Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov
BESHINCHI BO‘LIM. SPESIFIK SHAROITLARDA BINOLARNI BARPO ETISH TEXNOLOGIYASI
Download 280.99 Kb.
|
A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAVSIFI
BESHINCHI BO‘LIM. SPESIFIK SHAROITLARDA BINOLARNI BARPO ETISH TEXNOLOGIYASIbob. EKSTREMAL SHAROITLARDA BINO VA INSHOOTLARNIBARPO ETISH Ekstremal sharoitlarda qurilishning tashkiliy-texnologik jihatlari.QURILISHDA EKSTREMAL SHAROITLAR VA UNING TAVSIFIQurilishda ekstremal sharoitlar – bu alohida sharoitlar majmuasi bo‘lib, geofizik, tabiiy iqlimiy va tashkiliy tavsiflari bilan belgilanib bular qurilishni loyihalashga, ishlarni bajarish texnologiyasiga va uni tashkil etishga jiddiy ta’sir etadi. Alohida geofizik sharoit qurilish maydonini murakkab geologik va gidrogeologik tuzilishi bilan tavsiflanadi: bino va inshootlar asosining strukturasi o‘zgaruvchan gruntlardan tashkil topganligi; seysmik va noxush xolatlar ro‘y berishi; ko‘chki, jala va sel oqimlarining bo‘lishi. Aloxida tabiiy – iqlimiy sharoit tabiiy xududning qaerda va qanday joylashishi, o‘rtacha oylik yoki yillik havo xaroratining va namligining o‘zgaruvchanligi, issiq (sovuq) davrlarning davomiyligi, shamol rejimi, yog‘ingarchilik miqdori, quyosh radiatsiyasi va insolyatsiyasi bilan ifodalanadi. Aloxida tashkiliy sharoitlar. Bino va inshootlarni aholi yashash joylaridan chekkada va qiyinchilik bilan yetib boradigan xududlarda qurish, o‘lchamlari cheklangan maydonlarda va ishlab turgan korxona xududlarida, hamda rekonstruksiya qilinayotgan ob’yektlarda qurilish ishlarini olib borish kabi sharoitlardir. Markaziy Osiyo shu jumladan, O‘zbekiston keskin kontinental quruq-issiq iqlimga ega bo‘lib, nomaqbul radiatsiya rejimi, yozning uzoq davom etishi, havo haroratining yuqoriligi va namligining yetishmasligi, kuchli shamollar, gruntning qurib qolishi, sutkalik haroratning keskin o‘zgarishining ta’siri, chang- to‘zonlarning ko‘tarilishi bilan ajralib turadi. Bu xududlar bundan tashqari, yuqori seysmik faolligi, cho‘kuvchan gruntlarning ko‘p tarqalganligi va ularda suvda eruvchi moddalarning mavjudligi va termitlarning faolligi bilan ajralib turadi. Shaharsozlikni iqlimiy xududlashda quruq-issiq iqlimdan tashqari, tog‘ iqlimi, cho‘l va sahrolarni sharoiti ham alohida e’tiborga olinadi. Bundan tashqari, O‘zbekistonning shimoliy qurilish – iqlimiy xududi Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati, Navoiy viloyati shimoliy qismi – sovuq davrning uzoqroq davom etishi, havoning past xarorati, qishki shamollar va qor qoplamalari bilan ajralib turadi. Yuqori tog‘ xududlari – relefning murakkabligi, tog‘ ko‘chkilari, yer silkinishlari, surilishi, qor ko‘chkilari, sel oqimlari, noqulay geologik va gidrogeologik sharoitlar atmosfera bosimining o‘zgaruvchanligi bilan tasniflanadi. O‘zbekistonning alohida qurilish xududlarga ajratilishi va ushbu xududlarning tavsiflari me’yoriy-ma’lumotnoma to‘plamlarida keltirilgan – QMQ 2.01.01-94, QMQ 2.01.03-96, QMQ 3.01.01-97. Download 280.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling