1. Tom qoplamasining zamonaviy konstruksiyalari. Qish sharoitida tom ishlarini bajarishning o`ziga xos jihatlari
Download 52.11 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Tom ishlarini bajarishda mehnat muhofazasi.
7.Mavzu: Tom qoplamasining zamonaviy konstruktsiyalari. Qish sharoitida tom ishlarini bajarishning o`ziga xos jihatlari. Sifat nazorati. Tom ishlarini bajarishda mehnat muhofazasi. Reja: 1.Tom qoplamasining zamonaviy konstruksiyalari . 2.Qish sharoitida tom ishlarini bajarishning o`ziga xos jihatlari. 3.Sifat nazorati. 4.Tom ishlarini bajarishda mehnat muhofazasi. CHerepitsali tom qoplamalarida tom nishabligi 60...80% ni tashkil etadi. CHerepitsalar olovga bardoshli, uzoq muddat xizmat qiluvchi, tejamli hisoblanadi. Asosiy kamchiligi cherepitsali tomlarning katta massaga ega bo‘lishi va mehnat sarfining ko‘pligi hisoblanadi. CHerepitsalar yog‘och bruslardan hosil qilingan panjaralarga pastdan yuqoriga qatorma-qator qilib chokni qochirib mahkamlanadi. CHokni qochirish uchun qator oralatib yarimtalik cherepitsa qo‘yiladi. O‘yiqli (pazovaya) cherepitsa bir qatlam qilib o‘ngdan chapga qarab qatorda 20mm, qatorlar orasida 65mm chok bostirib mahkamlanadi. 1.21- rasm. SHtamplangan o‘yiqli cherepitsali tom qoplamasi a-cherepitsalarni joylashtirish; b-cherepitsalarni mahkamlash; 1-karniz panjarasi (obreshyotka); 2-chordoq to‘sini (stropila); 3-yarimtalik cherepitsa; 4-butun cherepitsa; 5-yog‘och panjara (obreshyotka); 6-mix; 7-sim. Yumshoq cherepitsa deb nomlanuvchi cherepitsalar shisha tola aralashtirilgan maxsus asfalt qorishmasidan bir necha qatlam qilib tayyorlanadi. Tashqi qatlam sirti keramik yoki bazaltning maydalangan qumi bilan qoplanib himoya-dekorativ vazifani bajaradi va turli rangga ega bo‘ladi. Bu cherepitsa yuqori sifatliligi, narxining arzonligi, chiroyli ko‘rinishi, o‘rnatilish texnologiyasining oddiyligi bilan ajralib turadi. Metall cherepitsalar qalinligi 0,5mm bo‘lgan ruhlangan po‘lat varaqlardan tayyorlanib polimer qoplamaga ega bo‘ladi. Qoplama qatlam sifatida alyuminiy, ruh va kremniy qotishmasi ham ishlatilishi mumkin. Varaqlar uzunligi 7m gacha, kengligi 1,1...1,2m ni tashkil etadi. Varaqlar oq, sariq, kulrang, qizil, jigarrang, ko‘k va yashil ranglarga ega bo‘lishi mumkin. Metall cherepitsalar yog‘och panjaralarga mahkamlanadi. Bunda varaqlar cheti bino karnizidan 40mm chiqib turishi kerak. CHerepitsalar buraluvchi boltlar yoki qirqib kiruvchi shuruplar bilan mahkamlanadi. Tom qoplamasi sifatida mis varaqlardan ham foydalanilmoqda. Mis varaqlarning o‘lchamlari 600x1200mm, 1250x1800mm, 1900x2500mm va 2600x3000mm ni qalinligi esa 0,5...1,0mm ni tashkil etadi. Mis varaqlar lenta yoki o‘ram ko‘rinishida ham tayyorlanishi mumkin. Bunda ularning uzunligi tom o‘lchamiga bog‘liq holda belgilanadi. Ularni mahkamlashda mis yoki mislangan mixlardan foydalaniladi. Dastlab tomda taxtalardan yoki suv shimmaydigan ko‘p qatlamli faneradan to‘shama hosil qilinadi. To‘shama sirtiga bitum asosli gidroizolyatsion material 10sm chok bostirib mixlar bilan mahkamlanadi. So‘ngra metall tom qoplamasi hosil qilinadi. Qurilish maydoniga o‘ram holida keltirilgan mis varaqlar o‘rami yoziladi va ularni bir-biriga biriktiruvchi tik faltslar hosil qilinadi. Faltslar yog‘och panjaraga qisqichlar bilan biriktiriladi. Qisqichlar kengligi 25...50mm, uzunligi 70...90mm bo‘lib, mis varaqlardan qirqib tayyorlanadi va yog‘och panjaraga bir-biridan 600mm masofada shuruplar yoki mixlar bilan maxkamlanadi. Download 52.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling