Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


QURILISH ISHLARINI BAJARISHNING ALOHIDA


Download 280.99 Kb.
bet46/60
Sana20.11.2023
Hajmi280.99 Kb.
#1788491
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   60
Bog'liq
A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni-hozir.org

QURILISH ISHLARINI BAJARISHNING ALOHIDA



JIHATLARI
Ekstremal sharoitlardagi xududlarda va ob’yektlarda qurilish ishlarini olib borish o‘ta murakkabligi va barcha turdagi resurslar sarfining ortishi bilan ajralib turadi. Bu nafaqat barpo etiladigan ob’yektning xajmiy-rejaviy va konstruktiv elementlarining alohidaligida, balki tabiiy-iqtisodiy, geofizik va tashkiliy omillarning qurilish ishlari texnologiyasiga va uni tashkil etishga noqulay ta’siridir.
Ushbu omillar va ularning ahamiyatini hamda qurilish ishlarini bajarishda hisobga olishni ko‘rib chiqamiz.
Havo xarorati. Havo haroratining nomaqbul ta’siridan foydalanidigan qurilish materiallarining fizik-mexanik va texnologik xususiyatlari o‘zgaradi:
gruntlarda (muzlash, qurib qolish); beton va qorishmalarda (bog‘lovchilarning gidratatsiya reaktsiyasi); yog‘och (qurib qolishi, tob tashlashi); ayrim polimerlarda, bo‘yoqlarda, bitum materiallarda, germetiklar, asbestosement buyumlarda (darz ketish va uvalanish xolatlarining ortishi) va boshqalar. Havoning yuqori (past) haroratlari va uning sutkadagi o‘zgarishi konstruksiyalarda deformatsiyalar paydo bo‘lishiga, birikish choklarining germetikligining buzilishiga, qurilish mashinalarining ish unumdorligi va ishonchli ishlashining pasayishiga olib keladi. Odamlarning ish qobiliyati 6...30% gacha kamayib, ochiq havoda bo‘lishi cheklanadi.
Quyosh radiatsiyasi va insolyatsiya. Quruq-issiq iqlimli xududlarda qurilish konstruksiyalarining yuzasi 800 gacha qizishi mumkin, bu ularda kimyoviy va struktura o‘zgarishlariga sabab bo‘lib, ularning eskirishini tezlashtiradi. Qurilish mashinalaridan foydalanishda qiyinchiliklar to‘g‘iladi. Qish kunlari quyosh gorizontdan past ko‘tarilishi sababli konstruksiyalarning vertikal va gorizontal yuzalari bir tekis yoritilmaydi va isimaydi. Quyosh radiatsiyasi va insolyatsiyasining haddan tashqari ortishi va kamayishi odamga noxush biologik ta’sir ko‘rsatib, uning ochiq havoda bo‘lish vaqtini chegaralaydi.

Download 280.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling