Rasulova iroda dilshod qizi


Birinchi bob bo’yicha xulosa


Download 0.89 Mb.
bet13/29
Sana11.07.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1659709
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
eng so\'ngi

Birinchi bob bo’yicha xulosa. Inflyatsion targetlash pul-kredit siyosatini ekonometrik tahlil qilish va prognozlash tizimiga asoslangan holda amalga oshirilmoqda va bazaviy stavkani о‘zgartirish tо‘g‘risidagi qarorni qabul qilishda muhim rol о‘ynamoqda. Qozog‘istonda inflyatsiyaning maqsadli kо‘rsatkichi о‘rta muddatli davrga mо‘ljallanganligi sababli, ekonometrik tahlil choraklik davrdagi ma’lumotlar tahlili asosida amalga oshirilmoqda. Shuningdek, prognozning aniqlik darajasini oshirish uchun aholi о‘rtasida, inflyatsion va devalvatsion kutishlarni baholash maqsadida, sо‘rovlar о‘tkazilmoqda.
Hozirgi davrda, Qozog‘istonda inflyatsion targetlash rejimi qо‘llanilayotganligi sababli milliy valyutaning almashuv kursi bо‘yicha maqsadi kо‘rsatkichlar belgilanmagan. Milliy valyuta-tenge erkin suzish rejimiga ega.
Xalqaro valyuta fondi ekspertlarining fikriga kо‘ra, inflyatsiyaning maqsadli kо‘rsatkichidan pul-kredit siyosatining indikatori sifatida foydalanish uchun ish haqining о‘sishi, aholi bandligi darajasi va almashuv kursi bо‘yicha maqsadli kо‘rsatkichlar belgilanmasligi lozim. Buning sababi shundaki, milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan kursining belgilanishi Markaziy bankni, о‘zining pul-kredit siyosatini, ana shu kо‘rsatkichni bajarish uchun moslashtirishga majbur qiladi.
Bu esa, о‘z navbatida, Markaziy bankka inflyatsiyaning maqsadli kо‘rsatkichini ta’minlash uchun monetar instrumentlardan erkin va tо‘liq foydalanish imkonini bermaydi. Natijada, pul-kredit siyosatining taktik maqsadlarining mazmunida ikki yoqlamalik, qarama-qarshilik yuzaga keladi.
Shuni e’tiborga olish joizki, bu bobda Markaziy bank pul-kredit siyosatining mazmuni, ahamiyati, turlari, nazariy asoslari va uni amalga oshirishning xorij tajribasi toliq yoritildi. Shuningdek, pul-kredit siyosatining iqtisodiyotni tartibga solishdagi ahamiyati chuqur o’rganildi.
II BOB. О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKINING PUL-KREDIT SIYOSATI VA UNDAN FOYDALANISH AMALIYOTINING TAHLILI



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling