O’zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonuni qachon qabul qilindi?
2021 y. 11 avgust, O’RQ-707
O’zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonuni nechta bob va nechta moddani o‘z ichiga qamrab oladi?
7 bob va 44 ta moddani qamrab oladi
Rasmiy statistikaning asosiy prinsiplari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping?
mustaqillik
tushunarlilik va shaffoflik;
aniqlik va ishonchlilik;
beg‘arazlik va xolislik;
statistik maxfiylik;
dolzarblik.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qachon qabul qilindi?
PQ–4796-son qaror, 2020 yil 3 avgustda qabul qilindi
2020 — 2025 yillarda O’zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning MILLIY STRATYEGIYaSI qaysi qaror asosida amal qiladi?
PQ–4796-son qaror asosida amal qiladi, 2020 yil 3 avgustda qabul qilingan
2020 — 2025 yillarda O’zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha «YO’L XARITASI» qachon qabul qilindi?
2020 yil 3 avgustdagi PQ–4796-son qaror asosida qabul qilindi
Ommaviy hodisa nima?
Ommaviy hodisa - biror ob’ektlar to‘plamida sodir bo‘lgan voqea, harakat natijasi
Ommaviy jarayon nima?
Ommaviy jarayon - bu ob’ektlar to‘plamida sodir bo‘lgan voqealar oqimi va uning xarakteri, rivojlanish darajalari, to‘plama hodisalar kechishidagi o‘zgarishlar
Statistik kuzatish va uning natijasida to‘planadigan ma’lumotlar qaysi talabga javob berishi shart xisoblanadi?
aniqlik va to'g'rilik;
Do'stlaringiz bilan baham: |