Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


Qish sharoitida bino va inshootlarni qurish. Qish vaqtining alohida jihatlari


Download 280.99 Kb.
bet50/60
Sana20.11.2023
Hajmi280.99 Kb.
#1788491
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   60
Bog'liq
A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni-hozir.org

Qish sharoitida bino va inshootlarni qurish. Qish vaqtining alohida jihatlari.

Me’yoriy talablarga binoan qish sharoiti deganda, tashqi havoning o‘rtacha sutkalik xarorati 50 S dan past va sutkalik minimal xarorat 00 S dan past bo‘lgan holatlar tushuniladi. SHunday iqlimiy sharoit O‘zbekistonda yilda 2-3 oy davom etishi mumkin.


Qish davri konstruksiyalarni monolit betondan tiklashda ko‘p jihatdan ta’sir etadi. Qish davrida beton ishlarini to‘xtatib qo‘yish qurilish muddatining uzayishiga, ustama xarajatlarning va mablag‘larning aylanish muddatining ortishiga olib keladi. Natijada qurilish maxsulotining tannarxi ko‘tariladi, uning realizatsiyasi xajmi qisqaradi va xar xil ijtimoiy muammolar tug‘iladi.
Beton ishlarini qishda bajarishda bir qator talablar quyiladi, ulardan asosiylari:
  • qishda betonlashning texnik-iqtisodiy jihatdan asoslangan usulini tanlash, ishlarni bajarish texnologik xaritalarni ishlab chiqish;


  • beton qorishmasini tayyorlash davrida uning xaroratini 350 S dan oshmagan holatda isitish;


  • beton qorishmasini ob’yektga tashib keltirish, konstruksiyaga joylash davrida uning boshlang‘ich issiqlik energiyasini maksimal saqlab qolish;


  • qolip ichini va yuzasini qordan, armatura karkaslarini muzdan tozalash;


  • betonni konstruksiyaga joylashda uning zichlash davomiyligini 25% oshirish;


  • qotish davrida betonga kerakli harorat-namlik sharoitini ta’minlash;


  • muzlaguniga qadar betonning talab etiladigan sovuqqa chidamlilik mustaxkamligini ta’minlash.


Qish sharoitida betonning mustaxkamlik tavsiflarini ro‘yobga chiqarishning o‘ziga xos jihatlari mavjud. Asosiy muammo shundan iboratki, beton strukturasi shakllanishining boshlang‘ich davrida undagi kimyoviy bog‘lanmagan suvlarning muzlab, xajmini 9% oshirishi va betondagi bog‘lanishni buzishidir. SHu sababdan uning keyingi mustaxkamligi normal holda qotgan betonga nisbatan 15-20% kam bo‘ladi.


Betondagi suvning muzlashi uning mustaxkamligini pasaytiruvchi boshqa jarayonlarga ta’sir etib, ya’ni muz plenkasi armaturani va to‘ldiruvchilarni qurshab olib ularning sement bilan jipslashishiga qarshilik ko‘rsatadi, beton erigandan so‘ng zich struktura hosil bo‘lmaydi.
Qishda betonlash texnologiyasining shakllangan asosi shundan iboratki, bunda monolit temir beton konstruksiyalarda qisqa vaqtda, kam sarflar bilan sovuqqa chidamligi bo‘yicha yoki talab etiladigan loyihadagi yuklamalarni qabul qila oladigan darajadagi mustaxkamligini ta’minlashga erishish.
Betonning kritik mustaxkamligi R28 ga nisbatan foizda ifodalangan bo‘lib, bu kritik mustaxkamlikka erishgandan so‘ng, beton muzlab issiq xaroratda muzi erisa, bu uning mustaxkamlik ko‘rsatkichlariga ta’sir etmaydi.
Beton ishlarini olib borish uchun tayyorgarlik, betonlashning ayrim jihatlarini va monolit konstruksiyalarning taxminiy ekspluatatsiya qilish sharoitini taxlil etishdan boshlanadi. Betonlash texnologiyasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar:
    • betonlanadigan yuzaning moduli Myu konstruksiya xajmining katta- kichikligini tavsiflovchi ko‘rsatkich bo‘lib, ya’ni sovuq ta’sir etuvchi konstruksiya yuzalari yig‘indisining, shu konstruksiya xajmiga nisbati tushuniladi;


    • beton joylanadigan asosning grunt qatlamini tayyorlash;


    • beton joylanadigan asosni (muzlagan grunt, tayyorgarlik qatlami) 40-500 S va konstruksiyani 30 sm qalinlikgacha isitish;


    • beton sinfi, uning boshlang‘ich xarorati, konstruksiyani armaturalash darajasi, qolipning turi va alohida jihatlari, betonning qotish vaqtida unga ta’sir etuvchi texnik va kimyoviy manbaalar va boshqalar.



    1. Download 280.99 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling