Ratsionalizatorlik taklifining intelektual mulk obyektlari bilan o’zaro kesishuvi
Download 27.78 Kb.
|
Intelektual mulk huquqi
Birinchidan, texnik yechimga ega bo’lishi, ya’ni ishlab chiqarish sohasidagi ma’lum bir muammoni hal etishi, masalan, ushbu ratsionalizatrolik taklifini ishlab chiqarishda qo’llash natijasida vaqt, energiya, resurs tejalishi yoki unumdorlik oshishi zarur,
ikkinchidan, korxona ishlab chiqarish muassasasi uchun yangilik bo’lishi, uchinchidan, foydali bo’lishi kerak, masalan, taklif, agarda korxonaga iqtisodiy yoki boshqa ijobiy samara olish imkonini bersa, foydali hisoblanadi. Misol uchun, siz chips tayyorlaydigan ishlab chiqarish korxonasidagi pichoqni takomillashtirishni xohlaysiz. Agar kortoshkani oddiy pichoq bilan tozalaganda chiqindilar har bir kortoshka uchun 10 grammni tashkil etsa, siz taklif etayotgan takomillashgan pichoq bilan chiqindilar 5 grammni tashkil etsa, korxona ham kortoshka miqdoridan ham ham vaqtdan yutadi va ishda unumdorlik oshib, foyda qiladi. Sizning ratsionalizatorlik taklifingiz bilan korxonada xomashyo, vaqt, energiya tejab qolinadi. Ratsionalizatorlik taklifini huquqiy tartibga solinishi masalasiga to’xtalsak, yurtimizda ratsionalizatorlik faoliyati huquqiy tartibga solingan, ushbu faoliyatni himoya qilish bo’yicha normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-dekabrdagi 596-sonli qaroriga ilova qilingan “Ratsionalizatorlik faoliyati to’g’risida”gi Nizomda ratsionalizatorlik faoliyati, ratsionalizatorlk taklifi uchun guvohnoma olish tartibi, muallif huquqlarini himoya qilish masalalari batafsil bayon etilgan. Ushbu nizomga muvofiq, ratsionalizatrolik taklifiga mualliflik huquqi o’z mehnati bilan ratsionalizatorlik taklifini yaratgan fuqaroga tegishli bo’ladi. Agar ratsionalizatorlik taklifi bir necha shaxs tamonidan yaratilgan bo’lsa, mualliflar hammualliflar deb e’tirof etiladi. Ratsionalizatorlik taklifi uchun guvohnoma beriladi, guvohnoma olish uchun yozma ariza yozilib, ratsionalizatorlik taklifi taqdim etilayotgan korxonaga, muassasaga berilishi lozim. Agar ratsionalizatorlik taklifi uchun ariza korxonaga taqdim etilsa, u korxona tamonidan ko’rib chiqilib, bir oylik muddatda ariza kelib tushgan sanadan boshlab taklif ratsionalaizatorlik taklifi deb tan olinishi yoki rad etilishi xususinda qaror qabul qilinishi lozim. Ratsionalizatorlik taklifi bo’yicha arizani ko’rib chiqish, shuningdek ariza bo’yicha qaror qabul qilish korxona rahbari tamonidan belgilanadi. Qabul qilingan qaror 5 kun ichida muallifga xabardor qilinadi. Nizom bo’yicha yana bir jihat, ratsionalizator guvohnomasiga asoslangan mualliflik huquqi yechimni ratsionalizatorlik taklifi deb tan olgan korxona miqyosida amal qiladi, ya’ni ratsionalizator o’zi yaratgan ratsionalizatrolik taklifiga mualliflik huquqi ratsionalizatrolik taklifini tan olgan korxonada vujudga keladi. “Ratsionalizatorlik faoliyati tog’risida”gi nizomda berilgan ikki asoslar bo’yicha, ya’ni taklif uni ratsionalizatorlik taklifi deb tan olgan korxona tamonidan foydalanilsa va (yoki) xo’jalik shartnomasi asosida boshqa korxonalarga berilgan texnik hujjatlarga kiritilgan bo’lsa, ratsionalizator muokofot pulini oladi. Ratsionalizatrolik taklifi uchun mukofotning eng kam miqdori korxonadagi eng kam oylik maoshning 25 foizidan kam bo’lmasligi kerak. Ikkinchi holatda esa xo’jalik shartnomasi asosida boshqa korxonaga berilgan texnik hujjatlarga kiritilgan ratsionalizatorlik taklifi uchun mukofot miqdori ekspertlar tamonidan aniqlab beriladi. Ratsionalizator o’z huquqlarini sud orqali himoya qilish huquqiga ega, ratsionalizatorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan nizolar sudda korib chiqiladi. Yurtimizda ratsionalizatorlik faoliyatini tartibga solishga va faoliyatni himoya qilishga qaratilgan huquqiy normalar mavjud. Ratsionalizatorlik taklifini intelektual mulk obyektlaridan farqli jihatlariga e’tibor qaratsak, yuqoridagilar bo’yicha bizga ma’lumki, ratsionalizatorlik - texnika vositalari, ishlab chiqarish texnologiyasi, mashina detallari, tayyor mahsulot va boshqalarni takomillashtirishga doir yangi texnik yechimlar hamda takliflarni ishlab chiqish bilan shug’ullanishdir. Ratsionalizatorlikning intelektual mulk obyektlaridan, masalan, ixtirochilikdan farqi shundaki, u muayyan ishlab chiqarish, korxona bilan, biron bir texnologiya, mashina va qurilmaga yangilik kiritish bilan bogʻliq boʻladi, ya’ni u biror bir texnologiyani, buyumni yaratmaydi, yo’qdan bor qilmaydi. Ratsionalizatorlik aniq bir mashina, texnologik jarayon, detal va boshqalarni takomillashtirishga, ish unumdorligini oshirishga, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini yaxshilashga qaratiladi. Misol uchun, paxta terish mashinasini yaratish bu ixtiro bo’lgan bo’lsa, paxta terish mashinasining asosiy paxta terish organi - shpindelini takomillashtirishga doir takliflar ratsionalizatorlik taklifi hisoblanadi. Ratsionalizatorlik bo’yicha takliflar uskunalar, mahsulotlar, texnologiyalarni takomillashtirish uchun, nazorat qilish, boshqarish yoki taklif qilish usullarini yaxshilashga, mehnat unumdorligigni oshirishga, energiya, jihozlardan, materiallardan samarali foydalanishga imkon beradigan taklifligini hisobga olsak, ratsionalizatorlikning ixtiro va foydali model o’rtasidagi asosiy farqlardan yana biri- bu uning yangilik darajasidir. Ratsionalizatorlik taklifining yangiligi zavod, fabrika, ishlab chiqarish tashkiloti miqyosida va uning hududida aniqlanadi va amal qiladi. Intelektual mulk obyektlari esa, oldin jahonda ma’lum bo’lmagan yangilik bo’lishi lozim. Masalan, intelektual mulk obyektidan ixtironi ixtiro sifatida e’tirof etish uchun va patent berish uchun uning yangilik darajasi muhimdir. Ixtiro yangi, hali mavjud bo’lmagan narsa bo’lishi lozimligi belgilangan. Ratsionalizatorlik taklifi esa ma’lum bir narsani, masalan, texnika, uskunani samaradorligini oshirish uchun unga o’zgartirish kiritishni, takomillashtirishni ifoda etadi. Ratsionalizatorlik taklifi mualliflari ko’p hollarda amaliyotda ishlab chiqarish konstruksiyalarini yaxshi biluvchi, texnikada ishlayotgan yuqori malakali ishchi va xodimlar bo’lishadi. Ratsionalizatorlik bo'yicha takliflar katta va kichik hajmdagi ishlab chiqarish uchun juda muhimdir, chunki u bunda ishlab chiqarishdagi ko'pincha murakkablashtiradigan ko'plab muammolar hal etadigan texnologik vazifani bajaradi. Ratsionalizatorlik taklifining intelektual mulk obyektlari bilan o’zaro kesishuvi va aloqadorligi to’g’risida so’z yuritsak, o'tgan yillar davomida ratsionalizatorlik takliflari korxona va ishlab chiqarish muassasalarida eng katta texnik ijod obyekti sifatida paydo bo'ldi. Ushbu takliflar tufayli muassasadagi uskunalar modernizatsiya qilindi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarga yaxshilanishlar kiritildi va mahsulotlar ham ma'lum ishlab chiqarish sharoitlariga moslashtirildi. Ratsionalizatrolik taklifi bilan intelektual mulk obyektlarining o’zaro kesishuvida shuni ko’rishimiz mumkinki, ratsionalizatorlik taklifida konkretlashtirilgan prinsipial qarorni, ijodiy to'liqlikni o'z ichiga olishi va uning muallifining niyatini aniq ko'rsatishi kerak. Bunday taklif ratsionalizatorlik taklifi sifatida, agar u barcha mezonlarga javob bersa, guvohnoma berilishi mumkin. Ya’ni ratsionalizatrolik taklifida ham ijod, yaratuvchanlik namunasi mavjud hisoblanadi, ratsionalizatrolik faoliyati muallifi ushbu sohadagi taklifi uchun muallliflik huquqini qo’lga kiritish, ratsionalizatarlik taklifi uchun mukofot olish huquqiga egadir. Jahon tajribasiga e’tibor qaratsak3, intellektual faoliyat natijalari sifatida ratsionalizatorlik takliflarini huquqiy muhofaza qilish, qoida tariqasida, sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlarining huquqiy tizimlariga xosdir. Ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda ratsionalizatorlik takliflari intellektual mulkning mustaqil obyekti emas va shunga muvofiq huquqiy muhofaza qilinmaydi. Shu bilan birga, innovatsion rivojlangan mamlakatlarda, xususan, AQSh va Yaponiyada ishchilarning ratsionalizatorlik faoliyatini rag'batlantirish tashkil etish va mehnatni rag'batlantirish tizimining ajralmas qismidir. Shu bilan birga, qonunchilik darajasida ratsionalizatorlik faoliyatini tartibga solish mavjud emas - korxonalarda uni rag'batlantirish tizimi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Ko'pincha tashkilotlarning mahalliy qoidalari ratsionalizatorlik takliflari mualliflariga mukofot to'lashni nazarda tutadi, novatorlarni ma'naviy rag'batlantirish tizimi shakllanmoqda. Bundan tashqari, Qo'shma Shtatlarda menejerlar uchun innovatsiyalarni rag'batlantirish va ratsionalizatorlik takliflarini kiritish bilan bog'liq masalalar bo'yicha tavsiyalarni o'z ichiga olgan maxsus qo'llanmalar chiqariladi. Yaponiyada korxonalarda ratsionalizatorlik harakatining guruhli shakllarini-sifatli to'garaklar, ishtirok guruhlari va boshqalarni yaratish amaliyoti keng tarqalgan bo'lib, unda ishchilar guruhlari muntazam ravishda ixtiyoriy ravishda yig'ilib, ta'sir ko'rsatadigan muammolarni muhokama qilishadi. Ratsionalizatorlik bo'yicha takliflar ko'pincha bunday sifatli doiralarning natijasidir. Ba'zi xabarlarga ko'ra, Yaponiyada ishchilarning 80 foizigacha ratsionalizatorlik harakatida qatnashishadi. Ushbu mamlakatda ratsionalizatorlik faoliyatining xususiyati shundaki, mehnat jarayonini tashkil etishga ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan barcha takliflar hisobga olinadi. Bu Yaponiyani Qo'shma Shtatlardan ajratib turadi, bu erda faqat ma'lum ishlab chiqarish muammolarini tubdan hal qilishni ta'minlaydigan takliflar hisobga olinadi. Xitoyda ratsionalizatorlik takliflari ham intellektual faoliyatning mustaqil natijalari emas. Shunga qaramay, davlat ishchilar tomonidan ratsionalizatorlik takliflarini kiritish, ilmiy izlanishlar olib borish, korxonalarda texnik yangiliklar va ixtirolarni joriy etish tashabbusini qo'llab-quvvatlaydi, vijdonan va samarali ish uchun ishchilarni rag'batlantiradi va mukofotlaydi. XXRda ratsionalizatorlik harakatining rivojlanishi davlat organlari va jamoat tashkilotlarining qo'shma yurisdiksiyasiga tegishli. Sobiq SSSRning ayrim mamlakatlarida, xususan Belorusiya, Qirg'iziston va Turkmanistonda ratsionalizatorlik takliflarining huquqiy muhofazasi hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Bir necha mamlakatlarida ratsionalizatorlik takliflari mustaqil intellektual mulk obyekti emas va shunga muvofiq huquqiy muhofaza qilinmaydi. Ikkinchi guruh mamlakatlarida ratsionalizatorlik takliflarining huquqiy himoyasi hozirgi kungacha saqlanib kelinmoqda. Rossiyada hozirgi paytda ba'zi bir noaniqliklar mavjud: bir tomondan ratsionalizatorlik taklifi intellektual mulk ob'ekti emas, boshqa tomondan, uni ishlab chiqarish sirlari (nou-xau) sifatida himoya qilish mumkin, uni yaratish uchun xodim mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bog'liq holda qonunda ish haqi to'lash ko'zda tutilmagan. Lekin, ratsionalizatorlik va boshqa foydali yechimlari muallifning huquqlarini o'z ichiga oladi, jumladan: mualliflik huquqi, taklifni amalga oshirishda ishtirok etish huquqi, masalan, uning ratsionalizatorlik takliflaridan foydalanishga tayyorgarlik ko'rishda qatnashish huquqi, texnik hujjatlarni ishlab chiqish, prototiplarni ishlab chiqarish va sinovdan o'tkazish va ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutadi.4 O’zbekiston Respublikasida ratsionalizatrolik taklifi intelektual mulk obyektlari qatoriga kiritilmagan, lekin ushbu faoliyatni tartibga soluvchi va himoya qilishga qaratilgan hujjatlar bazasi yaratilgan. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, ratsionalizatorlik faoliyati – bu texnika vositalari, ishlab chiqarish texnologiyasi, mashina detallari, tayyor mahsulot va boshqalarni takomillashtirishga doir yangi texnik yechimlar hamda takliflarni ishlab chiqarish bilan shug’ullanishdir. Ushbu faoliyat va ratsionalizatorlik taklifi yurtimizda Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-dekabrdagi 596-sonli qaroriga ilova qilingan “Ratsionalizatorlik faoliyati to’g’risida”gi Nizom bilan tartibga solingan, huquqiy tartib tamoyillar yaratilgan.
Download 27.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling