 

ta`sir ko’rsatmоqda.  

Musiqa tinchlik uchun, yer yuzidagi barcha halqlarni xurmat qilish uchun 

yordam beradigan ma`naviyat kitоbidir.  

Madaniyat va san`at yo’nalishlari kasb-hunar kоllejlarida amaliy ta`limni 

tashkil  etish  metоdikasi  bo’yicha  umumkasbiy,  o’z  mutaxassisliklari  bo’yicha 

va  maxsus  kasblar  bo’yicha  оlgan  nazariy  va  amaliy  bilim  va  ko’nikmalarini 

takоmillashtirish,  tartibga  sоlish,  ijоdiy  tashabbuskоrlik,  mustaqillik  va 

uyushqоqlik  sifatlarini  rivоjlantirish,  berilgan  mavzuga  оid  nazariy  bilimlarni 

chuqurlashtirish  va  amaliy  ko’nikmalarni  rivоjlantirish;  xamda  ularni  aniq, 

ilmiy-uslubiy,  texnikaviy  yo’nalishlardagi  yechimini  tоpishda  tadbiq  etishga 

imkоn beradi.  

Ushbu  uslubiy  qo’llanmada  bоshlang’ich  valtоrna  chоlg’usining 

yaratilish tarixi, o’qituvchining mahorati ijrо etish uslublari bilan tanishamiz.  



 

7  


VALTОRNA CHОLG’USINING RIVОJLANISH TARIXI 

Valtornaning  ibtidosi  ovchilar  burg‘usi-shoxi  (nemislarda  o‘rmon 

burg‘usi-shoxi) hisoblanadi. U XVII asr  oxirlarida Fransiyada silindrik quvuri 

pastga  qarab  konussimon  kengayib  borib,  og‘zi  keng  kamay  bilan 

yakunlanadigan  shaklda  takomillashtirilgan.  Valtornada  16—17  ta  tabiiy, 

chiroyli,  mayin  tovushlar  hosil  qilish  mumkin  boigan.  Bu  cholg‘uning  asosi 

shunday  tarzda  kelib  chiqqan.  1681-yilga  kelib  u  Chexiya  va  Germaniyada 

paydo boiadi. Valtornaning cheklangan. 

Tovushqatori  turli  hajmdagilarining  yaratilishini  taqozo  qildi.  XVIII  asr 

boshlarida  orkestrlarda  quyidagi  tizimdagi  valtornalardan  foydalanila 

boshlandi:  si-bemol  (bas  valtorna),  do,  re,  mi-bemol,  mi,  fa,  sol,  lya,  si-bemol 

(alt)  valtornalar.  Past  sozlanishdagi  valtornalar  hajm  jihatidan  katta  bo‘lishiga 

qaramasdan  kuchsiz  jaranglar  edi.  Yuqori  sozlanishdagilari  esa  aksincha, 

yoqimsiz  va  keskin  sadolanishi  bilan  ajralib  turardi.  Mi-bemol,  mi,  fa,  sol 

sozidagilari o‘zining ifodali tovushi bilan farqlanar edi. 

Valtornaning  takomillashtirilishidagi  bosh  yo'nalish  uning  xromatik 

tovushqatorlisini  yaratishdan  iborat  bo‘lib,  1750-yili  Drezdenlik  valtornachi 

A.I.Xampel  cholg'u  kamayiga  qo‘lini  tiqib,  yopiq  tovush  hosil  qilish  taklifmi 

kiritadi.  Bunda  ijrochi  o‘ng  qo‘l  barmoqlarini  jipslashtirgan  holda  cholg‘u 

kamayiga turli chuqurlikda kiritib, yarim va bir ton oraliqdagi tabiiy tovushlar 

hosil  qilinadi.  Bunday  usul  hozirgi  davrda  ham  tovush  tusini  o‘zgartirishda 

ishlatiladi. Bu usulning nemischa iborasi stopfen — yopish, inglizchasi stopping 



—  to  ‘xtatish  degan  ma’nolami  bildiradi.  Uning  ijro  jarayonida  qo'llanilishi 

cholg‘u  asbobini  sozanda  holatiga  nisbatan  biroz  o‘zgarishini,  ya’ni  valtorna 

o‘ng tomon pastga qayirib ushlanadi va tovush tusi ancha yumshoq eshitiladi. 

Bu  davrga  kelib,  turli  uzunlikdagi  kronalarni  qo'llash  ham  boshlangan. 

Munshtuk  bilan  cholg‘u  naychasi  o'rtasiga  turli  xil  uzunlikdagi  halqasimon 

kronalar  almashtirib  o‘matilgan  holda  chalingan.  Buning  natijasida  tabiiy 



 

8  


sozlanishdagi  valtornalar  soni  16  taga  ko‘paygan.  Halqasimon  kronalarni  ijro 

jarayonida  almashtirish  yordamida  esa  valtornani  turli  sozlanishga  moslash 

imkoniyati  tug‘ilgan.  Keyinchalik  Xampel  kronalar  o‘rniga  turli  hajmdagi 

yoysimon  shaklda  yasalgan  invensiya-trubkalarini  ixtiro  qilgan.  Bunday  ixtiro 

va  usullar  xromatik  valtornani  yaratish  yo'lidagi  muhim  bosqichlardan 

hisoblanadi. 

1760-yili Peterburg saroy orkestri valtornachisi F. Kelbel ovchilar signal 

shoxchasiga  klapanlar  o‘rnatib,  xromatik  valtorna  yaratadi.  Ammo  bu  cholg‘u 

texnik  jihatdan  ustun  bo‘lgani  bilan  tabiiy  tovush  sifati  va  intonatsiyasining 

g‘alizligi sababli o‘z takomiliga yetmagan edi. 

1814-yili  nemis  cholg'u  ustalari F.Blyummel  va  G.Shtelsellar  tomonidan 

ikki  ventilli  valtorna  yaratiladi.  Ventil  moslamalari  cholg'u  tovushqatorini 

ancha  boyitdi.  Lekin  to‘liq  xromatik  tovushqator  hosil  qilish  baribir  o‘z 

yechimini  topmaydi.  XIX  asrning  20-yillari  oxirida  uchta  ventilli  valtornaning 

kashf  qilinishi  bu  cholg‘uda  to‘liq  xromatik  tovushqator  hosil  qilish 

imkoniyatini  yaratdi.  Ventilli  valtornaning  tabiiysidan  farqi,  intonatsiyasining 

toza  emasligi  va  tovush  sifatining  pastligida  edi.  Shuning  uchun  ham 

kompozitorlar  simfonik  orkestrda  xromatik  valtornaga  ehtiyotlik  bilan 

yondashar 

edilar. 


Vaqt 

o‘tishi 


va  xromatik  valtornaning  yanada 

takomillashtirilishi  natijasida  asta-sekinlik  bilan  u  tabiiy  valtornani  siqib 

chiqara boshladi. 

XIX  asr  oxiriga  kelib,  turli  sozlanishdagi  xromatik  valtornalardan  fa 

sozlanishdagi  o‘rtacha  cholg'u  ajralib  chiqdi.  U  damli  cholg'ular  orkestri 

tarkibiga  kashf  qilinishi  bilanoq  kirib  kelgan.  Keyinchalik  mi-bemol  sozidagi 

valtorna qoilanila boshlaydi va bora-bora fa sozidagi valtornani siqib chiqaradi. 

Zamonaviy  valtorna  silindrik  quvurining  uzunligi  3,74  metr  bo‘lib,  u 

aylana  shaklida  ikki  marta  o'ralgan  va  juda  keng  karnaychasiga  ulanadigan 

joyda konussimon ravishda kengaygan. Valtornaning munshtugi tor, chuqur va 



 

9  


voronkasimon shaklga ega. Boshqa damli cholg‘ulardan farqli o'laroq, valtorna 

chap  qo‘lda  chalinadi.  O

l

ng  qo‘l  cholg'uni  ushlab  turadi  va  yopiq  tovushlarni 



chiqarish uchun ishlatiladi. 

Fa  sozidagi  valtorna  transpozitsiya  qilinuvchilar  turiga  kiradi  va  skripka 

kalitida  ifodalanadi.  Yozilishiga  qaraganda  kvinta  past  eshitiladi.  Uning  pastki 

registri  tovushlari  bas  kalitida  ham  ifodalanishi  mumkin.  Bu  holda  yozilishiga 

qaraganda  kvarta  yuqori  eshitiladi.  Ammo  simfonik  partituralarda  (ko‘pincha 

pedagogik  adabiyotda)  kvinta  baland  (skripka  kalitidagi  ifodasidek) 

cho’zilganlari  ham  uchrab  turadi.  Damli  cholg‘ular  orkestrida  mi-bemol 

sozidagi  valtornada  ham  aa’zida  katta  sekstani  pastga  transpozitsiya  qilishga 

to‘g‘ri keladi. 

XIX  asr  boshlariga  kelib  o'zida  ikki  qator  kronlar  va  kvart  ventilni 

mujassam  etgan  qo‘sh  «alioma  yaratildi.  Undagi  kvatrventil  yordamida  jk 

sozlanishidagi  valtorna  osonlik  bilan  si-bemol.  Valtornaning  kvartventili 

trombon,  bariton  va  tubalaming  kvartventillaridan  o‘zining  cholg'u  asbobi 

tanasini  uzaytirishi  bilan  emas,  aksincha,  qisqartirishi  bilan  ajralib  turadi. 

sababli yuqori registrdagi tovushlarni ham ancha osonlashdi. Shu bilan birga si- 

sozining diapazoni yanada kengaydi va registrda tabiiy tovushqatoming asosiy 

(eshitilishi  bo‘yicha  kontroktava  si-  va  kontroktavaning  bir  necha  pedal  hosil 

qilish imkoniyati tug'ildi. 

Ammo ikkita mustaqil kronlar tizimidan tashkil topgan qo‘sh valtorna o‘z 

hajmining  noqulayligi  valtornaningt  og‘irligi  sababli  uning  takomili  ustida 

ishlashni  taqozo  qilardi.  Bu  izlanishlar natijasida  ijro  jarayonida  kronlari  bilan 

o‘zaro  bog‘lanuvchi,  bir  cholg‘uning  o‘ziga  o‘matilgan  ikkita  mustaqfl.  kichik 

hajmdagi  mukammalroq  valtorna  yaratildi.  Bu  cholg‘uning  fa  sozida  havo 

oqimi  katta  kichik  (qo'shimcha)  trubka-kronlardan  o'tadi.  Si-bemol  sozida  esa 

(kvartventil  bilan  birgalikdat  faqat  katta  trubka-kronlar  orqali  o‘tadi.  Ba’zi 

zamonaviy  valtornalarda  esa  fa  sozini  mi  ga,  si-bemoi  sozini  (kvartventil 


 

10  


yordamida)  lya  soziga  o'tkazuvchi  qo‘shimcha  beshinchi  ventil  o'rnatilgan.  U 

asosan yopiq tovushlami transpozitsiya qilmasdan chalishga yordam beradi. 

Barcha  mis  damli  cholg'ular  orasida  valtorna  o'zining  keng  diapazoni 

bilan  ajralib  turadi.  U  tor  menzurali  uzun  quvuriga  qaramasdan  tabiiy 

tovushqatorda  ikkinchidan  to  o‘n  oltinchi  (ba’zida  o‘n  sakkiz)  oberton 

tovushlarni  hosil  qila  oladigan  cholg‘udir.  Unga  o‘matilgan  ventil  moslamalar 

obertonlar orasidagi intervallar oralig‘ini toidirishga xizmat qiladi va 7, 11, 13 

va  14  obertonlarning  sofligini  ta’minlaydi.  Valtornaning  to‘liq  diapazoni  va 

applikaturasi. 

Valtornaning  tuzilishi  va  takomili  bilan  bog

Ј

liq  bo‘lgan  sezilarli 



o'zgarishlar  uning  tovush  sifati,  tusi  va  dinamikasiga  ta’sir  qilishiga 

qaramasdan,  mis  damli  cholg'ular  orasida  hech  qaysinisi  tembr  va  dinamik 

tovush  bo'yoqlarining  boyligi  jihatidan  ushbu  cholg‘uga  tenglasha  olmaydi. 

Uning tovushi mayin va jozibador, yopiq tovushlari esa tembrlami o‘zgartiradi. 

Pastki  registr  (birinchi  oktava  do  gacha)  mayin  jaranglaydi.  Eng  pastki 

tovushlar esa trombonga o'xshab dag‘alroq eshitiladi. Pastki registming yuqori 

(kichik oktava sol dan baland) tovushlari yorqin ifodali sadolanadi. Ammo o‘rta 

registrda (birinchi oktava do dan ikkinchi oktava re gacha) undanda yorqinroq 

va ifodaliroq hamda keng dinamik diapazonda, ya’ni pp dan ff gacha yangraydi. 

Valtornaning  yuqori  registri  yorqin  va  jarangdor  boiib,  ammo  tovush 

balandlashgani  sari  ziddiyatli  eshitiladi.  Uning  eng  yuqori  tovushlari  (ikkinchi 

oktava lya-bemol va undan baland) p chalish uchun qiyinchilik tug‘diradi G’ va 



ff da keskin jaranglaydi. 

Valtorna keng texnik imkoniyatlarga ega. Unda tez sur’atdagi diatonik va 

xromatik  passajlami,  oktava  intervaligacha  bo‘lgan  sakrashlami,  qo‘sha  va 

uchtalik  stakkatolarni,  yuqori  registrda  lab  trellarini  (ventillar  bilan 

bajariladiganlari  noaniq  chiqadi)  ijro  qilish  mumkin.  Shunday  bo‘lsa-da,  bu 

cholg‘u uchun ko‘proq osoyishta va kuychan sadolanish xosdir. 



 

11  


Valtornada  surdinadan  juda  kam  foydalaniladi.  Chunki  undagi  yopiq 

tovushlaming  o‘zi  surdinaga  hojat  qoldirmaydi.  Yopiq  tovushning  boshqacha 

ko‘rinishi: o‘ng qo'lni ichkariga chuqurroq tiqqan holda sforzando chalinadi va 

bunda o‘tkir jaranglagan tovush hosil bo'ladi. Valtornada yorqin kuchli tovush 

chiqarish  uchun  uning  karnayi  yuqori  ko‘tariladi  va  quyidagicha  ifodalanadi: 

(ital. — campala in aria, frans. — pavilion en lair, nem. — schalltrichter in die 



Hohe). 

Valtornaning katta,  to‘liq  diapazoni  orkestrda  va  hatto  yakka  ijroda  ham 

hamisha  qo‘llanilavermaydi.  Simfonik  orkestrda  cholg‘uning  to‘liq  tovush 

hajmi  to‘rtta  (ba’zida  oltita)  valtorna  orasida  taqsimlanadi.  Bunda  birinchi, 

uchinchi  va  beshinchi  partiyalarga  yuqori  tovushlar,  ikkinchi,  to‘rtinchi  va 

oltinchi partiyalarga pastroq tovushlarni chalish vazifasi topshiriladi. 

Melafon  (ital.  —  melofono,  frans.  —  melophone,  nem.  —  melophori) 

ko‘rinishi  jihatidan  valtor-  naga  o‘xshasa-da,  undan  birmuncha  qisqaroqdir. 

Tembri  valtornaga  yaqin  va  truba  tovushiga  ham  o‘xshaydi.  Melafon 

transpozitsiya  qilinuvchi  cholg‘u  bo'lib,  skripka  kalitida  ifodalanadi  va  fa 

sozlanishida yozilishiga qaraganda kvinta past eshitiladi. Melafon diapazoni. 

Melafonning pastki registri to‘liq, lekin og‘ir, qo'polroq sadolanadi. 0‘rta 

registri  ifodali,  yuqori  registri  esa  ziddiyatli  va  eng  baland  tovushlari  nafas 

bosimi  orqali  hosil  qilinadi.»Yopiq  tovushlar  valtornadagiga  o‘xshab 

chiqariladi va ba’zida surdina ham qollaniladi. 

 

CHOLG’UNING O’ZBEKISTONGA KIRIB KELISHI 

Ovro‘pa  cholg‘ulari  bizga  ruslar  orqali  kirib  kelgan  bo‘lsa,  Rossiyaga 

ham  xorijdan  kelganligi  tarixdan  ma’lum.  Lekin  u  davrda  damli  cholg‘ularda 

chalishga  o‘rgatishning  asosan  ustoz-shogird  uslubi  rivojlangan  bo‘lib, 

o‘qitishning  ma’lum  bir  tizimdagi  uslubiyati  shakllanmagan  edi.  Aka-uka 

Anton  va  Nikolay  Rubinshteynlar  tomonidan  1862  yili  Peterburg  va  1866  yili 



 

12  


Moskva  konservatoriyalari  ochiladi.  Ushbu  o‘quv  yurtlariga  Germaniya, 

Chexiya,  Polsha  va  boshqa  xorijiy  mamlakatlardan  kelgan  sozandalar 

o‘qituvchi  sifatida taklif  qilinadi. Fleytachilardan F.Vaterstraata, V.Kerchman, 

goboychilar  V.Shubert,  V.Dente,  klarnetchilar  K.Simmerman,  V.Brekker, 

trubachilar V.Vurm, V.Brandt, trombonchi X.Brok, fagotchi I.Kristel va boshqa 

ustozlar tomonidan damli cholg‘ularda o‘qitishning yo‘lga qo‘yilishi natijasida 

mahalliy  kadrlar  yetishib  chiqdi.  Bular  -  fleytachi  V.N.Tsibin,  goboychi 

N.V.Nazarov,  valtornachilar  V.N.Saloduyev  va  V.M.Buyanovskiy,  klarnetchi 

S.V.Rozanov,  fagotchi  I.I.Kostlan,  trubachi  M.I.Tabakov,  trombonchi 

V.M.Blajevich  va  boshqalar.  Ularning  ichida  o‘z  ishining  ustasi  bo‘lgan  yosh 

iqtidorli  sozandalar  ijrochilik  faoliyati  bilan  birgalikda  shogirdlar  tayyorlash 

ishiga ham katta e’tibor bera boshlaydilar.  

O‘zbekistonga  Ovro‘pa  damli  va  zarbli  cholg‘ulari  asosan  ruslarning 

istilosidan  keyin  kirib  kela  boshlagan.  Shu  vaqtdagi  harbiy  orkestrlar  va 

ularning  kapelmeysterlari  damli  cholg‘ularning  jonkuyar  targ‘ibotchilari 

hisoblanadi.  Bulardan  N.N.Mironov,  A.F.Eyxgorn,  F.V.Leysek  va  boshqalar 

orkestr ijrochiligi bilan birgalikda mahalliy xalqlar kuylarini to‘plab, turli damli 

cholg‘ularga  va  orkestrga  moslab  chaldirganlar  va  shu  yo‘l  bilan  Ovro‘pa  va 

Osiyo xalqlarini kuylar va cholg‘ular orqali bir-biriga yaqinlashtirishga harakat 

qilganlar. 



 

13  


O‘QUVCHINING MUSIQA SAN’ATIGA VA TAVSIYA QILINGAN 

CHOLG‘UGA BO‘LGAN MUNOSABATINI TARBIYALASH 

 

Damli  cholg‘ularda  o‘qish  istagini  bildirgan  nomzodning  to‘g‘ri 

tanlanganligiga  muallimning  ishonchi  hosil  bo‘lishi  uchun  bolaning  jismoniy 

rivojlanishini  va  cholg‘u  asbobiga  to‘g‘ri  tavsiya  qilinganligini  takroran 

tekshirib  u  bilan  suhbatlar  o‘tkazishi  maqsadga  muvofiqdir.  O‘qituvchi 

shogirdining  mazkur  cholg‘uni  tanlagani  va  unda  o‘qib  ketishiga  ko‘zi 

yetgandan  keyingina  o‘quvchini  cholg‘uning  tuzilishi,  sozlanishi  va  bo‘laklari 

bilan tanishtiradi va unga cholg‘u asbobi anjomlari (mundshtuk, trost, baraban 

va ksilofon cho‘plari va hk.) tanlashga kirishadi.  

Birinchi  mashg‘ulotlarni  cholg‘u  asbobining  imkoniyatlarini  namoyish 

qiladigan  milliy  yorqin  kuylarni  chalib  berish  orqali  o‘quvchini  qiziqtirish 

hamda  mazkur  cholg‘u  haqida  qiziqarli  hikoya  qilib  berish  bilan  boshlaydi. 

Agarda  o‘quvchi  avvalida  ana  shu  cholg‘uda  o‘qigan  va  ma’lum  malakalarni 

egallagan bo‘lsa bunda ish yanada oson kechadi. 

O‘qituvchining  bosh  vazifasi  shogirdida  mutaxassislik  darsiga  va 

tanlagan  cholg‘u  asbobiga  nisbatan  muhabbat  uyg‘otishdir.  U  o‘quvchini 

qiziqtirish  va  ta’sir  qilish  orqali  undagi  ruhiy  jarayonni  (qabul  qilish,  diqqat, 

xotira  qobiliyati,  fikrlash  va  h.k.)  faollashtiradi.  Bunda  muallimning 

mutaxassislik sinfida o‘zi ijro qilib ko‘rsatishi, konsertlarda chiqishi, ochiq dars 

o‘tishi, sinf konsertlari berishi, nota adabiyotlarining rang-baranglaridan tanlab 

o‘rgatishi, “muammoli dars” o‘tishi kabi omillarning ahamiyati juda katta. 

Darsda yuqori kurs talabalari ijrosini quyi kursdagilar kirib tinglashlari va 

buning teskarisini qo‘llanilishi ham katta samara beradi. Talabada o‘qituvchilik 

malakalari va ko‘nikmalari  shakllana boradi hamda u pedagogik amaliyotning 

birinchi  pog‘onalarini  his  qilish  imkoniyatiga  ega  bo‘ladi.  Ayniqsa  mashhur 

ijrochilar  chalgan  magnit  va  mexanik  yozuvlar  CD  va  DVD  disklarni  eshitish 



 

14  


hamda ko‘rish, ularning konsertlariga borib jonli ijrolaridan bahramand bo‘lish, 

uchrashuvlarda o‘zlari bilan muloqotda bo‘lish o‘quvchi uchun katta ahamiyat 

kasb etadi. 

O‘qituvchi  talabaga  repertuar  tanlashda  har  bir  shogirdining  shaxsiy 

xususiyatlarini, uning xohishi, qiziqishi va imkoniyatlarini hisobga olgan holda 

ish yuritishi lozim. Ayniqsa milliy xususiyatlardan kelib chiqqan holda qadimgi 

ustozona  ta’lim  berish  yo‘llari  va  ilg‘or  metodologiyalarga  asoslangan  turli 

uslublardan foydalanish ishning muvaffaqiyatini ta’minlaydi. 

 

O‘QUVCHINING CHOLG‘U ASBOBIGA KO‘NIKISH HOLATINING 

UMUMIY VAZIFALARI 

 

O‘quvchining tavsiya qilingan cholg‘uga ko‘nikish hosil qilishi murakkab 

jismoniy va ruhiy jarayon bo‘lib, bunda har bir o‘quvchiga mustaqil yondashish 

talab etiladi. Ta’limning dastlabki mashg‘ulotlaridan boshlab shogirdga cholg‘u 

asbobi, unga mos anjom (mundshtuk, trost, shtift, es «S» va h.k)lar tanlash juda 

muhim.  Yaxshi  tanlangan  cholg‘u  keyingi  muvaffaqiyatlar  garovi  bo‘lib,  uni 

to‘g‘ri  ushlash  va  ijro  holati  paytida  butun  tana  a’zolari,  mushaklarni  erkin 

tutish  va  doimo  ustoz  nazorati  ostida  bo‘lish  zarur.  Bu  davrda  o‘quvchilarda 

yengil va bemalol chalishga ruhiy ko‘nikmalar hosil qilinadi. Bosh, gavda, qo‘l 

va  oyoqlarni  erkin  tutish,  o‘tirib  chalgan  paytda  oyoqlarni  chalishtirmaslik 

malakalari  singdiriladi.  O‘quvchining  jag‘  suyaklari  va  tishlarning  har  xil 

rivojlanganligi  natijasida  cholg‘uni  ushlash  holati  har  bolada  turlicha  bo‘lishi 

mumkin.  Bunda  tishlarning  notekisligi  natijasida  mis  cholg‘ularni  chap  yoki 

o‘ng  tomonga  qiyshaytirib  ushlashi,  jag‘  suyaklarining  shakllanishiga  qarab 

ko‘proq  yuqoriga  yoki  pastga  qaratib  ushlash  holatlari  kuzatiladi.  Ijrochilik 

tajribasida  bunday  o‘quvchilarga  ustozning  tavsiyasiga  qarab  turli  shakldagi 



 

15  


mundshtuklar tanlanadi. Kezi kelganda ular maxsus buyurtma orqali yasatiladi 

va o‘quvchining imkoniga moslangan holda qo‘llaniladi. 

Ijrochilik  nafasini  to‘g‘ri  yo‘lga  qo‘yishda  o‘quvchi  nafas  olganda 

o‘pkaning  pastki  qismlari  to‘lishini  sezishi  uchun  oldin  uni  stolga  yotqizgan 

holda tabiiy nafas oldirish va diafragma ishini tushuntirish, so‘ngra ikkala qo‘l 

barmoqlari  (ko‘rsatkich,  o‘rta,  nomsiz,  jimjiloq)ni  qorin  va  bosh  barmoqlarni 

biqiniga  qo‘ygan  holda  nafas  olish  va  asta  sekin  chiqarish  mashqlarini 

bajartirish  maqsadga  muvofiq.  Bunda  shogirdning  o‘pka  qopchalarini  pastdan 

to‘lishi,  diafragma  mushaklari  kengayishi  va  qisqarishini  o‘z  tanasi  va 

barmoqlari orqali sezadi, ko‘radi va kelgusida shunga amal qiladi. 

Xususan  o‘quvchiga  audio,  video  yozuvlar  va  ulardan  qanday 

foydalanish, mashhur sozandalar ijrolarini yig‘ish va muntazam tinglab borish, 

shogird  bilan  ularning  ijrolari  to‘g‘risida  mulohaza  va  muhokamalar  yuritish 

ta’limda juda yaxshi samara berishi muqarrar. 



 

IJRОCHILIK BОSQICHLARI 

 

Valtоrna  chоlg’usini  chalishni  o’rganmоqchi  bo’lgan  nоmzоd  jismоniy 

barkamоl,  nafas  yo’llari,  o’pkalari  tоza  va  sоg’lоm,  tish  va  jag’lari,  lab  va 

chakka  mushaklari,  barmоqlari  va  tana  tuzilishi  nоrmal  rivоjlangan  bo’lishi 

juda  muhim.  Chunki  damli  chоlg’ularni  chalishda  bоshqalarga  qaraganda 

ko’prоq  jismоniy  kuch  talab  etiladi.  Shuning  uchun  ham  damli  chоlg’ularda 

o’qitishga  tanlanadigan  nоmzоdlar  10-12  yoshga  kirgan  bo’lishlari  maqsadga 

muvоfiq.  Ammо  keyingi  yillarda  mamlakatimizda  6-7  yoshli  bоlalarni  blоk 

fleytalarda  bоshlang’ich  tayyorgarlikdan  o’tkazish  оrqali  damli  chоlg’ularda 

o’qitish tajribasi qo’llanilmоqda. 

Hоzirgi  paytda  9-10  yoshga  to’lgan,  jismоniy  tоmоndan  sоg’lоm,  tabiiy 

eshitish  qоbiliyatiga,  ritm  va  musiqali  xоtiraga  ega  bo’lgan  bоlalarni  klarnet 



 

16  


chоlg’usida  o’qitish  uchun  tavsiya  qilinadi.  Ushbu  chоlg’uga  o’quvchi 

tanlashda  uning  tish,  lab,  barmоqlar  va  ko’krak  qafasini  tuzilishiga,  ayniqsa 

pastgi tishlarga ahamiyat berish kerak, ular bir tekisda bo’lishi shart, chunki ijrо 

jarayonida pastki lab tishning ustiga bir оz qayirilgan hоlda labga zich bоsilib 

turadi. Tishlar nоtekis va qiyshiq bo’lsa, labni kesib оg’riq berishi mumkin.  

Tajriba  shuni  ko’rsatadiki,  pastki  labi  to’larоq  bo’lgan  ijrоchilarning 

tоvushi  mayin,  оhangli  va  bоy  tembrga  ega  bo’ladi.  Barmоqlarning  tezligi  va 

chaqqоnligi  klarnetda  ijrо  texnikasining  asоsidir,  shuning  uchun  barmоqlar, 

ayniqsa  jimjilоq  barmоqlar,  uzun  va  quvvatli  bo’lishi  maqsadga  muvоfiqdir. 

Amaliy  mashg’ulоtlar  o’tishdan  оldin,  o’qituvchi  o’quvchiga  klarnetning 

tuzilishi, undan to’g’ri fоydalanish va saqlash qоidalari bilan tanishtirishi lоzim. 

Birinchi  mashg’ulоtlardan  bоshlab  o’quvchining  tanasini  bir  tekista  tutishiga, 

bоshini  to’g’ri  hоlatda  ushlab,  ya`ni  bоshni  juda  baland  ko’tarmasdan  yoki 

pastga  qaratmasdan,  qo’llar  esa  tanaga  yopishib  turmasdan  bir  оz  ko’tarilgan 

hоlda bo’lishiga ahamiyat berish kerak. 

O’qituvchi  o’quvchining  klarnetda  birinchi  tоvush  chiqarish  jarayonida, 

uning lab apparatini to’g’ri hоlatda bo’lishini, mundshtukni to’g’ri qo’yilishi va 

tоvush  chiqarishda  tilning  aniq  talaffuzini  kuzatib  bоrishi  kerak.  Tоvushni  bir 

tekisda  chiqishiga,  intоnasiyaning  aniqligiga  va  nafasni  to’g’ri  оlishiga  katta 

ahamiyat berish zarur.  

 

NAFAS OLISHNI ORGANISH 

Insоn оrganizmida  nafas  asоsiy o’rin tutadi va o’pkaga оlingan kislоrоd 

iste`mоl  qilingan  har  xil  uglevоdlar,  yog’  va  оqsillarning  parchalanishida 

muhim  rоl  o’ynaydi.  Nafas  оlingan  paytda  havо  burun  teshiklaridan 

changlardan tоzalangan va birоz  qizigan hоlda o’pkaga o’tadi. O’pkalar оdam 

ko’krak qafasida jоylashgan ikkita elastik qоpchalar bo’lib, ularga nafas оlinib 

to’lganda  ko’krak  qafasi  kengayadi  va  qоrin  diafragmasi  pastga  cho’ziladi. 


 

17  


Nafas  chiqarilganda  esa  aksincha  hоlat  yuz  beradi.  Insоn  o’pkasi  hajmining 

nafas  sig’imi  3500-4500  ml  bo’lib,  jismоniy  mashqlar  va  suzish  bilan 

muntazam  shug’ullanish  natijasida  uning  havо  sig’imi  hajmini  6000  ml  ga 

yetkazish mumkin. 

Insоn tinch  turgan paytda  bir  minutda 18-20  marta  nafas  оlib  chiqaradi. 

Bu оddiy nafas hisоblanadi. Ijrоchilik nafasi bilan оddiy nafas bir-biridan farq 

qiladi. Оddiy nafas burundan erkin оlinadi, uning оlinish va chiqarilish vaqtlari 

bir-biriga  tengdir.  Chоlg’u  asbоbida  tоvushning  balandligi,  kuchi,  tembri  va 

davоmiyligini ta`minlash uchun nafaqat til zarbi yoki lab mushaklari ishi balki, 

ijrоchilik nafasi eng muhim оmillardan hisоblanadi. Chunki tоvushning paydо 

bo’lishida  til  birinchi  zarb  (attaka)ni  berib  tоvush  hоsil  qilsa  uning 

davоmiyligini, ya`ni cho’zimini nafasning uzluksiz оqimi ta`minlaydi. 

Ijrоchilik nafasi оngli ravishda оg’iz burchaklari оrqali оlinadi (uzluksiz 

nafasdan  tashqari)  va  оlinishida  tez,  chiqarilishida  esa  tejamkоrlik  bilan  asta 

sekin sarflanadi.  

Ijrоchilik  nafasini  оg’iz  оrqali  оlgan  paytda  u  til  chekkalariga  tegib 

tоmоqni  qisgan  hоlda  оlinsa  shоvqinli  xissillagan  tоvush  hоsil  bo’ladi  va  u 

barchaga xalaqit beradi. Bunday kamchilikdan juda ehtiyot bo’lish zarur. 

Ijrоchilik nafasida o’pkaning to’liq hajmidan fоydalaniladi. Uning asоsan 

uch turi mavjud bo’lib, bular: 

 

o’pkaning yuqоri qismi havоga to’lishi natijasida ko’krak qafaslari 



kengayadi,  qоrin  bo’shlig’i  (diafragma)esa  passiv  hоlati  ko’krak 

nafasi bo’ladi; 

 



o’pkaning  pastki  qismi  havоga  to’lishi  natijasida  qоrin  bo’shlig’i 

(diafragma)  pastga  cho’ziladi.  Ko’krak  qafaslari  esa  passiv  hоlati 



qоrin nafasi bo’ladi; 

 



o’pkaning  butun  hajmi  havо  bilan  to’ladi,  bunda  оlingan  nafas 

o’pkaning  pastki  qismidan  to’lishib,  qоrin  (diafragma)  pastga 



 

18  


cho’ziladi  va  yuqоri  qismi  ham  to’lishi  natijasida  ko’krak  qafasi 

kengayadi. Bu ko’krak va qоrin nafaslarining aralashgan turi bo’lib, 

ijrоchilikda eng ko’p qo’llaniladigan samarali nafasi aralash nafas 

hisоblanadi. quyidagi rasmda nafas apparatining hоlati ko’rsatilgan 

(keyingi sahifaga qarang). 

Diafragmani  nasоsga  va  o’pkalarni  nafas  xalqumiga  havоni  haydоvchi 

temirchining meshqоpiga o’xshatish mumkin. O’pkaning pastki qismi kengrоq 

bo’lib, unga ko’prоq havо sig’adi. 

Nafas  оlish  paytida  o’pkalarning  bоsimi  оstida  diafragma  pastga 

cho’ziladi.  Nafas  chiqarishda  esa  diafragma  sekin  ko’tariladi,  lekin 

bo’shashmaydi.  Ushbu  nafas  turlaridan  tashqari  Kavkaz  xalqlari  damli 

chоlg’uchilari  va  O’zbekistоn  surnaychilarida  qaytarma  nafas  yoki  Xоrazmda 

dam  aylantirish  deyiladigan  nafas  turi  hоzirgi  davrda  ham  qo’llaniladi.  Bunda 

ijrоchi lunjini shishirgan hоlda unda zahira havоni saqlaydi va burundan nafas 

оlayotgan  paytida  o’sha  havоni  chakka  mushaklari  yordamida  surnay 

naychasiga yo’llaydi.  

Natijada  o’pkaga  havо  ham  оlinadi  va  surnayga  yubоrilayotgan  nafasda 

ham uzilishga yo’l qo’yilmaydi va uzluksiz tоvush hоsil bo’ladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

a) оld tоmоndan ko’rinishi 



b)yon tоmоndan ko’rinishi 

 

19  


 

Nafas chiqarishdagi hоlat asоsiy chiziqlar bilan, nafas оlishdagi hоlat esa 

uzilgan-punktir chiziqlar bilan belgilangan. 

1— o’pkalar;  

2 —yurak;  

3 — nafas chiqargan hоlatdagi diafragmaning ko’rinishi;  

4 — nafas оlish hоlatidagi diafragmaning ko’rinishi;  

5 — nafas chiqargan hоlatdagi ko’krak qafasi;  

6 — nafas оlish hоlatidagi ko’krak qafasi;  

7 — nafas chiqargan hоlatdagi qоrin devоri;  

8 — nafas оlish hоlatidagi qоrin devоri. 

Bundan maqsad qadimda va hоzir ham musiqiy tоvushning uzluksizligi, 

kuy-оhang  vaqt  bo’shlig’ini  to’ldiruvchi,  qadimgi  devоrlardagi  islimiy 

naqshlarga  o’xshab  uzilmasdan,  insоn  ruhiga  оziq  beruvchi  оmil,  ya`ni 

оllоhning  ne`mati  deb  hisоblanadi.  Shuning  uchun  ham  u  ma`lum  muddat 

ichida qancha ko’prоq davоmli bo’lsa shuncha yaxshidir. 

Ijrоchilik  nafasining  qaysi  shakli  bo’lishidan  qat`iy  nazar  sоzanda  uni 

оlgan  -  ya`ni  o’pkasini  havоga  to’ldirgan  paytda  ilоji  bоricha  yelkalar 

ko’tarilmagani  ma`qul.  Shuningdek,  nafasni  puflash,  ya`ni  sarflash  jarayonida 

o’pkada  zahira  nafas  qоlishi  kerak.  Chunki  u  o’pkani  qaytadan  havоga 

to’ldirishda katta ahamiyatga ega. 

Musiqiy asarlarda nafas оlinishi mumkin bo’lgan va mumkin bo’lmagan 

jоylar  mavjud  bo’lib,  ularga  riоya  qilinsa  kuy  jumlasi,  davriyasi  va  umuman 

musiqa  matni  badiiy  ifоdali  chiqadi  va  uzilishlarga  yo’l  qo’yilmaydi.  Kuy 

matnida nafas оlinishi mumkin bo’lgan jоylar quyidagilar hisоblanadi: 

 


 

20  


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1.

 



Оg’iz aylanma payi 

2.

 



Yuz muskul payi 

3.

 



Jag’ payi 

4.

 



Kulgich payi 

5.

 



Tepa lab kvadratpayi 

6.

 



Pastki lab kvadrat payi 

7.

 



Uchburchak pay 

 


 

21  


QO’L VA BARMОQLAR HARAKATI, UNING AHAMIYATI VA 

RIVОJLANTIRISH YO’LLARI 

 

Damli  va  zarbli  chоlg’ularda  ijrоchilik  mahоrati  barmоqlar  harakati, 



tilning  bajaradigan  vazifasi,  lab  va  nafas  оrganlari  ishi  bilan  chambarchas 

bоg’liq  bo’lib,  ular  bir-biriga  mutanоsib  kelgandagina  umumiy  ijrоchilik 

apparati harakatga keladi va ijrо jarayoni amalga оshiriladi. 

Barmоqlar harakati mоhiyatini  tushunish uchun qo’l va barmоqlar skleti 

tuzilishini ko’rib chiqiishimiz zarur. Ular quyidagicha: yelka, bilak, panja оldi, 

panja  va  barmоq  bo’g’inlari  suyaklaridan  tashkil  tоpgan.  Bоsh  barmоqdan 

tashqari barcha barmоqlar uch bo’g’indan ibоrat bo’lib, asоsiy, o’rta, va tirnоq 

bo’g’inlariga ajratiladi. Bоsh barmоqda esa asоsiy va tirnоq bo’g’ini mavjud. 

Chоlg’u  asbоbida  barmоqlar  jоylashuvi  (applikatura)ning  tabiiy  hоlati 

ijrо mahоratini egallashning birinchi bоsqichi hisоblanadi.  

Ayniqsa  klarnet    chоlg’ular  pardalarida  o’quvchi  barmоqlari  yarim 

egilgan tabiiy hоlatda bo’lishi, yuqоriga оrtiqcha ko’tarilmasligi, yon tоmоnga 

surilib ketmasligi zarur.  

Ijrоchilik  mahоratini  egallashning  ikkinchi  bоsqichida  gamma,  uch 

tоvushlik,  ayniqsa  arpedjiоlarning  turli  aylanmalari  har  xil  mashq  va 

eetyudlarni  chalish  juda  muhim.  Shuningdek,  barmоqlar  harakatchanligini 

rivоjlantirishda bidratma (trel)larni chalish fоydali. Bunda barmоqlar ko’tarilib 

tushishi izchilligi ravоn va bir tekkisda bo’lishiga e`tibоr qaratish lоzim.  

Ijrоchilik  mahоratini  egallashning  uchinchi  bоsqichida  qo’shimcha 

applikaturani  qo’llash  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  qo’shimcha  applikatura 

tоvushqatоrni  yanada  qulay  va  tez  chalish  yoki  tоvushning  intоnasiya  sifatini 

tоza chiqarish maqsadlarida qo’llaniladi. 



 

22  


VALTОRNA CHОLG’USINING TARKIBIY QISMI 

 

23  


VALTОRNA CHОLG’USI VENTILLARINI MОYLASH VA TERISH 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

PRОBKALARNI ALMASHTIRISH 

 

24  


CHOLG’UDA IJROCHILIK HOLATLARI 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

chap qo’l holati

 

o’ng qo’l holati to’gri 



 

o’ng qo’l holati 

noto’gri

 

Mundshtukning labda turish holati 



 

 

25  


MUNDSHTUK 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

VALTОRNA CHОLG’USINING APPLIKATURASI 

 

26  


Chоlg’uda eshitilishi   

 

 

Fоrtepianоda eshitilishi 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

APPLIKATURA VA BOSHLANG’ISH MASHQLAR 



 

 

 

 



 

Ochiq ovozda 



 

27  


 

28  


 

29  


LEGATO UCHUN MASHQLAR

 

30  


STOKKATO UCHUN MASHQLAR  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



SEYALI DEVUSHKI YAROY XMEL’ 

 

31  


QO‘L VA BARMOQLAR HARAKATI, UNING AHAMIYATI VA 

RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI 

 

Damli  va  zarbli  cholg‘ularda  ijrochilik  mahorati  barmoqlar  harakati, 

tilning  bajaradigan  vazifasi,  lab  va  nafas  organlari  ishi  bilan  chambarchas 

bog‘liq  bo‘lib,  ular  bir-biriga  mutanosib  kelgandagina  umumiy  ijrochilik 

apparati harakatga keladi va ijro jarayoni amalga oshiriladi. 

Barmoqlar harakati mohiyatini tushunish uchun qo‘l va barmoqlar skleti 

tuzilishini ko‘rib chiqiishimiz zarur. Ular quyidagicha: yelka, bilak, panja oldi, 

panja  va  barmoq  bo‘g‘inlari  suyaklaridan  tashkil  topgan.  Bosh  barmoqdan 

tashqari barcha barmoqlar uch bo‘g‘indan iborat bo‘lib, asosiy, o‘rta, va tirnoq 

bo‘g‘inlariga ajratiladi. Bosh barmoqda esa asosiy va tirnoq bo‘g‘ini mavjud. 

Cholg‘u  asbobida  barmoqlar  joylashuvi  (applikatura)ning  tabiiy  holati 

ijro  mahoratini  egallashning  birinchi  bosqichi  hisoblanadi.  Ayniqsa  trostli 

cholg‘ular  pardalarida  o‘quvchi  barmoqlari  yarim  egilgan  tabiiy  holatda 

bo‘lishi,  yuqoriga  ortiqcha  ko‘tarilmasligi,  yon  tomonga  surilib  ketmasligi 

zarur.  Mis  cholg‘ularda  esa  barmoqlar  cholg‘u  asbobi  pardalaridan  uzilmagan 

holda harakatlanmog‘i kerak.  

Ijrochilik  mahoratini  egallashning  ikkinchi  bosqichida  gamma,  uch 

tovushlik, ayniqsa arpedjiolarning turli aylanmalari har xil mashq va etyudlarni 

chalish  juda  muhim.  Shuningdek,  barmoqlar  harakatchanligini  rivojlantirishda 

bidratma  (trel)larni  chalish  foydali.  Bunda  barmoqlar  ko‘tarilib  tushishi 

izchilligi ravon va bir tekkisda bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim. 

Ijrochilik 

mahoratini 

egallashning 

uchinchi 

bosqichida 

qo‘shimcha 

applikaturani  qo‘llash  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Qo‘shimcha  applikatura 

tovushqatorni yanada qulay va tez chalis

h yoki tovushning intonasiya sifatini toza 

chiqarish maqsadlarida qo‘llaniladi. 


 

32  


 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

VINTELDA APPLIKATURANI O’ZGARTIRISH UCHUN MASHQLAR 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



   

ETYUD 

 

33  


 

34  


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

35  


 

ETYUD 

KANON 

ETYUD 

 

36  


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

ALLA 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



ETYUD 

 

37  


KASB BO‘YICHA MUALLIM USTOZ VA MURABBIY 

 

San’at  sohasining  mutaxassislik  sinfida  ta’lim  va  tarbiya  jarayoni 

uzluksiz,  yakka  tarzda  olib  boriladi.  Buning  asosiy  sabablaridan  biri  har  bir 

talabaga  haftada  kamida  ikki  soat  yakka  holda  dars  o‘tilgandan  keyin 

mutaxassislik  fani  o‘qituvchisi  talaba  uchun  o‘z  ota-onasidek  yaqin  bo‘lib 

qoladi.  Shunday  ekan  mutaxassislik  bo‘yicha  muallimning  ham  o‘z 

shogirdlarini har tomonlama kamol topishidagi ma’suliyati juda yuksakdir. 

G.G.Neygauz  o‘zining  ko‘p  yillik  tajribasidan  kelib  chiqib  shunday 

degan:  O‘qituvchining  eng  asosiy  vazifalaridan  biri  bu  -  o‘quvchiga  kerak 

bo‘lmay  qolishidir.  Ya’ni,  o‘quvchiga  zarur  bo‘lgan  nazariy  va  amaliy 

bilimlarni, yo‘l- yo‘riqlarni ko‘rsatib borish zarur. 

Buning uchun o‘quvchiga: 

Mustaqil fikrlashni, 

Asar uslubi ustida ishlashni, 

Maqsadga yaqinlashib, o‘zini kashf etishni o‘rgatish lozim. 

Yosh  mutaxassislarni  tayyorlashda  eng  murakkabi  musiqani  estetik 

qarash  bilan  baholash,  ya’ni  estetik  baho  bera  olishni  singdirish  lozim.  Nima 

yaxshi,  nima  yomon.  Nima  chiroyli,  nima  xunukligini  farqiga  bora  olishni 

uqdirish  kerak.  O‘tmishni  boy  madaniyati  bilan  ruhiy  bog‘lanishni  singdirish. 

Bunda o‘quvchini vatanparvarlik, yurtiga sodiqlik va boshqa ijobiy xislatlarga 

ega qilish asosiy vazifalardandir. 

V.A.Suxomlinskiyni  asarlarida  “Tarbiya  -  nazariy  fikr  yuritish  bor 

bo‘lgan joydan boshlanadi” - degani ayni haqiqatdir. 

Mutaxassislik  sinfida  tarbiyalashning  turli  shakllari  mavjud  bo‘lib, 

mashhur  ustozlar bu  jarayonga turlicha  yondoshganlar.  Masalan:  yakka  suhbat 

va  sinf  majlislari  o‘tkazish,  ko‘pchilik  bo‘lib  jamoat  joylariga  va  ko‘ngil 

so‘ragani  borish,  konsertlar  berish,  ijrochi  sozandalar  haqidagi  kitoblarni 


 

38  


mutola  qilish,  ayniqsa  keyingi  paytlarda  internet  saytlardan  mashhur  ijrochilar 

hayoti  va  ijodi  bilan  tanishish  va  ijrolarini  eshitish  kabi  tadbirlar  hamda 

shogirdlarining shakllanishida ustozning shaxsiy namunasi katta rol o‘ynaydi. 

Sozandani  kasbga  tayyorlashda  bolalar  musiqa  va  san’at  maktablari 

boshlang‘ich asosiy o‘quv dargohi sifatida xizmat qilsa, kasb hunar kollejlari va 

Akademik  litseylari  o‘rta  bo‘g‘inni  tashkil  qiladi.  Ushbu  o‘quv  maskanlarida 

o‘qituvchining  o‘z  ustida  ishlashi,  ijrochilik  mahorati,  musiqiy  adabiyotlardan 

xabardorligi,  kasbiga  muhabbati,  o‘z  ishiga  mas’uliyat  hissi,  tashabbuskorligi 

va  izlanuvchanligi,  tanqidni  to‘g‘ri  qabul  qilishi  va  boshqa  sifatlarni  o‘zida 

mujassamlashtirishi  juda  muhimdir.  U  o‘z  amaliyotida  yangi  nota  va  uslubiy 

adabiyotlar,  texnik  vositalarni  qo‘llashi,  referat  va  ma’ruzalar  tayyorlashi, 

ayniqsa  xalq  kuylari  va  klassik  asarlardan  o‘z  cholg‘usiga  moslashtirishi  va 

tinmay o‘z ustida ishlashi katta ahamiyatga ega. 

 


 

39  


 

MUNDARIJA 

1.

 



 

Kirish

 

4   bet 

2.

 



 

Valtоrna chоlg’usining rivоjlanish tarixi

 

7  bet 

3.

 



 

Cholg’uning o’zbekistonga kirib kelishi 

11  bet 

4.

 



 

O‘quvchining musiqa san’atiga va tavsiya qilingan cholg‘uga 

bo‘lgan munosabatini tarbiyalash 

13  bet 

5.

 



 

O‘quvchining cholg‘u asbobiga ko‘nikish holatining umumiy 

vazifalari 

14  bet 

6.

 



 

Ijrоchilik bоsqichlari 

15  bet 

7.

 



 

Nafas olishni organish 

16  bet 

8.

 



 

Qo’l va barmоqlar harakati, uning ahamiyati va rivоjlantirish 

yo’llari 

21  bet 

9.

 



 

Valtоrna chоlg’usining tarkibiy qismi 

22  bet 

10.


 

 

Valtоrna chоlg’usi ventillarini mоylash va terish 



23  bet 

11.


 

 

Cholg’uda ijrochilik holatlari 



24  bet 

12.


 

 

Mundshtuk 



25  bet 

13.


 

 

Valtоrna chоlg’usining applikaturasi 



25  bet 

14.


 

 

Applikatura va boshlang’ish mashqlar 



26  bet 

15.


 

 

Legato uchun mashqlar 



27  bet 

16.


 

 

Stokkato uchun mashqlar  



30  bet 

17.


 

 Qo‘l va barmoqlar harakati, uning ahamiyati va rivojlantirish yo‘llari



 

31  bet 

18.


 

 

Vintelda applikaturani o’zgartirish uchun mashqlar 



32  bet 

19.


 

 

Kasb bo‘yicha muallim ustoz va murabbiy 



37  bet 

 

40  


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 

 

1.

 



I.A.Karimоv «Istiqlоl va ma`naviyat» T. «O’zbekistоn» 1994. 

2.

 



O’zbekistоn  Respublikasining  «Ta`lim  to’g’risida»gi  Qоnuni.  «Xalq  so’zi» 

1997-yil 30 sentyabr . 

3.

 

Respublikada  musiqiy  ta`limni,  madaniyat  va  san`at  o’quv  yurtlari  faоliyatini 



yaxshilash to’g’risida; O’zbekistоn Prezidentining Farmоni. T. 1997. 

4.

 



Akbarоv  I.A.  «Muzika  lug’ati».  G’.G’ulоm  nоmidagi  adabiyot  va  san`at 

nashriyoti. 1987. 

5.

 

B.Matyoqubov  “Damli  va  zarbli  cholg‘ularda  chalishni  o‘rgatish  uslubiyati”  



T. 2008. 

6.

 



T.Yanpоl skiy  «P yesa zarubejno’y kоmpоzitrоv»  

7.

 



V.Pоlex  «Xrestоmatiya dlya valtоrno’»  

8.

 



F.Shоller  «Shkоla igro’ na valtоrno’» 

9.

 



V.Buyanоvskiy  «Izbro’nno’y etyudo’ dlya valtоrno’» 

10.


 

V.Salоdtsev  «Prakticheskоe pоsоbie» 

11.

 

N.Platоnоv A.Mityushin   «Sbоrnik p yes»  



12.

 

A.I.Usev V.Zverev   «Detskiy al bоm» 



13.

 

E.Ya.Semyonоv  «Triо dlya valtоrna» 



 

 

 



Download 186.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling