1. Tom qoplamasining zamonaviy konstruksiyalari. Qish sharoitida tom ishlarini bajarishning o`ziga xos jihatlari
Download 52.11 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.11. Tom ishlarini bajarishda mehnat muhofazasi
1.10. Sifat nazorati
Tom ishlarini qabul qilib olish ishlarni bajarish jarayonida (oraliq qabul) va ishlar tugallangandan so‘ng amalga oshiriladi. Oraliq qabulda tom qoplamasini tashkil etuvchi qatlamlarning sifati va bu qatlamlarni hosil qilishda ishlatilgan materiallarning sifati loyiha talablari asosida tekshirib boriladi. Barcha aniqlangan kamchiliklar va loyihadan chetlanishlar bino foydalanishga topshirilgunga qadar bartaraf etiladi. Asos mustahkamlik va bikirlik bo‘yicha yaroqli bo‘lishi uchun yurilganda changlanmasligi va ezilmasligi kerak. Asosda suv to‘planishi mumkin bo‘lgan o‘yiqlar bo‘lmasligi lozim. O‘rama materiallarning yaxshi yopishganligini bilish uchun ularni ajratib ko‘riladi; bunda ajralish mastika qatlamidan emas, balki o‘rama materialdan ketishi kerak. Yopishtirilgan o‘rama materiallarning sirti tekis bo‘lishi, ezilgan va egilgan joylari, havo to‘plangan joylari bo‘lmasligi kerak. Eriydigan qatlamli materiallardan tom qoplamasini hosil qilishda bajariladigan ishlarning barcha bosqichlari jurnalga qayd etib boriladi. Alohida qatlamlarning yopishtirilish sifati kuzatish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda tom qoplamasi sirtida darzlar, o‘yiqlar, havo to‘plangan joylar bo‘lmasligi kerak. Sochma qatlam yirik donador bo‘lishi va tom qoplamasining butun yuzasiga yetarli miqdorda sochilgan bo‘lishi kerak. Mastikali tom qoplamasining sifatini nazorat qilishda mastikaning tarkibi, qovushoqligi, harorati va asosning sifati tekshiriladi. Asbesttsement tom qoplamasini hosil qilishda asosning, ya’ni yog‘och panjaralarning sifatini tekshirishga alohida e’tibor beriladi. Ularda egilgan joylar bo‘lmasligi kerak. Donador materialli tom qoplamalarida tomning berilgan nishabligidan chetlanishlar va materiallarning gorizontal yo‘nalishda tekis joylashishi tekshiriladi. 1.11. Tom ishlarini bajarishda mehnat muhofazasi Tom ishlarini bajarishda quyidagilarga ahamiyat berish zarur: tomdan materiallar va ishchilarning tushib ketishi mumkinligiga; yuqori haroratli materiallar, yoqilg‘ilar va yengil alangalanuvchi eritgichlarning ishlatilishiga. Mehnat muhofazasi bo‘yicha asosiy chora-tadbirlar: Stropila, yog‘och panjaralar va to‘siqlarning mustahkam mahkamlanganligini tekshirish; Ishlarni bajarishda sirpanmaydigan oyoq kiyimi, zarur hollarda ko‘zoynak va respiratorlardan foydalanish; Ishlarni bajarish jarayonida ishchilarning diametri kamida 15mm bo‘lgan arqon bilan tomning qo‘zg‘almas elementlariga bog‘langan bo‘lishi; Mastikalarni tayyorlash va qizdrishda alohida shartlarga amal qilish; Qaynoq mastikalarni yopiq idishlarda tashish, ularning to‘kilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik; Yaxmalak, jala, tuman, kuchli qor paytida va shamolning tezligi 15m/s dan ortiq bo‘lganda tom ishlarini bajarishni ta’qiqlash. Tekis va egri sirtli tomlarda tom perimetri bo‘ylab balandligi 1m bo‘lgan vaqtinchalik to‘siqlar o‘rnatilishi kerak. Benzin, kerosin, emulsiya va mastikalarni tashish va saqlashda foydalaniladigan idishlarning qopqoqlari zich berkiladigan bo‘lishi kerak. Yuklash va tushirish paytida idishlarni transport vositasidan tashlash ta’qiqlanadi. Tom ishlarini bajarish jarayonida elektr tarmog‘i soz holatda bo‘lishi kerak. Download 52.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling