Ratsionalizatorlik taklifining intelektual mulk obyektlari bilan o’zaro kesishuvi
Download 27.78 Kb.
|
Intelektual mulk huquqi
Topshiriq Ratsionalizatorlik taklifining intelektual mulk obyektlari bilan o’zaro kesishuvi. Javob Ushbu mavzuni huquqiy va batafsil yoritish uchun ko’rib chiqilishi va tahlil qilinishi lozim bo’lgan bir necha savollar doirasini belgilab olishimiz maqsadga muvofiqdir: Ratsionalizatorlik faoliyati va ratsionalizatorlik taklifi tushunchasi; ratsionalizatorlik taklifini huquqiy tartibga solinishi; ratsionalizatorlik taklifini intelektual mulk obyektlaridan farqli jihatlari: ratsionalizatorlik taklifining intelektual mulk obyektlari bilan o’zaro kesishuvi va aloqadorligi. Ratsionalizatorlik faoliyati aniq bir mashina, texnologik jarayon, detal va ishlab chiqarishni takomillashtirishga, ish unumdorligini oshirishga, ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini yaxshilashga qaratilgan faoliyat hisoblanadi, ya’ni korxonada ratsionalizatorlik faoliyati korxonada iqtisodiy samaradorligni, ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi nuqsonlar va chiqindilarni va yo'qotishlarini kamaytirish, ishlab chiqarish siklini qisqartirish, moddiy va energiya resurslarini tejash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish va uni yengillashtirishda ifodalanadi. Takliflarni amalga oshirishdan real tejashni hisoblashda, faqat ushbu taklifni amalga oshirish natijasida haqiqattan ham o'zgaradigan ishlab chiqarish xarajatlarining miqdorlari hisobga olinadi. Taklifni amalga oshirish bilan bog'liq barcha xarajatlar tejash hisobidan ushlab qolinadi. Xodimlarni bunday echimlarni izlashga undash uchun korxonada innovatsiyalar to'g'risidagi nizomni ishlab chiqish va amalga oshirish zarur. Ratsionalizatorlik faoliyatinini rivojlantirishga bo’lgan e’tibor, harakatlar ancha yaxshi rivojlangan, ushbu faoliyat orqali korxonadagi ishlab chiqarish samaradorligi oshiriladi, mahsulot sifati yaxshilanadi. Ratsionalizatorlik taklifi esa ushbu faoliyatni amalga oshiriladigan shaxs tamonidan korxona, ishlab chiqarish muassasalari uchun beriladigan taklifdir. “Ratsionalizatorlik faoliyati tog’risida” gi nizom 1-bandiga muvofiq, taklif berilgan korxona uchun yangi va foydali bo‘lgan buyum konstruksiyasini, ishlab chiqarish texnologiyasini, material (modda) tarkibini yaratish yoki o‘zgartirishni nazarda tutadigan texnik yechim, shuningdek, korxona uchun yangi bo‘lgan va mehnat, xomashyo, yoqilg‘i-energetika va boshqa moddiy yoki moliyaviy manbalarni tejaydigan tashkiliy yechimlar ratsionalizatorlik takliflari deb tan olinadi.1 Ya’ni ratsionalizatorlik taklifi- bu uskunalar, materiallar yoki ishchilar mehnatidan yanada samarali foydalanish orqali ishlab chiqarish jarayonini bevosita yaxshilaydigan, lekin dizayni yoki ishlab chiqarish jarayonlarini sezilarli darajada o'zgartirmaydigan ishlab chiqarish-texnik xarakterdagi taklifdir. Ishlab chiqarishni tashkil etish sohasidagi ratsionalizatorlik takliflarini korxona, iqtisodiyot va boshqalarni boshqarishni tashkil qilish sohasidagi ratsionalizatorlik takliflaridan farqlash kerak. Birinchi holda, qabul qilingan ratsionalizatorlik taklifining muallifi mukofot oladi, uning miqdori, qoida tariqasida, taklifni qo'llash natijasida olingan yillik tejash miqdoriga bog'liq; ikkinchisida - korxona yoki muassasa rahbari tomonidan belgilangan miqdorda mukofot. Birinchisi vaziyatda iqtisodchilar ratsionalizatorlik taklifining iqtisodiy samarasini hisoblashlari kerak, ikkinchi holda esa faqat taklifning ratsionalizatorlik taklifi ekanligini yoki yo'qligini baholash kerak. Iqtisodiy samarani hisoblash formulasini tanlash ratsionalizatorlik taklifining turiga bog'liq. Shuningdek, “Ratsionalizatorlik faoliyati to’g’risida”gi nizomga muvofiq, algoritm korxonalari, EHM dasturlari uchun yangilik bo‘lgan takliflar ham, agar undan foydalanish aniq vazifalarni hal qilishda mashina vaqtini tejashga, shuningdek, EHM majmuida ishlovchi asbob-uskunaning unumdorligi oshishiga olib kelsa, ratsionalizatorlik taklifi deb tan olinadi. Belgilangan shaklda talabnoma berilgunga qadar ushbu yoki shunga o‘xshash yechim korxonaga unda mavjud manbalardan uning amaliyotda qo‘llanilishi uchun yetarli bo‘lgan darajada ma’lum bo‘lmasa, yechim korxona uchun yagona deb tan olinadi va echim, agarda korxonaga iqtisodiy yoki boshqa ijobiy samara olish imkonini bersa, foydali hisoblanadi. Qonunchiligimizga muvofiq, ratsionalizatorlik taklifi sifatida hisobga olinmaydigan holatlar ham mavjud, bular: shartli belgilar, qoidalar, me’yoriy-uslubiy hujjatlar; mahsulotning oldindan aniqlangan mustahkamligini, uzoq ishlash vaqtini va boshqa sifatlarini kamaytiradigan yoki mehnat sharoitini yomonlashtiradigan yechimlar; faqat buyumning tashqi ko‘rinishiga tegishli bo‘lgan yechimlar; ilmiy-tadqiqot, loyiha, konstruktorlik, texnologik tashkilotlar hamda korxonalarning ana shunday bo‘linmalari muhandis-texnik, ilmiy xodimlari tomonidan xizmat vazifalari yoki shartnoma ishlarini bajarish jarayonida yaratilgan yechimlar ratsionalizatorlik taklifi sifatida hisoblanmaydi.2 Umumiy ma’noda aytganda, ratsionalizatorlik takliflar - bu xalq xo’jaligining tarmoqlarida, ishlab chiqarish muassasalarida, korxonalarda yangi va foydali texnik vazifalarni yechishga, ya’ni mahsulot loyihasini, ishlab chiqarish texnologiyasini, foydalanilmayotgan texnikani yoki materialllaring xossasini o’zgartirishga qaratilgan bo’ladi. Ratsionalizatorlik ko’p qirrali muammolarni, ko’proq iqtisodiy masalalarni hal etishga qaratilgan bo’ladi. Ratsionalizatorlik takliflar ma’lum bir talablarga javob berishi kerak: Download 27.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling