Rasulova iroda dilshod qizi
Download 0.89 Mb.
|
eng so\'ngi
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH Magistrlik dissertatsiyasiya mavzusining asoslanishi va dolzarbligi.
KIRISH Magistrlik dissertatsiyasiya mavzusining asoslanishi va dolzarbligi. Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosatining bosh maqsadi milliy valyuta va baholar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Bunda avvalo, ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashga erishish va inflyatsiya darajasini о‘rnatilgan maqsadli prognoz kо‘rsatkichlari doirasida bо‘lishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-fevraldagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ishlab chiqildi1. Shuningdek, xususiy sektor rivojlanishini rag‘batlantirish, banklarning investitsiyaviy jozibadorligini, bank xizmatlari ommabopligi va sifatini oshirish uchun bank sektorini tubdan transformatsiya qilish maqsadida 2020-2025-yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi ishlab chiqildi2. Shu bois, 2023-yilda pul-kredit instrumentlari samaradorligini oshirish choralari mamlakatda yuzaga kelgan yangi iqtisodiy voqelik va talablarga mos ravishda majburiy zaxiralash talablarini takomillashtirish, banklararo pul bozori faoliyatini kengaytirish, monetar operatsiyalar о‘rni va ta’sirini oshirish, pul-kredit va fiskal siyosat mutanosibligini ta’minlashga qaratildi. Ta’kidlash joizki, Markaziy bank pul-kredit siyosatini amalga oshirishda asosiy e’tiborni mamlakatimizda iqtisodiyotning prognoz qilinayotgan real о‘sish sur’atlari pulga bо‘lgan talabini tо‘liq qondirib borish va real sektordagi investitsion jarayonlarni rag‘batlantirishga qaratadi. Mamlakatimizda makroiqtisodiy siyosat yuritishda jahonda hamda hamkor davlatlarda sodir bо‘layotgan iqtisodiy jarayonlar inobatga olinadi, ularning mamlakatimiz iqtisodiyotiga salbiy ta’sirining oldini olish, ichki talab va real sektordagi investitsion faollikni rag‘batlantirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda barcha sohalarda ishlab chiqarish hajmlarining kengayishini ta’minlash orqali muvozanatli iqtisodiy о‘sish sur’atlariga erishishga asosiy e’tibor qaratiladi. Markaziy banklar tomonidan amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosati dunyoning bir qator mamlakatlarida, shu jumladan, taraqqiy etgan mamlakatlarda iqtisodiyotni о‘sish sur’atlari barqarorligini ta’minlashda, eksportni rag‘batlantirishda muhim о‘rin tutmoqda. Xususan, AQSH Federal zaxira tizimi, Yaponiya, Shveysariya Markaziy banklari va Yevropa Markaziy banki tomonidan “miqdoriy zaiflashtirish” siyosatining qо‘llanilayotganligi makroiqtisodiy о‘sish sur’atlarini ta’minlashda, aholining bandlik darajasini oshirishda muhim о‘rin tutmoqda. Shu bois, Mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar doirasida О‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maqsad va vazifalari, institusional tuzilishi tubdan qayta kо‘rib chiqildi. Pul-kredit siyosati mantiqan yangi tamoyillar asosida yuritiladigan bо‘ldi. Xususan, mamlakatda ichki narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi Markaziy bank faoliyatining ustuvor maqsadi sifatida belgilandi. Valyuta siyosati va pul muomalasini tartibga solish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, yangi voqelikda makroiqtisodiy sohada shakllanayotgan shart-sharoitlar pul-kredit siyosatida ham muhim о‘zgarishlarning amalga oshirilishiga asos bо‘ldi3. Yuqoridagi ijobiy natijalarga qaramasdan Respublikamiz Markaziy banki pul-kredit siyosati samaradorligini oshirishda bir qator muammolarning mavjudligi kо‘zga tashlanmoqda. Xususan, a) Mamlakatimizda tijorat veksellari muomalasi mavjud bо‘lmaganligi sababli Markaziy bankning diskont operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatining yо‘qligi. b) Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga lombard kreditlari berish amaliyotini takomillashmaganligi, overnayt, overdraft krediti kabi qayta moliyalash kreditlari berilishini mavjud emasligi v) Ochiq bozor operatsiyalarining takomillashmaganligi shular jumlasidandir. Xususan, xorij tajribasiga tayanadigan bо‘lsak, Rossiya amaliyotida REPO operatsiyalaridan keng foydalanib kelinmoqda. Ushbu instrumentdan pul-kredit siyosatini tartibga solishda, banklarning likvidligini saqlashga shuningdek, banklardagi ortiqcha resurs sharoitida daromad manbai sifatida moliya bozorida unumli foydalanilmoqda. Yuqorida qayd etilgan holatlar ushbu tadqiqot mavzusining dolzarb ekanligidan dalolat beradi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling