Auto Select Layer soxasi - sichqoncha yordamida aktiv bo’lmagan qatlamni aktiv qilish.
Show Bounding Box - tanlangan soxa chegaralarida ramka xosil qilish. Ushbu ramka yordamida rasmni cho’zish va aylantirish mumkin bo’ladi.
Кadrlovchi - Crop (Кadrirovanie) - [C] - faylning kerak emas qismlarni qirqib olib rasmni kichkinalashtirish. Buning uchun kerakli soxani tanlab ENTER tugmasini bosamiz, agar tanlanishni bekor qilmoqchi bo’lsak ESC tugmasini bosshimiz kerak.
Bo’lish pichoqchasi - Slice (Narezka) - [K] - tasvirni bir nechta qismga bo’lib chiqib uni Internetda qismlarga bo’lingan xolatda chiqarish uchun tayyorlab qo’yadi.
Bo’linishlarni sozlash - Slice select (Vыbor moduley) - [K] - bir nechta qismga bo’lingan tasvirni sozlash (bulaklarni cho’zish).
Xususiyatlar satrida quyidagilar aktiv bo’ladi:
Adobe Photoshop dasturning ish qurollari. Rasm taxrirlash.
Qalam - Pensil (karandash) - [B] - qalam yordamida chizish.
Mo’yqalam - Paintbrush (kist) - [B] - chizish asosiy ish quroli. Agar mo’yqalamdan foydalangan vaqtda Shift tugmasini bosib sichqoncha bilan chizsak, u xolda tugri chiziqlar chiziladi. Shift tugma yordamida sichqoncha bosib nuqtalarni bir - biri bilan bog’lash ham mumkin. Mo’yqalam bilan chizilgan chiziqlar qalamga qaraganda chegaralari aniq ko’rinmaydi.
Xususiyatlar satrida quydagilar aktiv bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |