Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


O‘TA BALAND BINOLARNI BARPO ETISH


Download 280.99 Kb.
bet10/60
Sana20.11.2023
Hajmi280.99 Kb.
#1788491
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60
Bog'liq
A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni-hozir.org

O‘TA BALAND BINOLARNI BARPO ETISH


    1. Umumiy qoidalar

O‘ta baland binolar (17 qavatdan baland) ko‘p xolatlarda ixcham, rejada o‘lchamlari katta bo‘lmagan, ko‘p seksiyali bo‘ladi. Bu turdagi binolarni, bino yoniga o‘rnatiladigan, yuradigan va o‘zini-o‘zi ko‘taradigan minorali kranlardan foydalanib o‘stirish usuli bilan barpo etiladi.


O‘ta baland binolarning konstruktiv asosi po‘latli, temir betonli yoki bikirlik yadrosi yoki tekis diafragmali bog‘lamalarga ega aralash karkas bo‘ladi.
Bino karkasi temirbetonli yoki metalli bo‘lib, ammo betonlangan bo‘lsa, keyingi yarusni montaji pastki yarusdagi ustunlar tutashuv joylari berkitilgandan va tutashuv joyidagi beton markadagi 70% mustaxkamlikka erishgandan keyingina mumkin.
Ko‘pchilik o‘ta baland binolarda binoning tutashib turadigan qismlaridan gorizontal yuklarni qabul qiluvchi va butun binoni montaj va foydalanish
jarayonida turg‘unligini va fazoviy bikirligini ta’minlovchi bikirlik yadrosi bo‘ladi. Ba’zi binolarda avval bikirlik yadrosi montaj qilinadi, misol uchun loyixa belgisigacha lift shaxtasi montaj qilinadi, so‘ng binoning qolgan konstruktiv elementlari barpo etiladi (13.1-rasm).
13.1 -rasm. O‘ta baland binolarning sxemalari:

a – po‘latli bikirlik yadrosi bilan ; b – temir betonli karkas bilan; 1 – bikirlik yadrosi; 2 – karkasni montaj qilingan qismi; 3 – karkasni montaj qilinadigan qismi.

Ko‘p xolatda bikirlik yadrosi monolit konstruksiyada bajariladi , odatda bikirlik yadrosini betonlash karkas montajidan 1...2 yarus ilgarilab bajariladi. Karkasni, bino yadrosi bilan ishonchli birlashishi uchun, bikirlik yadrosida shtrablar, bo‘shliqlar armatura sterjenlari bilan va karkas to‘sinlarini payvand yoki boltli birikmalar yordamida mahkamlash uchun qoldirib ketilishi kerak. Bu sermehnatli, ammo monolit yadro karkasni o‘rnatilgan qismidan birdaniga gorizontal yuklarni qabul qila olish kafolatini beradi.
Konstruktiv o‘ziga xosligi va texnologik shartlari bo‘yicha bikirlik yadrosini betonlash karkas montajidan orqada qolishi mumkin. Bu orqada qolish ruxsat etiladi, qachonki montaj qilingan konstruksiyalar shu zaxoti payvandlansa va betonlansa, va shu bilan tutashgan joylardagi beton qorishmasini
mustaxkamligini 70% erishishi ta’minlanadi. Montajni bikirlik yadrosini betonlashdan ilgarilab ketishi 8 qavatdan oshmasligi kerak, bunda asosiy shart karkas vaqtincha vertikal va qiya bog‘lagichlar bilan maxkamlangan bo‘lishi kerak.
Odatda qavatlararo yopmalar yirik panelli elementlardan, ayrim hollarda yig‘ma-monolit variantlarda bajarilishi mumkin.


    1. Download 280.99 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling