Rasulova iroda dilshod qizi


Uchinchi bob bo’yicha xulosa


Download 0.89 Mb.
bet25/29
Sana18.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1597218
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
DS TO\'LIQ RASULOVA IRODA

Uchinchi bob bo’yicha xulosa.
Pul-kredit siyosatini takomillashtirish bilan bog‘liq bо‘lgan muammolar mavjud: Mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojdlanishini ta’minlashga tо‘sqinlik qilayotgan va о‘z еchimini hozirga qadar topmagan dolzarb muammolar mavjud. Ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni kо‘rsatish mumkin:
1. О‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasining nihoyatda past ekanligi.
Mamlakat iqtisodiyotining pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasining past ekanligi iqtisodiyotdagi tо‘lovsizlik muammosini hal qilish imkonini bermaydi va makroiqtisodiy о‘sish sur’atlarini oshirishga tо‘sqinlik qiladi.
Mamlakat iqtisodiyotini pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasi past bо‘lganligi sababli, iqtisodiyotimizda tо‘lovsizlik muammosi mavjudIqtisodchi olimlar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarning natijalari kо‘rsatdiki, monetizatsiya koeffitsiyenti bilan inflyatsiya darajasi, nominal va real foiz stavkalari о‘rtasida bevosita aloqadorlik mavjud. Monetizatsiya darajasi M4 pul agregati bо‘yicha 50 foizdan yuqori bо‘lgan mamlakatlarda inflyatsiya darajasi, odatda, 10 foizdan oshmaydi, real foiz stavkasi esa, 1,5-5,0 foiz darajasida bо‘ladi.
Monetizatsiya darajasi past bо‘lgan, ya’ni 20 foizgacha bо‘lgan mamlakatlarda inflyatsiya darajasi nisbatan yuqori bо‘lib, real foiz stavkasi salbiy bо‘ladi yoki past darajada bо‘ladi. Xususan, mamlakatimizda ham pul bilan ta’minlanganlik darajasi sezilarli darajada past bo’lib, yaqin yillar oralig’ida 20 foiz atrofida tebranmoqda.
Qayd etish joizki, respublikamizda tijorat banklarining kredit ekspansiyasi orqali iqtisodiyotning pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish imkoniyati, tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalari yuqori bо‘lganligi sababli, cheklanib qolgan.
2. О‘zbekiston Milliy valyutaning qadrsizlanish sur’atining yuqori ekanligi.
Milliy valyuta muomalaga kiritilgan vaqtdagi (1994-yil iyul) ilk valyuta savdosida sо‘mning 1 AQSH dollariga nisbatan nominal almashuv kursi 7,00 sо‘mni tashkil etgan edi. 2023-yilning may oyiga kelib, uning kursi 11400,00 sо‘mdan oshdi.
3. Markaziy bankning pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalanish
amaliyotining takomillashmaganligi.
О‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ochiq bozor operatsiyalarining hamda diskont va lombard kreditlarining mavjud emasligi uning pul-kredit siyosatining takomillashmaganligidan dalolat beradi. О‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ochiq bozor operatsiyalarining mavjud emasligini sababi shundaki, respublikamiz Markaziy banki о‘zining ochiq bozor operatsiyalarining obektlari sifatida faqat Hukumatning qimmatli qog‘ozlarindan foydalanadi.
4. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorida Respublikamida inflyatsion targetlashni 2018-yildan boshlab bosqichma-bosqich joriy qilish vazifasi qо‘yilgan. Shu sababli, Qozog‘iston va Rossiyaning inflyatsion targetlash borasidagi tajribasini о‘rganish va undan foydalanish imkoniyatlariga baho berish О‘zbekiston uchun muhim amaliy kasb etadi.
Bu bob bo’yicha keltirilgan ma’lumotlarga asoslangan holda shuni xulosa qilish mumkinki, Markaziy bankining ochiq bozor operatsiyalarini boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlardan, xususan, tijorat banklarining depozit sertifikatlari va uzoq muddatli obligatsiyalaridan obekt sifatida foydalangan holda, yо‘lga qо‘yish lozim. Buning uchun еtarli imkoniyatlar, shart-sharoitlar mavjud. Ya’ni, tо‘lovga qobilligi va likvidliligi talab darajasida bо‘lgan tijorat banklari mavjud. Ikkinchidan, tijorat banklari depozit sertifikatlari va uzoq muddatli obligatsiyalarining katta hajmdagi emissiyasi mavjud.

XULOSA
Yuqorida qayd etilgan muammolarni ijobiy hal qilish respublika Markaziy bankining pul-kredit siyosatini takomillashtirish va uning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi rolini oshirish imkonini beradi.
Bizning fikrimizcha, mazkur muammolarni hal qilish quyidagilarni о‘z ichiga oladi.
1. Inflyatsiyani samarali jilovlashda pul-kredit siyosati instrumentlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar kо‘lami о‘z ichiga о‘rta muddatda bosqichma-bosqich inflyatsiyani targetlash rejimiga о‘tilayotganligi munosabati bilan uning zaruriy iqtisodiy va huquqiy (mustaqillik) asoslarni tо‘laqonli joriy qilishni taqqozo etadi.
2. Bank tizimining innovatsion rivojlanish yо‘liga о‘tishini ta’minlash tijorat banklarining likvidliligini tezkor ta’minlashni talab etadi. Respublikamiz bank amaliyotida esa, bu borada muammolar mavjud. Jumladan, Markaziy bankning hisob va lombard kreditlarining mavjud emasligi likvidlilikni tezkor ta’minlash imkonini bermaydi.
3. Hozirgi davrda О‘zbekistonda Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalari mavjud emas. Sababi, uning obekti bо‘lib, faqat О‘zbekiston hukumatining qimmatli qog‘ozlari–davlat qisqa muddatli obligatsiyalari va davlat о‘rta muddatli xazina majburiyatlari hisoblanar edi. Davlat byudjeti 2005-yildan buyon profitsit bilan bajarilayotganligi sababli, 2010-yilda davlat qisqa muddatli obligatsiyalarining, 2013-yil 1-yanvaridan boshlab esa, davlat о‘rta muddatli xazina majburiyatlarini emissiya qilish tо‘xtatildi. 2019-yildan emissiya qilinishiga ruxsat berilishiga qaramasdan, fikrimizcha, Markaziy bankining ochiq bozor operatsiyalarini boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlardan, xususan, tijorat banklarining depozit sertifikatlari va uzoq muddatli obligatsiyalaridan obekt sifatida foydalangan holda, yо‘lga qо‘yish lozim. Buning uchun еtarli imkoniyatlar, shart-sharoitlar mavjud. Ya’ni, tо‘lovga qobilligi va likvidliligi talab darajasida bо‘lgan tijorat banklari mavjud. Ikkinchidan, tijorat banklari depozit sertifikatlari va uzoq muddatli obligatsiyalarining katta hajmdagi emissiyasi mavjud.
4. Mamlakatimiz xо‘jalik yurituvchi subektlarining tashqi savdo faoliyatini kreditlash amaliyotiga salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi omillardan biri bо‘lib, ayni paytda milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan devalvatsiya sur’atining yuqori ekanligi hisoblanadi. Devalvatsiya ta’sirida xо‘jalik yurituvchi subektlarining import tо‘lovi bilan bog‘liq bо‘lgan xarajatlari miqdori ortadi va xorijiy valyutada olingan kreditlarni qaytarishda muammolar yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash xо‘jalik yurituvchi subektlarning tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish nuqtai-nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’kidlash joizki, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bо‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi farmoni bilan konvertatsiya muammosi hal bо‘ldi. Endi tijorat banklari tо‘lov riskini о‘z zimmalariga olsa bо‘ladi. Buning natijasida, tijorat banklariga katta miqdorda daromad olish imkoni yuzaga keladi.
5. Respublikamizda banklarning moliyaviy vositachilik rolini yanada oshirishga oid ayrim dolzarb muammolar mavjud. Jumladan, majburiy zaxira talablari stavkalari darajasi yuqoriligicha qolmoqda. Xususan, Markaziy bankning tijorat banklariga qayta moliyaliyalash kreditlari berilmayotganligi natijasida banklarning kredit ekspansiyasini rag‘batlantirishga va joriy likvidliligiga salbiy ta’sir qilmoqda.
6. Bank tizimining innovatsion rivojlanish yо‘liga о‘tishini ta’minlash tijorat banklarining likvidliligini tezkor ta’minlashni talab etadi. Respublikamiz bank amaliyotida esa, bu borada muammolar mavjud. Jumladan, Markaziy bankning hisob va lombard kreditlarining mavjud emasligi likvidlilikni tezkor ta’minlash imkonini bermaydi.
Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida Markaziy bank tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir:
О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatini bank tizimi
likvidliligiga ta’sirini kuchaytirish maqsadida quyidagi innovatsion vositalaridan foydalanish lozim:
a) xalqaro reyting agentliklarining yuqori (investitsion) reyting baholariga ega bо‘lgan korporativ obligatsiyalardan tо‘g‘ri va teskari REPO operatsiyalarining obekti sifatida foydalanish lozim;
b) tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy zaxira ajratmalari miqdoridan kelib chiqqan holda, ularga qayta moliyalash kreditlari berish zarur.
Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida, birinchidan, tijorat banklari faoliyatida yuz beradigan likvidlilik muammosini hal qilish imkoni yuzaga keladi, ikkinchidan, majburiy zaxira talabnomasining banklarning resurs bazasiga va likvidliligiga nisbatan salbiy ta’siri kamayadi. Shuningdek, ushbu taklifni amaliyotga joriy etish uchun, birinchidan, О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilinadigan ochiq bozor operatsiyalari obektlari rо‘yxatiga korporativ obligatsiyalarni kiritish lozim, ikkinchidan, “О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi tо‘g‘risida”gi 2015-yil 6- noyabrdagi (o’zgartirish kiritilgan) 2201-1 sonli nizomga qayta moliyalash kreditlarini berishda majburiy zaxira ajratmalari summasini inobatga olishning mumkinligi xususida qо‘shimcha band kiritish lozim.
Yuqoridagilardan kelib chiqgan holda Respublikamizda pul-kredit siyosatini takomillashtirish maqsadida quyidagi takliflarni ishlab chiqdik.
1. Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati samaradorligini ta’minlash maqsadida, birinchidan, markazlashgan diskont va lombard kreditlari berish amaliyotini yо‘lga qо‘yish lozim; ikkinchidan, tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan tо‘g‘ridan - tо‘g‘ri kreditlashni (overdraft, kunlik, muddatli shakllardagi kreditlar) uzluksizligini ta’minlash zarur.
2. “О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi tо‘g‘risida”gi 2015-yil 6- noyabrdagi 2201-1 sonli nizomga (o’zgartirish kiritilgan) sonli qayta moliyalash kreditlarini berishda majburiy zaxira ajratmalari summasini inobatga olishning mumkinligi xususida qо‘shimcha band kiritish lozim.
3. Markaziy bankning qisqa muddatli pul bozoridagi talab va taklifga ta’sir etish imkoniyatini oshirish maqsadida uning ochiq bozor operatsiyalarini korporativ qimmatli qog‘ozlar hisobidan ham amalga oshirishni yо‘lga qо‘yish lozim.
4. REPO bо‘yicha foiz stavkalarining inflyatsiyadan yuqori bо‘lishini ta’minlash lozim.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling