Boj deklaratsiyasi - milliy qonunchilikning talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan, o‘ziga chegaradan o‘tayotgan yuklar (eksport yoki import qilinayotgan tovarlar, passajir yukki, uning qo‘lidagi yuki, boyliklar va valyutalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirgan hujjat. Bu hujjat yukni davlat chegarasi orqali o‘tkazib yurishda asos bo‘lib hisoblanadi.
Davlat budjeti daromadlari – o‘z tarkibiga quyidagilarni oladi: 1) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yig‘imlar, bojlar, shuningdek majburiy to‘lovlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa tushumlar; 2) davlatning moliyaviy aktivlari va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotishga berilishidan olingan daromadlar; 3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari; 4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek xorijiy davlatlardan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5) rezident-yuridik shaxslarsha va xorijiy davlatlarga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan to‘lovlar; 6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |