Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


SHaxtalar uchun mo‘ljallangan yirik blokli qolip


Download 280.99 Kb.
bet44/60
Sana20.11.2023
Hajmi280.99 Kb.
#1788491
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60
Bog'liq
A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni-hozir.org

SHaxtalar uchun mo‘ljallangan yirik blokli qolip

Standart elementlardan bo‘lgan devor qoliplarining qolip shchitlari va burchak elementlari qolipni ajratish elementlari bilan birgalikda “NOYe” firmasining tez o‘rnatiladigan ichki blok qolipini hosil qiladi (19.6-rasm).

19.6-rasm. “NOE” firmasining shaxtalar va bikirlik yadrosini barpo etishga

mo‘ljallangan qolipi:


a va b –ishchi va ko‘tarish uchun siqilgan holatdagi ichki qolip; v –qolipdan ajratish ulamalari; 1 – devorning standart shchitli qolipining shchitlari; 2 – qolipni ko‘chirish prujina qurilmasi; 3 – xuddi shunday ko‘tarishdagi siqilgan holati uchun; 4 – qolipdan ajratish ulamasi (qo‘yilmasi).

Shaxta qoliplarini dastlab ko‘tariladigan stolga o‘rnatish va qolipni ko‘chirish (ajratish) elementlari bilan biriktirish maqsadga muvofiqdir (19.7-rasm).


19.7-rasm. “NOE” firmasi shaxta qoliplarining ko‘tarish platformasi:

a va b – platformaning “nolinchi belgidagi”dagi fasad (old ko‘rinishi) va rejasi (plani); v


  • qolip va betonlangan devorning birinchi yarusi; g – qolipni platformada ko‘tarish; 1 – qolipni ko‘chiruvchi ulama; 2− yuk ko‘taruvchi to‘sin; 3 – ishchi pol (to‘shama); 4 – chiqariladigan tayanch (chiqarma tayanch); 5 – qolipdan ajratish prujina qurilmasi; 6 – shaxta qolipi; 7 – chiqarma tayanch uchun ochiq joy.


Betonlash balandligi beton quyish tezligi va beton qorishmasini zichlanishiga bog‘liq, ko‘p qavatli uy-joy binolarini betonlashda yarus balandligi qavat balandligiga teng ravishda qabul qilinadi. Yirik blokli qoliplarni ajratish va ko‘tarish jarayonida ajratilish elementlari yangi pozitsiyaga ko‘chirish uchun avtomatik ravishda bemalol taxlanadi.


“NOE” qolipi to‘rtta tortib ajratuvchi elementlari bo‘lgan standart shchitli konstruktiv yechimga ega, bu esa shaxtaning ichki qolipini kran yordamida butun blokni bir marta ko‘tarishda o‘rnidan siljitish va o‘rnatish imkonini beradi. Bunda ajratish elementlari o‘zining konstruktiv yechimiga ko‘ra avtomatik tarzda 2,5 sm ga siqiladi (qisqaradi) va butun konstruksiyaning yangi yarusga ko‘tarilishini ta’minlaydi.

19.8-rasm. “NOE” firmasining sirg‘aluvchi taxta supa (so‘ri) si:


a – umumiy ko‘rinishi; b – supa (so‘ri) ning konstruktiv yechimi; v – ankerlar va vaqtinchalik mahkamlash elementlari; 1 – tayanch konsol; 2 – himoya to‘sig‘i; 3 – kashak (tirgak) qolip ajratish ishchi mexanizmi bilan; 4 – devor qolip shchitlari; 5 – rezbali tortib mahkamlovchi sterjen.

Agarda inshoot qurilishida bikirlik yadrosi (o‘zak)ini qurish boshqa konstruksiyalar qurilishidan ilgarilab ketsa “NOYe” sistemasining sirg‘aluvchi taxta supasini (surisini) qo‘llash maqsadga muvofiq (19.8-rasm). Ikkita ankerga osib qo‘yilgan supalar (surilar) katta zo‘riqishga bardosh beradi, eng muhimi osma ankerlarning aniq o‘rnatilishini ta’minlashdir. Qachonki, beton yetarlicha mustahkamligini olgach va zarur yuk ko‘tarish imkoniyatiga ega bo‘lgach, supalarni vertikal bo‘ylab qayta o‘rnatish mumkin.



Download 280.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling