Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


Qish sharoitida g‘isht-toshli konstruksiyalarni barpo etish


Download 280.99 Kb.
bet20/60
Sana20.11.2023
Hajmi280.99 Kb.
#1788491
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60
Bog'liq
A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni-hozir.org

Qish sharoitida g‘isht-toshli konstruksiyalarni barpo etish

Qish sharoitida g‘isht terish ishlarini bir qator o‘ziga xosligi bor, ya’ni ular terish jarayonlariga va qorishmani qotishiga manfiy haroratni salbiy ta’siri bilan bog‘liq. Haroratni pasayishi natijasida qorishmalar qotishi sekinlashadi: 5 0S haroratda 3-4 martaga, 0 0S haroratda amalda umuman qotmaydi. Bundan past haroratlarda qorishma tarkibidagi suv muzga aylanib qoladi va bog‘lovchilar bilan birikmaydi. Agar qorishmani qotishi muzlashdan oldin boshlangan bo‘lsa, erkin suv muzga aylanganda qotish jarayoni xam to‘xtab qoladi. Bundan tashqari muzlagan suvni hajmi 9% ga ko‘payadi, buni natijasida qorishma strukturasi buziladi va u muzlagunga qadar erishgan mustaxkamligini yo‘qotadi.


Yangi terilgan g‘isht terimi muzlaganda, choklardagi qorishma yoyiluvchanligini tez yo‘qotadi, gorizontal choklar yetarli darajada zichlanmaydi, erigan chog‘da esa yuqoridagi g‘ishtlar og‘irligi natijasida siqiladi va notekis
cho‘kadi, buning natijasida g‘isht terimi va butun binoni mustaxkamligiga va turg‘unligiga xavf tug‘iladi.
Qish sharoitda harorati + 20 0S dan past bo‘lmagan qorishma qo‘llanilib g‘isht terilganda quyidagi asosiy usullar qo‘llaniladi:
  • muzlatish usuli, ya’ni qorishma muzlagunga qadar kritik mustaxkamlikni egallaydi;


  • muzlashga qarshi qo‘shimchalar qo‘shish;



  • glinozyom sement asosidagi tez qotadigan qorishmani qo‘llash;




  • terimni armaturalash;



  • issiq xonalarda terish.


Qish sharoitida g‘isht terishni farq qiluvchi o‘ziga xosligi:


  • bo‘linmalarni o‘lchami kamayadi, g‘isht teruvchilarni soni ko‘paytiriladi, qamrovda butun balandlik bo‘yicha g‘isht terish tez bajariladi;


  • ko‘p qatorli bog‘lash sistemasida vertikal bo‘ylama choklar kamida har uch qatorda bog‘lanadi;


  • ish joylarda qorishma zaxirasi faqat 20...30 min ish olib borishga yetarli bo‘lishga ruxsat etiladi va qorishma solinadigan yaщik isitiladigan bo‘lishi kerak;


  • suvga to‘yingan va muzlagan g‘ishtlarni konstruksiyani terishda qo‘llash mumkin emas, uni eritish va quritish zarur;


  • ishdagi tanaffuslarda, terilayotgan devor qatorini ustida qorishmani qoldirish mumkin emas.


TO‘RTINCHI BO‘LIM




Download 280.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling